tashkil qilish
Tarmoq abonentlarini, ya‟ni foydalanuvchilarning kompyuterlarini, serverlarni, telefon apparatlarini va boshqa qurilmalarni tranzit
bog‘lamlar tarmog‘i orqali bog‘lash – kommutatsiya deb ataladi. Tranzit bog„lamlar tarmog„i, kommutatsion tarmoq ham deb ataladi (5.6- rasm). Ma‟lumot yuborgan abonentdan, ma‟lumotni qabul qiluvchi abonentgacha bo„lgan bog„lamlar ketma-ketligi – marshrut deb ataladi. Masalan: 5.6-rasmda keltirilgan tarmoqda 2-nchi va 4-inchi abonentlar, o„zaro to„g„ridan-to„g„ri ulangan emaslar. O„zaro ma‟lumotlarni almashinishda, tranzit bog„lamlardan foydalanishga majburdirar. Bunday tranzit bog„lamlar sifatida, 1 va 5 bog„lamlardan foydalanish mumkin. Bunda 1 bog„lam ma‟lumotlarni o„zining A va B interfeyslari orqali o„tkazib berishi kerak bo„ladi. Bu vaziyatda 2-1-5-4 ketma-ketlik marshrut hisoblanadi. 2 - axborot uzatgan abonent, 1-5 - tranzit bog„lamlar va 4 - axborotni qabul qiluvchi abonent.
5.6-rasm. Kommutatsion tarmoq.
Tarmoq sathida ma‟lumotlar almashinish jarayonini tashkil qilishda echilishi kerak bo„lgan kommutatsiyalash masalasini, o„zaro bog„liq bo„lgan quyidagi xususiy masalalar ketma-ketligi ko„rinishida ifodalash mumkin:
1.Marshrutini belgilash talab qilinidigan axborot oqimlarini aniqlash. 2.Oqimlarni marshrutlash.
Oqimlarni harakatlantirish, ya’ni oqimlarni anglay bilish va ularni har-xil tranzit bog‘lamlarda lokal kommutatsiyalash.
Oqimlarni multeplekslash va demultiplekslash.
Marshrutini belgilash talab qilinidigan axborot oqimlarini aniqlash. Bitta tranzit bog„lamdan, bir-nechta marshrutlar o„tishi mumkin. Masalan: 5-bog„lamdan, 3,4 va 10 abonentlarga keladigan va ulardan chiqib ketadigan oqimlar o„tadi. Tranzit bog„lam unga kelib tushadigan oqimlarni kerakli yo„nalishda uzatib bera olishi uchun, ularni anglay bilishi kerak bo„ladi.
Umumiy tarmoq trafigidan, uni ajrata olish yoki anglay bilish imkonini beradigan, umumiy belgilar to„plami bilan birlashtirilgan ma‟lumotlarning uzluksiz ketma – ketligi axborot oqimi yoki ma’lumotlar oqimi deb ataladi.
Masalan, bitta kompyuterdan kelib tushayotgan ma‟lumotlarni – oqim deb qarashimiz mumkin. Bunda ularni birlashtiradigan belgi sifatida, shu kompyuterning adresini ko„rsatishimiz mumkin, ya‟ni oqim xosil bo„layotgan nuqtaning adresini. Xuddi shu ma‟lumotlarni, bir- nechta kichikroq oqimlar bo„laklaridan iborat oqim ko„rinishida ham tasavvur qilishimiz mumkin. Oqimning bo„laklaridan iborat bo„lgan nisbatan kichikroq oqimlar, har-xil tarmoq ilovalari tomonidan hosil bo„lishi mumkin. Masalan, elektron pochta ma‟lumotlari oqimi, fayllardan nusxa olishda xosil bo„ladigan oqim.
Oqimni hosil qiladigan ma‟lumotlar ketma-ketligini ma‟lumotlarning turli xil axborot birliklari – kadrlar, paketlar yoki yacheykalar ko„rinishida ifodalash mumkin.
Kommutatsiyalashda ma‟lumotlar etib borishi kerak bo„lgan adres asosiy belgi hisoblanadi. Tranzit bog„lamga kelib tushgan oqim, ana shu belgi asosida ajratilib, har-biri o„sha ma‟lumotlarni harakatlantirish marshrutiga mos interfeyslar orqali o„z manziliga etkaziladi.
Oqimning begilari global yoki lokal ahamiyatga ega belgilari guruhiga bo„linadi. Masalan: ohirgi bog„lamlar, ya‟ni ma‟lumotlarni uzatayotgan va qabul qilayotgan abonentlar adreslari, global belgi hisoblanadi. Oqimlarni bog„lamlarda yo„naltirish uchun xizmat qiladigan interfeyslarining raqamlari (A, B, C,... F) esa, lokal belgilar hisoblanadi. Oqimning metkasi (tamg„asi) – bu esa belgining o„ziga xos xildir. U oqimning barcha bo„laklari o„zlari bilan olib yuradigan biron- bir raqam ko„rinishida bo„ladi. Oqimga tayinlagan global metka, oqim manziliga etib bormaguncha o„z qiymatini o„zgartirmaydi. Ba‟zi texnologiyalarda oqim bir bog„lamdan, boshqa bog„lamga o„tganda
o„zining qiymatini dinamik tarzda o„zgartiruvchi lokal metkalardan ham foydalaniladi.
Shunday qilib kommutatsiya paytida oqimlarni anglay bilish – belgilar asosida amalga oshiriladi. Bunda asosiy belgi bo„lib hisoblangan, ma‟lumotlarni etib borishi kerak bo„lgan adres bilan bir qatorda, boshqa belgilardan ham foydalaniladi, masalan: ilovalarning identifikatorlari - ya‟ni elektorn pochta xabari, ko„chirilayotgan fayl yoki veb-matnlar kabi ma‟lumotlarni beradigan belgilar.
|