Xoli salomatligi va uni o’rganish usullari




Download 136 Kb.
bet1/8
Sana18.05.2024
Hajmi136 Kb.
#241341
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1403245626 43830


Axoli salomatligi va uni o’rganish usullari


Reja:



  1. Salomatlik to’g’risida tushuncha.

  2. Ijtimoiy omillar va sharoitlar to’g’risida ularning ta’sirlari.

  3. Axoli salomtaligiga baxo berish ko’rsatkichlari

  4. Axoli salomatligini o’rganish usullari.

Mamlakatimiz mustaqillikka e’rishgandan so’ng axoli salomatligini mustaxkamlash borasida ko’p xayrli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Respublikamizda sog’lom avlodni shakllantirish borasida “Sog’lom avlod” ordenining ta’sis e’tilishi, Sog’lom avlod nodavlat jamg’armasining tashkil e’tilishi,2000 yilni Sog’lom avlod yili deb atalishi, Respublikamizda fizkultura va sportga e’’tiborning keskin kuchaytirilishi, sog’liqni saqlash tizimida isloxatlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi va boshqa ko’plab shunga o’xshash tadbirlar fikrimizning dalili bo’la oladi.


992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi oliy kengashining o’n ikkinchi chaqiriq, o’n birinchi sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining konstituttsiyasi 40-moddasi, “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish xuquqiga e’ga” deb yozilgan.SHunday e’kan Respublikamizda yashayotgan har bir fuqaroning salomatligi e’ng muqaddas ne’matlardan biri sanaladi.
Inson salomatligini yaxshilash va uni mustaxkamlash 1996 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi fuqaroning” qonun bilan ta’minlangan. Bo’lim va 47 moddadan iborat bu qonun Respublikamiz axolisining salomatligini saqlash va uni mustaxkamlashda e’ng asosiy komus sanaladi.
Axoli salomatligini o’rganishda asosiy sabablar nimada:

  1. Axoli salomatlik darajasiga qarab shu jamiyatning, mamlakatning qanchalik taraqqiy e’tganligini bilamiz. masalan:

  2. Tibbiy xizmatni to’g’ri rejalashtirish maqsadida. Ms:

  3. Axoli salomatligini yaxshilashda kompleks, maqsadli dasturlar ishlab chiqish uchun.

  4. Axoli salomatligini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan ishlarning samarasining darajasini aniqlash uchun.

Axoli salomatligi haqida fikr yuritilganda avvalom bor biz inson haqida va uning salomatligi va kasalligi haqida uylashimiz kerak.
Ma’lumki inson hayvonlar kabi tabiatning bir qismi va maxsuli hisoblanadi, ammo inson o’z irodasi va ongi bilan hayvondan farq qiladi. Inson hayvonot olamining, hayvonot organizmning taraqqiyotning e’ng yuqori bosqichi hisoblanadi va ijtimoiy moxiyatga e’ga bo’lib ishlab chiqarishga, atrof muxitni o’zgartira olishga, so’zlashga va boshqa xususiyatlarga qodir. Inson va uning salomatligi, kasalligi ijtimoiy kategoriya hisoblanib keladi. Jaxon sog’liqni saqlash tashkilotining aniqlashicha salomatlik-bu kasallik va jismoniy etishmovchilikning bo’lmasligidan tashqari, to’liq, sifatli jismoniy, ruxiy va ijtimoiy tomondan qoniqarli xolatga e’ga bo’lishini tushuniladi. E’ng so’nggi ilmiy tushunchalardan biri inson salomatligi sotsial va biologik sifatlarning garmonik uyg’unligi bo’lib, tug’ma va hayotda orttirilgan biologik va sotsial ta’sirlar natijasida vujudga keladi, kasallik e’sa ana shu uyg’unlik, ana shu birlikning buzilishidir.
Salomatlik va kasallik o’rtasida dialektik bog’lanish mavjuddir. Ular o’rtasida farq salomatlik va kasallikning ta’minlovchi sharoitlariga, omillariga bog’liq bo’lib, agar shu omillar, sharoitlar optimal bo’lsa, muvozanatda bo’lsa salomatlikni ta’minlaydi. Agar muvozanat buzilsa kasallikka olib keladi. Axoli salomatligi bevosita sotsial faktorlar bilan bog’liq bo’lib, ijtimoiy sharoitlar e’sa jamiyat tuzumi, sotsial iqtisodiy va siyosiy strukturaga bog’liqdir. Jamiyat tuzumining asosida e’sa ishlab chiqarish usullari va ishlab chiqarish munosabatlari yotadi. Ijtimoiy sharoitlar asosida ijtimoiy faktorlar vujudga keladi. Ularga mexnat, dam olish, ovqatlanish, uy-joy, ma’lumot, o’qish, tarbiyalash, madaniy e’xtiyojlar, kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va jamiyatning yoki jamoatning konkret yashash sharoitlari misol bo’ladi.
Salomatlik tushunchasini yanada aniqroq tushunib olish uchun, birinchi navbatda insonlarda va boshqa tabiatdagi tirik mavjudotlarda salomatlikni ta’minlovchi sharoitlar va kasallik keltirib chiqaruvchi omillar ham bir xil narsa e’kanligini tushunib etmoq lozim. Demak inson farovonligi uchun mavjud zarur barcha mu’tadil sharoitlar asosida kasallik keltirib chiqaruvchi omillar paydo bo’lishi va inson salomatligiga zarar etkazish mumkin. Ms: axolini ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqilona ovqatlanish, uy joy bilan ta’minlash va boshqa ko’plab misollarda bu xolatni ko’rishimiz mumkin. Aytaylik ichimlik suvining sifati uning organoleptik xususiyatlari, tarkibiy qismlari GOST talablariga javob bersa-bu sharoit, agar teskarisi bo’lsa kasallik keltirib chiqaruvchi omil sifatida ta’sir ko’rsatadi. SHunday qilib ijtimoiy sharoitlar asosida ijtimoiy omillar paydo bo’ladi.
“Sog’liq- bu nafaqat har bir inson uchun jismoniy va ruxiy qadriyat, balki bu baxolab bo’lmaydigan inson boyligidir. SHu bilan birga bu yuqori darajadagi axloqiy-e’tik, insonparvarlik qadriyat-baxtdir” deb yozgan e’di F.F. E’rsman. Sog’liq har bir inson, oila yoki butun boshli axoli baxtining e’ng bosh shartlaridan biridir. Ammo afsus bilan aytish mumkinki ana shu xaqiqatni bilib qadriga etib shu haqda tushuntirish olib boradigan insonlar xuddi shu biz aytgan sog’ligini qimmatbaxo qadriyatini yo’qotganlar hisoblanadi. Ko’pchilik paytda insonlarga ko’proq xos bo’lgan xususiyatlardan biri sog’liqni yo’qotgandan so’ng uni izlab boshlaydilar.
Salomatlikning axamiyatini tushunmaslik nafaqat odamlar o’rtasida umumiy madaniyatning pastligi yoki tibbiy bilimsizlik, balki xaqiqiy ijtimoiy infantilizmdir./o’sishdan orqada qolish/. Salomatlik insonga tabiat tomonidan boylik, bu boylikni bo’lar-bo’lmasga duch kelgan tomonga bozorga solish mumkin e’mas.
Biz hozircha sog’lik to’g’risida fikr yuritdik, ammo yana tibbiyot ilmida shunday tushunchalar borki, aloxida bir shaxsning yoki axolining salomatligi /axoli populyatsiyasi/ degan tushunchalar ham mavjud. Demak har bir daraja o’ziga yarasha yondoshish va fikrlashni talab e’tadi.SHaxsiy /individual/ sog’liqni biz shaxsning aloxida o’zini qanday xis qilishi, kasallikning bor yo’qligiga qarab baxolaymiz. Biron bir gurux sog’ligini baxolashda statistik hisob-kitoblar asosida uning ko’rsatkichlarining yordamida aniqlaymiz. Ms: kasallanish, o’lim, o’rtacha umr ko’rish va b. YA’ni axoli salomatligi tushunchasini.
Axoli salomatligini baxolashda ko’pgina baxolashda ko’pgina standartlar taklif e’tilgan. Oxirgi yillarda matematik-matematikologik, axolini sog’ligini baxolash modellari tibbiy-statistik ko’rsatkichlar bilan kombinatsiyalashtirilgan holda qo’llanilmoqda. To’laqonli asos bilan aytish mumkinki, axoli salomatligi quyidagilarga bog’liq bo’ladi:

  1. odamlarning biologik, ruxiy xususiyatlariga /irsiyat, gavda tuzilishi, temperament, oliy asab faoliyat turi boshqalar/.

  2. Tabiat ta’surotlariga /iqlim, ob-havo, faunlar va b/

  3. Kishilarning o’rab turgan atrof-muxit. /uning tozaligi kimyoviy, fizikaviy va biologik ifloslantiruvchi moddalar bilan zararlanishi.

  4. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy omillar /mexnat va turmush orqali ta’sir qilishida/

  5. Sog’liqni saqlashning holati tibbiyot ilmining darajasiga axoli salomatligiga bevosita ta’sir qiluvchi omillardan biri bu-turmush tarzi, bu masala kelgusi ma’ruzada ko’rib chiqiladi.

YUqorida qayd qilingan omillar nafaqat axoli salomatligiga / axolining sanitariya xolati/, balki aloxida bitta shaxs salomatligiga, jamoatchilik salomatligiga ta’sir e’tadi.
Jamoatchilik salomatligi ham aloxida bir insonlarning salomatlik xolatidan kelib chiqadi, sababi har bir individuallar yig’ilib jamoatchilikni, ularning sog’ligini tashkil e’tadi. Bu o’z navbatida iqtisodga ya’ni ishlab chiqarilgan maxsulotga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Kasallik keltirib chiqaruvchi omillar ko’p, ular yil sayin oshib bormoqda. Agar 1960 yillarda faqat genetik omillarning o’zi mingdan oshiqroq bo’lsa, bugunga kelib ularning soni 3000 dan ko’p. Ba’zi mualliflar bu borada o’zlarining guruxlashlarini xatto klassifikatsiyasini taklif qilmoqdalar. Bundan tashqari kasalliklarning yuzaga kelishida “Moyillik omili”, “kasallikka moyillik omili” tushunchalari mavjud, ya’ni organizmga qandaydir ichki yoki tashqi omillar ta’sirida organizmning kasallikka moyillik darajasi oshib ketadi.
O’zi inson nima uchun kasal bo’ladi? Degan savolga, biz to’liq javob berib bilishimiz kerak, kasallik o’zi bizning tushunchamizda nima? Agar insonni o’rab turgan atrof-muxit mo’’tadil bo’lsa organizmga xech qanday salbiy ta’sir qilmasa, ya’ni organizmning ichki muxiti bilan tashqi muxit o’rtasidagi muvozanat buzilmasa organizmda xech o’zgarish bo’lishi mumkin e’mas. Ms: organizmda bo’lmaydigan biron-bir yot narsa organizmga tushsa, mikrob, xar-xil predmetlar yoki xar xil ta’sirlar / shamol, issiq, sovuq, chang va xakozalar/ bunga misol bo’lishi mumkin.
Axoli salomatligini o’rganishda e’ng muxim manbalardan biri bu- tibbiy ko’rikdan olingan ma’lumot, sababi tibbiy ko’rikda xali bemorni bezovta qilmaydigan kasalliklar oldindan aniqlanadi. Xali kasalliklarning belgilari sezilmasdan burun, aniqrog’i xali salomatlik bilan kasallik oralig’idagi insonlar demakdir. Ular odatda vrachlar tomonidan kasalliklarini faol aniqlashga va davolashga muxtoj kishilar. Gallen va boshqalar bularni uchinchi xolatdagilar ya’ni sog’lom xolat bilan kasallik o’rtasidagi xolat deb ataganlar. Bu xolat juda ko’p vaqtga cho’zilishi, ba’zida umrining oxirigacha cho’zilishi mumkin. Bunday xolat odatda insonga tabiat tomonidan berilgan ruxiy fiziologik imkoniyatining yarmini, e’xtiyojdagi sog’liqni va to’laqonli xayot imkoniyatlarini yo’qotish bilan kechadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak bugun biz sog’lom kishilarning sog’ligini saqlash ya’ni kasalliklarning oldini olish “Sanalogiya ” bilan shug’ullanish kerakligini anglatadi. Bu tadbirni faqatgina axoli o’rtasida “Sog’lom turmush tarzini targ’ibot” qilish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Axoli salomatligi tibbiy-statistik. Demografik ko’rsatkichlari va ijtimoiy darajalarni o’rganish asosida, aloxida bir shaxsning, guruxini yoki ma’lum bir populyatsiyani o’rganish mumkin.
Jamoatchilik salomatligi xolatini o’rganish-Sanalogiya, ayniqsa sog’lomlarning o’rganish-bu aloxida profilaktika soxasida strategik axamiyatga e’ga axoli salomatligini aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiq sanaladi:
-no sog’lom turmush tarzi omillari
-tashqi muxitning ifloslanishi
-genetik omillar
-kamchilik etishmovchiliklar
-sog’liqni saqlashdagi kamchiliklar
-tibbiy yordam
Risq/ moyillik/ omillari bo’lishi mumkin:
1. Birlamchi/ ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va tabiiy omillarga bog’liq/.
2. Ikklamchi/ patologik xolat-kasallikni keltirib chiqaruvchi va rivojlantiruvchi omillar/
Axoli salomatlikni baxolovchi ko’rsatkichlar.
Axoli salomatligini o’rganishda va uni baxolashda ko’pgina standart ko’rsatkichlar taklif qilingan va ular qo’llaniladi:
1. Tibbiy-demografik ko’rsatkichlar:
a/ axolining tabiiy xarakati ko’rsatkichlari:
-umumiy va yoshlar bo’yicha o’lim va yoshlar bo’yicha o’lim
-o’rtacha umr qurish
-tug’ilish va serpushtlik
-axolining tabiiy o’sishi
-brachnoe va boshqa ko’rsatkichlar.



Download 136 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 136 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xoli salomatligi va uni o’rganish usullari

Download 136 Kb.