Ochiq tizimlarning o‘zaro birgalikda ishlash modeli – OSI modeli va uning umumiy tavsifi
Kompyuter tarmoqlarining ishlashini ta‟minlovchi vositalarni yaratishga ko‘p sathli yondoshish g„oyasi, tarmoqlarda standartlashning g„oyaviy asosi bo„lib hisoblanadi. Aynan shu yondoshish asosida ochiq tizimlarning bir-biri bilan bog„langan holda, ya‟ni o„zaro ishlashining ettita sathli standart modeli - Open System Interconnection (OSI) modeli ishlab chiqilgan. Bu model va uning iboralari tarmoq mutaxassislari uchun o„ziga xos universal tilga ham aylangan.
OSI modeli 80-inchi yillarning boshlarida standartlash bo„yicha qator tashkilotlar (ISO, ITU-T va boshqalar) ishtirokida ishlab chiqilgan. OSI modeli tizimlarning o„zaro ishlash sathlarini aniqlaydi, ularga standart nomlar beradi. Modelning to„liq tavsifi ming betdan oshadi. OSI modelida o„zaro ishlash vositalarining ettita sathlari quyidagicha nomlanadi:
1.Fizik sath. 2.Kanal sathi. 3.Tarmoq sathi. 4.Transport sathi. 5.Seanslar sathi. 6.Taqdimlash sathi.
7.Amaliy sath (5.1-rasm).
Ma‟lumotlar almashinish jarayonida ikkita kompyuter qatnashganligi, ya‟ni bunda bir-biri bilan kelishgan holda ishlovchi ikkita «ierarxiyaning» ishini tashkil qilish kerak bo„lganligi sababli, tarmoqdagi o„zaro ishlash vositalarining ko„p sathli ko„rinishda taqdim etishning o„ziga xos tomonlari mavjud edi. Tarmoqdagi ikkala ishtirokchi ma‟lumotlarni - xabarlarni uzatish uchun ko„pgina kelishuvlarni qabul qilishlari kerak bo„ladi. Masalan: ular o„zaro elektr signallarining sathi va shakli haqida, uzatiladigan xabarlarning uzunliklari haqida, axborot uzatish ishonchliligini nazorat qilish usullari va boshqa ko„rsatgichlar haqida kelishib olishlari kerak. Bu kelishuvlar barcha sathlar uchun qabul qilinishi kerak, ya‟ni quyi - bitlarni uzatish sathidan boshlab, eng yuqorigi tarmoq foydalanuvchisiga xizmat ko„rsatish sathigacha.
5.1-rasm. OSI modelida sathlarning nomlanishi.
Ikkita kompyuterning o„zaro ishlash jarayoni ma‟lum bir qoidalar to„plami asosida amalga oshiriladi, bu qoidalar to„plami protokol yoki interfeys deb ataladi. Tarmoqning bir nomdagi sathiga tegishli tashkil etuvchilari o„rtasida axborot almashinish qoidalari protokollar, o„zaro qo„shni sathlar o„rtasida axborot almashinish qoidalari esa interfeyslar deb ataladi (5.2-rasm).
Foydalanuvchi, ya‟ni biror-bir kompyuter so„rov bilan murojaat qilganda, amaliy (ettinchi) sathning dasturiy ta‟minoti standart shakldagi xabarni (message) hosil qiladi. Odatda bu xabar – sarlavha, ma’lumotlar qismi va tugatuvchi qismlardan iborat bo„ladi. Xabar sarlavhasi, xabar yuborilgan mashinaning amaliy sathiga, uzatilayotgan ma‟lumotlar ustida nima vazifani bajarish kerakligi haqida axborotdan iborat bo„ladi (5.3-rasm).
Tarmoq orqali yuborilgan xabar, kompyuterning fizik sathi tomonidan qabul qilib olinadi va ketma-ket ravishda sathma-sath yuqoriga, birinchi sathdan ettinchi sathga uzatiladi. Har bir sath o„ziga tegishli bo„lgan sarlavhani tahlil qiladi va ishlab chiqadi, so„ngra esa bu sarlavhani olib tashlab, xabarning qolgan qismini yuqorida turgan sathga uzatadi.
Axborot almashinish jarayonida ma‟lumotlar birligini ifodalash uchun xabar termini bilan birga boshqa iboralar ham qo„llaniladi. ISO standartlarida har-xil sathlar protokollari uchun mo„ljallangan ma‟lumotlar birligini ifodalash uchun, protokolga tegishli ma’lumotlar bloki - Protocol Data Unit (PDU) degan umumiy nom qo„llaniladi. Ma‟lum bir sathga tegishli ma‟lumotlar blokini ifodalash uchun ko„pincha maxsus nomlar qo„llaniladi, bular quyidagilardir: kadr (frame), paket (packet), deytagramma (datagram) va segment (segment).
5.2-rasm. Ikkita kompyuterning o„zaro ishlash jarayoni.
5.3-rasm. Har-xil sathlarga tegishli xabarlarning ko„rinishlari.
OSI modelida ikki xil turdagi protokollar bor:
Avval aloqa chizig„ini hosil qilib ishlaydigan protokollar. Telefon orqali aloqa qilib gaplashishga o„xshab ishlaydigan protokollar.
Aloqa chizig„ini avvaldan hosil qilmay turib ishlaydigan protokollar yoki deytagrammali protokollar. Bu esa pochta orqali xabar yuborishga o„xshab ishlaydigan protokollar.
OSI modelining sathlari va ularning bajaradigan vazifalarini alohida-alohida ko„rib chiqamiz:
|