|
Kommunikatsiyalarni rivojlantirish
|
bet | 25/46 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 12,24 Mb. | | #229855 |
Bog'liq Kommunikatsiyalarni rivojlantirish101.2.14.192 – A sinfiga mansub 101 tarmoq osti tarmog„i, undagi kompyuterning adresi 0.2.14.192, kompyuterlarni adreslash uchun 3 bayt ajratilgan, ushbu xildagi tarmoqda kompyuterlarning maksimal soni 16 777 214 taga teng bo‟lishi mumkin (ya‟ni 224).
150.2.2.1 - B sinfiga mansub 150.2 tarmoq osti tarmog„i, undagi kompyuterning adresi 0.0.2.1, kompyuterlarni adreslash uchun 2 bayt ajratilgan, ushbu xildagi tarmoqda kompyuterlarning maksimal soni 65 534 taga teng bo‟lishi mumkin (ya‟ni 216).
192.168.2.17 - C sinfiga mansub 192.168.2 tarmoq osti tarmog„i, undagi kompyuterning adresi 0.0.0.17, kompyuterlarni adreslash uchun 1 bayt ajratilgan, ushbu xildagi tarmoqda kompyuterlarning maksimal soni 254 taga teng bo‟lishi mumkin (ya‟ni 28) [0 va 255 adreslar ishlatilmaydi].
Sinfsiz adreslash. Bunda 32 bitli IP-adres bilan parallel ravishda 32 bitli tarmoq osti tarmog‘ining maskasi ham qo„llaniladi. Maska ham nuqtalar bilan ajratilgan to„rtta o„nlik raqamlardan iborat bo„ladi. Maskani ikkilik raqamlar ko„rinishida ifodalanganda, uning tarmoq adresini ko„rsatuvchi qismida 1 raqamlari, kompyuter (server) adresini ko„rsatuvchi qismida esa 0 raqamlari yozilgan bo„ladi.
Quyidagi yozuvlarda tarmoq osti tarmog„i maskasini qanday qo„llanilishi ko„rsatilgan.
Masalan: 129.64.134.5 raqamli IP-adres va 255.255.128.0 maska berilgan bo„lsa,
10000001.01000000.10000110.00000101 - IP-adres
AND 11111111.11111111.10000000.00000000 - maska
Tarmoq osti tarmog„ining adresi – 10000001 01000000 10000000
- 129.64.128.0, undagi kompyuterning adresi esa 0.0.00000110. 00000101 - 0.0.6.5 bo„ladi.
129.64.134.5 - raqamli IP-adres va 255.255.255.0 - maska berilgan bo„lsa,
10000001.01000000.10000110.00000101 - IP-adres
AND 11111111.11111111.11111111.00000000 - maska
Tarmoq osti tarmog„ining adresi – 10000001 01000000 10000110
129.64.134.0, undagi kompyuterning adresi esa – 0.0.0.0000101 -
0.0.0.5 bo„ladi.
Domenlar nomlari asosidagi adreslar. Domenlar nomlari asosidagi adreslashda qo„llanilgan nomlar ixtiyoriy sondagi tashkil etuvchilardan iborat bo„lishi mumkin bo„ladi. Bu – nomlarning domen tizimi deb ataladi va ierarxik daraxt shakliga ega tuzilishda bo„ladi (4.4- rasm).
4.4-rasm. Domenlar nomlari asosidagi adreslar.
|
| |