Kommunikatsiyalarni rivojlantirish




Download 12,24 Mb.
bet40/46
Sana13.05.2024
Hajmi12,24 Mb.
#229855
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
Bog'liq
Kommunikatsiyalarni rivojlantirish

Transport sathi. TCP/IP stekining ushbu sathi, o„zidan yuqorida joylashgan sathga ikki xil turdagi xizmatni ko„rsatishi mumkin:

  1. Ma‟lumotlarni uzatishni boshqarish protokoli – TCP (Transmission Control Protocol) yordamida ma‟lumotlarni manziliga etkazilishi kafolatlangan xizmatni ta‟minlash.

  2. Foydalanuvchilarning deytagrammalari protokoli UDP (User Datagram Protocol) yordamida ma‟lumotlarni uzatishni imkon darajasidagi xizmatni ta‟minlash.

Ma‟lumotlarni ishonchli etkazib berilishini ta‟minlash uchun, TCP protokoli o„z ishini - mantiqiy bog„lanishni o„rnatish choralarini ko„rish bilan amalga oshiradi. Protokol ishini bunday tashkil qilinishi quyidagi imkoniyatlarni beradi:

    • paketlarni raqamlash;

    • ularni manziliga etib borganligini kvitansiyalar bilan tasdiqlash;

    • yo„lda paketlarni yo„qolib qolish holatlari sodir bo„lsa, ularni qayta uzatilishini tashkil qilish;

    • bir necha marta, ya‟ni takror-takror uzatilib qolgan paketlarni aniqlash (topish) va ularni yo„q qilib tashlash;

    • amaliy sathga paketlarni, uzatilgan ketma-ketlikda etkazib berish. TCP protokoli ma‟lumotlar almashinayotgan kompyuterlar o„rtasida dupleks rejimini ta‟minlab beradi. Bu protokol - tarmoqlardan iborat tarmoq tarkibidagi, ya‟ni Internetda bir kompyuterda hosil qilingan baytlar oqimini, xatolarsiz boshqa bir kompyuterga etkazish

imkonini beradi.
TCP protokoli baytlar oqimini qismlarga, ya‟ni paketlarga bo„ladi va o„zidan pastda joylashgan tarmoqlararo o„zaro ishlash sathiga, ya‟ni tarmoq sathiga uzatib beradi. Tarmoq sathi orqali ma‟lumotlar o„z manziliga etkazib berilgandan so„ng, TCP protokoli ularni uzluksiz baytlar oqimiga qayta yig„ib beradi.
Transport sathining ikkinchi protokoli UDP - oddiy deytagrammali protokol bo„lib, unda - ma‟lumotlarni ishonchli almashinish masalasi umuman qo„yilmagan, yoki ishonchlilik masalasi yuqori sath vositalari yoki foydalanuvchilarning ilovalari tomonidan hal qilinadigan hollarda foydalaniladi.
TCP va UDP protokollari vazifalari qatoriga transport sathiga qo„shni bo„lgan amaliy va tarmoq sathlari o„rtasida bog„lovchi bo„linma
rolini bajarish vazifasi ham kiradi. Transport sathi, amaliy protokoldan ma‟lumotlarni u yoki bu sifat bilan uzatish topshirg„iini oladi, topshiriqni bajargandan so„ng esa unga bu hakida hisobot beradi.
TCP va UDP protokollari, ulardan pastroqda joylashgan tarmoq sathiga, tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoq orqali ma‟lumotlarni erkin uzata oladigan, ammo unchalik ishonchli bo„lmagan vosita sifatida qaraydi. TCP va UDP protokollarini amalga oshiradigan dasturiy modullar, amaliy sath protokollari modullari kabi xostlarda o„rnatilgan bo„ladi.

  1. Tarmoq sathi yoki internet sathi deb ham ataladigan sath – TCP/IP arxitekturasining asosi yoki asosiy bo„g„ini hisoblanadi (6.2- rasm). TCP/IP stekining aynan shu sathi vazifasi OSI modelining tarmoq sathi vazifalariga mos keladi. Tarmoq sathi ko„p sonli tarmoqlarni birlashtirish natijasida hosil qilingan, tarmoqlardan iborat tarmoq, ya‟ni Internet chegarasida paketlarni harakatlantirishni ta‟minlab beradi.

6.2-rasm. Tarmoq sathining kerakligini ko„rsatuvchi chizma.





  1. Tarmoqlarning interfeyslari sathi. TCP/IP protokollari stekining, boshqa steklarning ko„p sathli tashkil kilinishdan g„oyaviy jihatdan farqli joyi shuki, unda quyi sath hisoblangan tarmoqlar interfeyslari sathining vazifalarini talqin qilinishining boshqachaligidir. OSI modelining quyi sathlari hisoblangan kanal va fizik sathlari - ma‟lumotlarni uzatish muhitiga ulanish, kadrlarni shakllantirish, elektr signallari sathlarini moslashtirish, kodlash, sinxronlash va shu kabi

boshqa vazifalarni amalga oshiradilar. Keltirilgan vazifalar - Ethernet, Token Ring, PPP, HDLS va boshka ko„pgina ma‟lumotlarni almashinish protokollarining mohiyatini tashkil qiladi.
TCP/IP steki quyi sathining vazifasi esa, anchagina oson bo„lib u tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoq tarkibiga kirgan har qanday texnologiyali tarmoqlarning o„zaro ishlashini tashkil qilishga javob beradi. TCP/IP protokollari steki - tarmoqlardan iborat tarmoq tarkibiga kirgan har qanday tarmoqni, paketlarni harakatlanish yo„li davomida keladigan keyingi marshurtrizatorgacha etkazib berish vositasi sifatida qaraydi.
TCP/IP tarmog‘i texnologiyasi, ya’ni Internet tarmog‘i texnologiyasi bilan, boshqa har qanday oraliq tarmoq texnologiyasi - LAN, WAN, MAN, PAN-lar o„rtasida interfeycni ta‟minlash masalasini, soddalashtirib quyidagicha ifodalash mumkin:

  • IP paketni, qanday kilib, oraliq tarmoqning ma‟lumotlarni uzatish birligiga, ya‟ni uning protokollarida qo„llaniladigan ma‟lumotlar bo„lagi PDU-ga qanday qilib joylashtirish yo„lini topish;

  • tarmoq adreslarini, oraliq tarmoq texnologiyasi adresiga o„zgartirish yo„lini topish.

Bunday yondoshish, ma‟lumotlarni uzatishga qanday ichki texnologiyadan foydalanishdan qatiy nazar, tarmoqlardan iborat tarmoq bo„lgan TCP/IP tarmog„ini, uning tarkibiga har qanday tarmoqni qo„shish (ulash) uchun ochiq qilib qo„yadi. Bunda har bir yangi texnologiya uchun, ya‟ni TCP/IP tarmog„i tarkibiga ulanayotgan tarmoqda, o„zining xususiy interfeysi vositalarini ishlab chiqilishi kerak bo„ladi. Demak bu sathni avvaldan aniq qilib ishlab qo„yish mumkin emas.
TCP/IP protokollari stekida tarmoqlar interfeyslari sathi chegaralab qo„yilmaydi. U barcha ko„p tarqalgan texnologiyalar bilan ishlay oladi. Lokal tarmoqlar uchun, ya‟ni LAN-lar uchun, bu Enthernet, FDDI, Fast Enthernet, Gigabit Ethernet texnologiyalari, global tarmoqlar uchun, ya‟ni WAN-lar uchun esa bu ikki nuqtali ulanish protokollari SLIP va PPP, hamda Frame Relay va ATM texnologiyalaridir.
Odatda yangi lokal yoki global tarmoq texnologiyasi paydo bo„lsa, IP paketlarni, uning kadrlariga inkapsulatsiya qilish, ya‟ni joylashtirish usuli aniqlangach, RFC xujjatlarini ishlab chiqish yo„li bilan, TCP/IP protokollari steki tarkibiga tezda qo„shib qo„yiladi. Masalan RFC 1577 1994 yili ishlab chiqilgan, IP protokolni aniqlovchi spetsifikatsiya hisoblanadi.

    1. Download 12,24 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Download 12,24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikatsiyalarni rivojlantirish

Download 12,24 Mb.