Kommunikatsiyalarni rivojlantirish




Download 12,24 Mb.
bet37/46
Sana13.05.2024
Hajmi12,24 Mb.
#229855
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
Bog'liq
Kommunikatsiyalarni rivojlantirish

Oqimlarni marshrutlash. Marshrutlash masalasi echish quyidagi ikkita qadamda bajariladi:

  1. qadam. Marshrutni aniqlash;

  2. qadam. Tanlangan marshrut haqida tarmoqni habardor qilish.

Marshrutni aniqlash – bu ma‟lumotlarni manzilga etkazish uchun, tranzit bog„lamlar va interfeyslar ketma-ketligini tanlash demakdir. Marshrutni aniqlash masalasi ancha murakkab masala hisoblanadi. O„zaro birgalikda ishlaydigan bog„lamlardagi tarmoq interfeyslari o„rtasidagi yo„llar soni ko„p bo„lgan hol uchun, marshutlash masalasi, ancha murakkab masalaga aylanadi. Ko„p hollarda ba‟zi bir mezonlar bo„yicha optimal (yoki ratsional) echimni tanlashga to„g„ri keladi. Bunday mezonlar sifatida – aloqa kanallarining nominal o„tkazish qobilyati va ularning qay darajada yuklanganligi, kanallar tomonidan sodir etiladigan kechikishlar, oraliq tranzit bog„lamlarning ishonchliligi kabi ko„rsatgichlar olinadi.
Marshrutni aniqlash - administrator tomonidan qo‘lda (rus tilida - вручную) hisoblab chiqilishi yoki avtomatik ravishda hisoblanishi mumkin. Murakkab topologiyalarga ega bo„lgan katta tarmoqlar uchun marshrutlarni aniqlashning avtomatik usullari qo„llaniladi. Buning uchun oxirgi bog„lamlar, ya‟ni abonentlar va tarmoqdagi boshqa qurilmalar maxsus dasturiy vositalar bilan ta‟minlangan bo„ladilar. Bu dasturlar har bir bog„lam uchun tarmoq haqidagi “tasavvurni” hosil qiluvchi xabarlar bilan almashinish jarayonini tashkil qilib beradi. So„ngra esa shu yo„sinda yig„ilgan ma‟lumotlar asosida, dasturiy usullar bilan ratsional marshrutlar aniqlanadi. Ko„pincha marshrutni tanlashda tarmoq topologiyasi haqidagi axborot bilan cheklanailadi (5.7-rasm).
Aloqa kanallarining o„sha paytdagi yuklanganligini ham hisobga olib marshrutlarni tanlash usullari, yana ham ratsional marshrutlarni tanlash imkonini beradi. Ammo bunda bog„lamlar orasida doimiy ravishda intensiv axborot almashinib turish kerak bo„ladi.

5.7-rasm. Marshrutni tanlash.


Marshrut aniqlangandan so„ng, tarmoqdagi barcha qurilmalarni u haqida xabardor qilish kerak bo„ladi. Marshrut haqidagi habar, har bir tranzit qurilmaga quyidagi ko„rinishdagi axborotni etkazib berishi kerak bo„ladi: “n oqimga tegishli ma’lumotlarni”, “F interfeys orqali jo‘natilsin”. Bunday habarni ishlanishi natijasida qurilmaning kommutatsiyalash jadvalida yangi yozuv paydo bo„ladi (5.1-jadval).


5.1-jadval. Kommutatsiyalash jadvali.




Oqimning belgilari



Ma‟lumotlarni uzatish yo„nalishi (interfeysning yoki keyingi bog„lamning raqami).

. . .

. . .

k

B

L

E

m

C

n

F

. . .

. . .




    1. Oqimlarni harakatlantirish, ya’ni oqimlarni anglay bilish va ularni har-xil tranzit bog‘lamlarda lokal kommutatsiyalash. Marshrutlar aniqlangan, hamda tranzit bog„lamlar jadvallariga tegishli yozuvlar qo„shib chiqilgandan so„ng, asosiy amaliyot hisoblangan – abonentlar o„rtasida ma‟lumotlarni uzatish jarayoni amalga oshiriladi, ya‟ni

abonentlarni kommutatsiyalash bajariladi. Kommutatsiyalashni bajarish kommutator yoki marshrutizator yordamida amalga oshiriladi (5.8- rasm).

5.8-rasm. Kommutator (yoki marshrutizator).


Kommutator - maxsus qurilma yoki kommutatsiyalashni bajaruvchi dasturga ega bo„lgan kompyuter, ya‟ni programmalanuvchi kommutator (Soft Swith – NGN tarmoqlaridagi kabi) ko„rinishida ham bo„lishi mumkin. Bunday qurilmalardan iborat tarmoq kommutatsion tarmoq deb ataladi (5.6-rasmga qaralsin). Kommutatsion tarmoq, bog„lamlarga tarqatilgan habarlar asosida tuzilgan jadvallardan foydalangan holda ma‟lumotlar oqimini harakatlantirishni amalga oshiradi.



    1. Oqimlarni multiplekslash va demultiplekslash. Bir nechta alohida-alohida kelayotgan oqimlarni, biron-bir umumiy yo„nalish bo„yicha saralangan oqim (rus tilida - агрегированный поток) hosil qilib uzatish – multiplekslash deb ataladi. Bir oqimdan bir-nechta oqimlarni ajratib ma‟lum bir yo„nalishlar orqali abonentlarga uzatish – demultiplekslash deb ataladi (5.9; 5.10-rasmlar).

Multiplekslashning asosiy xili – fizik kanallar vaqtidan galma-gal, navbat bilan foydalanishga asoslangandir (rus tilida - способ резделение времини канала). Multiplekslashning yana bir xili bu chastotali multiplekslashdir. Bunda ma‟lumotlar oqimi o„zlari uchun ajratilgan chastotalar diapazonida uzatiladi.

5.9-rasm. Oqimlarni kommutatsiyalashda bajariladigan multiplekslash va demultiplekslash amallari.


5.10-rasm. Multipleksor va demultipleksor.



    1. Download 12,24 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Download 12,24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikatsiyalarni rivojlantirish

Download 12,24 Mb.