IP-paket va uning tuzilishi




Download 12,24 Mb.
bet42/46
Sana13.05.2024
Hajmi12,24 Mb.
#229855
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
Kommunikatsiyalarni rivojlantirish

IP-paket va uning tuzilishi


TCP/IP protokollari asosida tarmoqda o„zaro ishlashni tashkil qilishni o„rganishni, IP-paket va uning tuzilishini ko„rib chiqishdan boshlaymiz. IP-paket sarlavha va ma’lumotlar yoziladigan qismlardan iborat bo„ladi. Kompyuter tarmoqlari orqali ma‟lumotlarni uzatish jarayonida IP-paketni shakllantirish TCP/IP protokollari stekining yoki OSI modelining tarmoq sathida amalga oshiriladi (6.4-rasm).




6.4-rasm. IP-paketni shakllantirish.


IP-paket sarlavhasining tuzilishi 6.5-rasmda keltirilgan. IP- protokolining funksional jihatdan sodda yoki murakkabligi, IP- paketning sarlavhasi qay darajada sodda yoki murakkab ekanligiga bog„liqdir.


6.5-rasm. IP-paket sarlavhasining tuzilishi.


Ma‟lumotlarni tarmoq orqali uzatish davomida, ko„p vaqt, paket sarlavhasiga joylashtirilgan axborotni ishlash uchun sarf bo„ladi. IP- paketning sarlavhasini tashkil etuvchi qismlarini o„rganish bilan biz, uning tuzilishi haqidagi bilimlar bilan birga, IP-protokolining asosiy vazifalari bilan ham tanishib boramiz. Quyida IP-paket sarlavhasini tashkil etuvchi qismlari va ularni nima uchun mo„ljallanganliklari haqidagi ma‟lumotlar keltirilgan:


Versiya raqami (номер версии) – uzunligi 4 bit. IP-protokolining qaysi versiyasi ekanligini bildiradigan qismi. Hozirda IP-protokolning 4 versiyasi - IPv4 dan foydalanilmoqda. Ushbu protokolning yangi versiyasi IPv6 hisoblanadi.
IP-paket sarlavhasining uzunligi (длина заголовка) – 4 bitdan iborat. Bunda har biri 32-bit uzunlikka ega bo„lgan so„zlar soni nazarda tutilgan. Odatda IP-paketning sarlavhasi 20 baytdan iborat bo„ladi, ya‟ni uzunligining qiymati 0101-ga teng bo„ladi (beshta 32-bitli so„zlar). Sarlavhaning uzunligi, ba‟zi qo„shimcha axborotlar hisobiga oshirilishi ham mumkin. Sarlavhaning maksimal uzunligi 60 baytga teng bo„lishi mumkin, ya‟ni 1111-ga, bu har biri to„rt baytdan iborat bo„lgan 15-ta 32 bitli so„zlar degani.
Ko‘rsatiladigan xizmat xili (тип сервиса - Type of Service, ToS) – hozirda bu DS-bayt, ya‟ni differensiallashgan xizmat ko„rsatish bayti deb ataladi – uzunligi 8-bit. Sarlavhaning ushbu qismi – paketni harakatlantirish paytida, ko„rsatiladigan xizmatlar sifatiga qo„yiladigan talablardan iborat bo„ladi. PR (3 bit) - IP-paketning muhimlik darajasini ko„rsatuvchi qismi, uning qiymati 0 dan 7 gacha o„zgarishi mumkin (приоритет пакета). Qolgan 3 bit yordamida marshrutni tanlash mezonlari ko„rsatiladi. D – (Delay) kechikish, agar D=1 bo„lsa, paketni etkazib berishdagi kechikish minimal bo„lishi so„ralgan hisoblanadi. T=1 bo„lsa - (Throughput) o„tkazish qobiliyatini yuqori bo„lishini so„rash. R=1 bo„lsa - (Reliability) paketning etib borish ishonchliligining yuqori bo„lishini so„rash. Keyingi ikkita bitlar nolga teng bo„ladi.
IP-paketning umumiy uzunligi (общая длина), ya‟ni IP-paketning sarlavhasi va undagi ma‟lumotlar qismining uzunligini ko„rsatuvchi qismi – ushbu qismning uzunligi 2 baytga teng. Bu IP-paketning maksimal uzunligi 65535 bayt bo„lishi mumkin ekanligini anglatadi. Ammo hozirgi paytda paketlarni tashish Ethernet kadri yordamida amalga oshirilayotganligi sababli, uning maksimal uzunligi 1500 baytdan oshmasligi kerakligini anglatadi.
Qaysi paket ekanligini ko‘rsatuvchi qismi (идентификатор пакета) – uzunligi 2 bayt. Ushbu ko„rsatgichdan paketlarni bo„laklarga ajratish va qayta yig„ish jarayonida foydalaniladi (фрагментация и дефрагментация пакета). Fragmentatsiyalangan (bo„laklarga ajratilgan) paketning ushbu qismi bir xil qiymatga ega bo„lishi kerak.
Bayroqlar (флаги) – uzunligi 3 bit. Paketni fragmentatsiyalash bilan bog„liq bo„lgan belgi. DF=1 (Do not Fragment) fragmetatsiyalanmasin degani.
Paketning bo‘lagini necha baytga surilganligini ko‘rsatuvchi qismi (смещение фрагмента) – uzunligi 13 bit. Paket bo„lagini dastlab fragmentatsiyalanmagan paketning boshlanishiga nisbatan necha baytga surilganligini ko„rsatuvchi qismi.
Paketning yashash vaqti (Time To Live, TTL) – uzunligi 1 bayt. Bu tarmoq orqali paketning qancha vaqtgacha harakatlanishi mumkin ekanligini ko„rsatuvchi qism. Ushbu vaqt paketni uzatgan kompyuter tomonidan belgilanadi va sekundlarda o„lchanadi.
Yuqori sath protokoli qaysi ekanligini ko‘rsatuvchi qismi. Masalan: 6 raqami – paketda TCP protokoli xabari borligini, 17 raqami – UDP protokoli xabari borligini, 1 raqami esa – ICMP protokoli xabari borligini anglatadi.
Nazorat qilish summasi – uzunligi 2 bayt (16 bit), paketning sarlavhasi asosida hisoblanadi.
Uzatuvchi va qabul qiluvchi kompyuterlarning IP-adreslarini ko‘rsatuvchi qismi – har biri 32 bitdan.
Quyida yozuvlarda real IP-paketning sarlavhasi keltirilgan:





      1. Download 12,24 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Download 12,24 Mb.