Lokal tarmoq kommutatorlari




Download 12,24 Mb.
bet17/46
Sana13.05.2024
Hajmi12,24 Mb.
#229855
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
Bog'liq
Kommunikatsiyalarni rivojlantirish

Lokal tarmoq kommutatorlari


Lokal kompyuter tarmog„i kommutatorlarining har bir portiga, kelayotgan ma‟lumotlar oqimini ishlash uchun, ko‘prikda qo‘llanilgan algoritm asosida ishlovchi maxsus protsessorlar o„rnatilgan. Kommutator deganda o„zining ixtiyoriy ikkita portlari o„rtasida, kadrlarni parallel ravishda uzatib bera oladigan ko„pprotsessorli ko„prikni tushunish mumkin.


Kommutator tarkibida, portlarining protsessorlari bilan birga, markaziy protsessor ham o„rnatilgan bo„lib, u portlar ishini muvofiqlashtiradi, harakatlantirish jadvalini qurishga javob beradi, hamda kommutatorni konfiguratsiyalash va boshqarish vazifalarini bajarilishini ta‟minlab beradi. Keyingi kommutatorlar, tarmoq texnologiyalari rivojlanishi natijasida paydo bo„la boshlagan ko„pgina qo„shimcha vazifalarni ham bajara olish imkoniyatiga ega bo„lgan holda ishlab chiqarila boshladilar.
Bu vazifalar sirasiga – virtual tarmoqlarni hosil qila olish, aloqa chiziqlarini agregatsiyalash, trafikning qaysinisi qanday ahamiyatga ega ekanligini aniqlay olish va shularga o„xshash boshqa vazifalarni kiritish mumkin.
Kalpana firmasi tomonidan taklif qilingan EtherSwitch kommutatorining tuzilishini 3.21-rasmda keltirilgan. Ushbu kommutatorda 10Base-T standartiga tegishli 8-ta portining har biriga
bittadan Ethernet paketlari protsessori EPP (Ethernet Packet Proctssor) xizmat ko„rsatadi. Bundan tashqari kommutator EPP protsessorlarining ishini muvofiqlashtirib turuvchi tizimli modulga ham ega.

3.21-rasm. EtherSwitch kommutatorining tuzilishini.


Kommutator portiga kelib tushgan kadrni etib borishi kerak bo„lgan adresini o„qish uchun, shu portning EPP protsessori tomonidan bu kadrning dastlabki birinchi baytlari buferlanadi. Kadr etib borishi kerak bo„lgan adres aniqlab olingandan so„ng, protsessor kadrning qolgan baytlarini kelishini kutib turmasdan, uni ishlashni amalga oshiradi, ya‟ni kadrni, o„sha adresga uzata olishi mumkin bo„lgan porti orqali, uzatib berishni boshlab yuboradi (3.22-rasm).


Kadrni bunday tarzda, ya‟ni to„liq buferlamasdan uzatish «yo‘l- yo‘lakay kommutatsiyalash» nomini olgan («on-the-fly» yoki «cut- through»). Kadrni bunday uzatish mohiyati jihatidan konveyerli ishlashga to„g„ri keladi, ya‟ni kadrni uzatishda ba‟zi bir bosqichlarni bajarish bir vaqtda yoki parallel amalga oshiriladi.
Kadrni uzatish bosqichlari ketma-ketligi quyidagicha bo„ladi:

  1. Kadrning dastlabki baytlarini, uning yuborilishi kerak bo„lgan adresi bilan birga, kirish porti protsessori tomonidan qabul qilish.



3.22-rasm. Kadrni kommutatsion matritsa orqali uzatish.





  1. Kadrni etib borishi kerak bo„lgan adresini, kommutatorning adreslar jadvalidan, ya‟ni protsessorning kesh xotirasidan yoki tizimli modulning umumiy jadvalidan qidirib topish.

  2. Matritsani kommutatsiyalash, ya‟ni ichki kanalni xosil qilish. 4.Kirish porti protsessori tomonidan kadrning qolgan baytlarini qabul

qilib olish.

  1. Kommutatsion matritsa orqali kadrning baytlarini, chiqish porti protsessori tomonidan qabul qilib olish.

  2. Chiqish porti protsessori tomonidan ma‟lumotlarni uzatish muhitiga ulanish (ya‟ni ulanishga ruxsat olish).

  3. Chiqish porti protsessori tomonidan kadrning baytlarini tarmoqqa uzatish. Kadrlarni konveyerli ishlash natijasida unumdorlik oshadi (3.23-rasm).


3.23-rasm. Kadrni konveyerli ishlash natijasida vaqtdan yutish:
a - konveyerli ishlash, b - to„liq buferizatsiyali odatdagi ishlash.

Kommutatorlarni qo„llash natijasida tarmoqning unumdorligini oshishiga, bir nechta kadrlarni parallel ishlash bilan ham erishilar ekan (3.24-rasm).


3.24-rasm. Kommutator tomonidan kadrlarni parallel uzatish.


Bunda, kommutator uning portlariga ulangan har bir stansiyaga yoki segmentga unda qo„llanilayotgan protokolning erishishi mumkin bo„lgan o„tkazish qobiliyatini taqdim etadi – deb ataladi.



    1. Download 12,24 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Download 12,24 Mb.