Tarmoq sathining asosiy protokoli hisoblangan IP-protokolining tavsifi RFC 751 xujjatida keltirilgan. Ushbu protokol bog‘lanishlarni o‘rnatmay turib ishlaydigan protokollar sirasiga kiradi. IP-protokol har bir paketni ishlashni alohida-alohida, boshqa IP-paketlarga bog„liq bo„lmagan holda amalga oshiradi. Bu protokol ma‟lumotlarni, ya‟ni
paketlarni o„z manziliga etib borganligini nazorat qilish mexanizmiga ega emas. Agar paketning harakatlanishi davomida, xatolik sodir bo„ladigan bo„lsa, IP-protokol ushbu xatoni to„g„irlashni o„z tashabbusi bilan amalga oshirmaydi. Masalan: paket qaysidir oraliq marshrutizatorda, nazorat qilish summasi to„g„ri chiqmaganligi sababli tashlab yuborilgan bo„lsa, ushbu paketni IP-protokol qaytadan uzatib bermaydi. Bu ishni amalga oshirish uchun unga, yuqorida joylashgan transport sathi tomonidan ko„rsatma berilishi kerak bo„ladi. IP- protokolining asosiy vazifasi paketlarni marshrutlashni amalga oshirish hisoblanadi.
Paketlarni marshrutlashni amalga oshirish jarayonini 6.6-rasmda keltirilgan tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoq, ya‟ni internet misolida ko„rib chiqamiz. Ushbu tarmoqda raqamlangan kvadratlar shaklida keltirilgan 20-ta marshrutizatorlar yordamida, 18-ta tarmoq osti tarmoqlari - N1, N2, … , N18, bitta umumiy tarmoqqa birlashtirilgan. Har bir marshrutizatorda, hamda A va B bog„lamlarda, ya‟ni kompyuterlarda IP-protokollar o„rnatilgan.
Marshrutizatorlar tarmoqlarni ulash uchun mo„ljallangan bir nechta interfeyslarga (portlarga) ega. Marshrutizatorning har bir interfeysini tarmoqning alohida bog‘lami sifatida qarash mumkin. Har bir interfeys tarmoq adresiga va unga ulangan tarmoq osti tarmog‘ining lokal adresiga ega bo„ladi. Masalan: 1-raqamli marshrutizator N1, N2 va N3 tarmoqlarga ulangan uchta interfeysga ega. Ushbu portlarning tarmoq adreslari IP11, IP12 va IP13 qilib belgilangan. IP11 interfeysi N1 tarmoqning bog„lami hisoblanadi, shunga ko„ra uning IP11 portining tarmoq adresi qismida N1 tarmoqning adresi yozilgan bo„ladi. Mos ravishda IP12 interfeysi N2 tarmoqning, IP13 interfeysi esa N3 tarmoqning bog„lami hisoblanadi. Shunday qilib marshrutizator, har bir bog‘lami o‘z tarmog‘iga tegishli bo‘lgan, bir nechta bog‘lamlar to‘plami sifatida qaralishi mumkin. Marshrutizatorlar yagona qurilma sifatida, alohida tarmoq va alohida lokal adresga ega emas.
Tarmoqlardan iborat bo„lgan murakkab tarmoqlarda, ikkita chekka qurilmalar - kompyuterlar o„rtasida paketlarni uzatish mumkin bo„lgan bir nechta alternativ marshrutlarni ko„rsatish mumkin. A kompyuterdan B kompyuterga yuborilgan paket 17, 12, 5, 4 va 1 yoki 17, 13, 7, 6 va 3 marshrutizatorlar orqali o„tib o„z manziliga etib borishi mumkin. Ushbu tarmoqda, A va B kompyuterlar o„rtasida mavjud bo„lgan yana boshqa bir nechta marshrutlarni ham ko„rsatish mumkin.
6.6-rasm. Tarmoqlardan iborat tarmoqda marshrutlash tamoili.
Mumkin bo„lgan marshrutlar ichidan biron-bir marshrutni tanlash vazifasini marshrutizatorlar, hamda chekka qurilmalar – kompyuterlar amalga oshiradilar. Marshrutni tanlash, ushbu qurilmalar ega bo„lgan, o„sha paytdagi tarmoq konfiguratsiyasi haqidagi axborotlar asosida, hamda marshrutni tanlash mezonlari asosida aniqlanadi. Bunday mezonlar sifatida ko„p xollarda, paketlarni ushbu marshrutlar orqali harakatlanishi davomidagi kechikishi yoki harakatlanish davomida o„tilgan oraliq marshrutizatorlarning sonlari olinadi. Ushbu axborotlarni tahlil qilish asosida, paketlarni harakatlantirish yo„nalishlari haqidagi ma‟lumotlar, marshrutizatorlarning – marshrutlash jadvallariga
yozib chiqiladi. 6.1-jadvalda 4-inchi marshrutizatorning marshrutlash jadvali keltirilgan.
Jadvalning birinchi ustunida, paket etib borishi kerak bo„lgan tarmoqning adresi ko„rsatilgan. Ikkinchi ustunda, marshrut bo„yicha keladigan keyingi marshrutizatorning tarmoq adresi ko„rsatiladi. Uchinchi ustunda esa marshrutizatorning, paketni uzatilishi kerak bo„lgan chiqish portining tarmoq adresi ko„rsatiladi. To„rtinchi ustunda esa, paket etib borishi kerak bo„lgan tarmoqqacha bo„lgan marshrutizatorlarning soni ko„rsatiladi.
|