Ambulotoriya-poliklinik tibbiy yordamni tashkil qilish




Download 136 Kb.
bet7/8
Sana18.05.2024
Hajmi136 Kb.
#241341
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1403245626 43830

Ambulotoriya-poliklinik tibbiy yordamni tashkil qilish.
Sog’liqni saqlash vazirligi tizimida vrachlik ambulator poliklinika yordamni-3436 ta muassasa ko’rsatadi. SHundan : 14-viloyat shifoxonalarida 164-MTK larida. 26-tuman shifoxonalarida 225-shaxar 134-ixtisoslashgan.
190-mustaqil shaxar poliklinikalarida
28-mustaqil bolalar poliklinikalari
249-uchastka shifoxonalari ambulatoriyalarda
1113-KVA da
98-KVP
242-ixtisoslashgan dispanserlarida
199-sog’lomlashtirish punktlarida
34-ayollar maslaxatxonalarida
1972-akusherlik-ginekologik xonalarida 2 mustaqil ayollarda maslaxatxonalar tashkil e’tadi. Barcha ambulatoriya –poliklinika tarmoqlarida jami 44546,5 shtat mavjud bo’lib, shundan 39801,5 tasi band vrachlik lavozimlari sanaladi.
Vrachlar bilan ta’minlanganlik 89,3% ni tashkil e’tadi. Ularning qabul qilish quvvati-327329 qatnov. SHundan 57459 shaxar, 269870 qishloq joydagilarga to’g’ri keladi.
1998 yilda har bir uchastka terapevtiga 5348,5 qatnov to’g’ri keldi.
(normativda 5922)
SHaxar poliklinikasi:-bu axoliga poliklinikada va uyda ambulatoriya vrachlik tibbiy yordamni ko’rsatuvchi muassasa. Bir smenaga qilinadigan qatnov va axoli sonidan kelib chiqib poliklinikalar 5 ta kategoriyaga bo’linadi.
1k-1200 qatnovdan yuqori (80000 axoliga)
2k- 751-1200 (50-79000 axoli)
3k-501-750 (33/-49000 axoli)
4k-251-500(17-32000)
5k-250 qatnovgacha (17000 axoligacha)

Poliklinika tuzilishi va asosiy vazifalari.


(tuzilishi va batafsil vazifalari amaliy mashg’ulotda o’tiladi)
SHaxar poliklinikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-Axoliga poliklinika va uyda malakali vrachlik tibbiy yordam ko’rsatish:
-Kasallanishni, vaqtincha mexnatga yaroqsizlikni, nogironlikni va o’limni kamaytirish bo’yicha profilaktik tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish.
-Axolini dispanserizatsiya qilish
-Sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish, axolini sanitariya gigienik bilimini oshirish.
SHaxar poliklinikalarining vrachlari o’z faoliyatini amalga oshira turib quyidagi burchlarni bajarishga ma’suldirlar:
-shoshilinch tez tibbiy yordam ko’rsatish:
-Uyda vrachlik tibbiy yordam ko’rsatish:
-Kasalliklarni oldindan aniqlash:
-O’z vaqtida zarur malakali vrachlik tibbiy yordamni ko’rsatish:
-Odamlar salomatligi dinamikasi ustidan doimiy nazorat olib borish:
-turg’un va vaqtincha mexnatga yaroqsizlikni e’kspertiza qilish:
-Sanitariya oqartuv ishlariga axolini faol jalb qilish:
-O’rta ma’lumotli tibbiy xodimlarning malakalarini oshirish.
Poliklinika vrachlarning ish usullari va printsipi.
Poliklinikaga qilinadigan umumiy murojatlarning qariyb 50-60%ni uchastka terapevtlarga qilinadi.Uchastka terapevtlarining poliklinikada ish printsipi uchastka printsipi olib boriladi, ya’ni poliklinikaga xizmat ko’rsatayotgan jami xudud bir-necha uchastkalarga bo’linadi, har bir uchastkada 1700 ta katta yoshlik axolisi bilan: Uchastka terapevtlarning burchlariga quyidagilar kiradi:
-O’z vaqtida uchastka axolisiga poliklinikada va uyda malakali vrachlik
-tibbiy yordamni ko’rsatish.
-muxtoj bemorlarning o’z vaqtida kasalxonalarga yotqizish.
-Zaruriyat tug’ilganda boshqa mutaxassislarga bemorlarni konsultatsiya qildirish.
Vaqtincha mexnatga yaroqsizlikni e’kspertiza qilish:
-Axolini dispanserizatsiya qilish.
-Tibbiy ko’riklarni tashkil e’tish.
-profilaktik e’mlashni tashkil e’tish.
-Sanatoriya –kurort davolanishlarni belgilash:
-maslaxatlarga yuborish va boshqalar.
Uchastka terapevtlari e’ng kamida uch yilda bir marta malakalarini oshirishlari kerak.
Poliklinikada vrachlarning ish usuli. “Dispanser usulida olib boriladi”
Dispanserizatsiya va uni amalga oshirish yo’llari hamda usullari, ko’rsatkichlar to’g’risida aloxida ma’ruzada to’xtalamiz.
SHaxar poliklinikasida vrachlarga axolini dispanserizatsiya qilishda profilaktika bo’limining tutgan o’rni katta. Uning asosiy tarkibi va vazifalari, quyidagilardan iborat.
Tuzilishi
-Anamnistik xonasi.
-Ayollar ko’rik xonasi.
-Funktsional tekshirish xonasi.
-Sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish xonasi.
-Axolini dispanserizatsiya qilishni tashkil qilish va nazorat e’tish xonasi.
Vazifalari.
-Butun axolini yiliga dispanserizatsiya qilishni ta’minlashni tashkil e’tish:
-Tibbiy ko’riklarni tashkil e’tish va uni o’tkazish.
-Kasallikka moyilligi bor shaxslarda kasalliklarni e’rta aniqlash:
-Axolini yiliga dispanserizatsiya qilishni nazorat qilish va xisobga olish.
-Vrachlarga bemorlar to’g’risida xujjatlarni etkazib berish:
-Axolini sanitariya gigienik jixatdan o’qitish, sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish.
Poliklinika axoliga xizmat darajasiga qarab 3 darajadagi poliklinikaga bo’linadi.

  1. Daraja-xududiy poliklinikalar, TSK poliklinikalar kiradi.

  2. Daraja- maslaxat tashxislik poliklinikalari (tuman, zanal, viloyat)

  3. daraja- Ixtisoslashgan tibbiy yordamni tashkil qilish.

Kasalxonalarda tibbiy yordamni tashkil qilish.
Kasalxona (statsionar) –bu bemorlarga faqatgina kasalxonada yotgan davrida tibbiy yordam ko’rsatuvchi davolash-profilaktik maskan sanaladi.
Kasalxona kasallikning og’irroq formalarida, qachonki diagnostikada, davolashda kompleks yondashish talab qilinadigan xolatlarda, bemorlarga ortiqcha yurish mumkin bo’lmaganda, sistemali davolash ishlar, ya’ni olib boriladigan bo’lsa statsionar tibbiy (malakali, ixtisoslashgan) yordamni ko’rsatadi.
Respublikamizda hozirgi kelib 14 ta viloyat va respublika, 12ta viloyat bolalar, 97 ta shaxar, 32 ta bolalar shaxar, 190 ta MTK va TSH 249 ta uchastka shifoxonalari 22 ta klinikalar, 1 gospital, 15 ta ruxiy giyoxvandlik (narkolog), 5 ta mustaqil tug’ruqxonalar, 183 ta ixtisoslashgan shifoxonalar.
176 ta dispanserlarning statsionar bo’limlar 18 ta markazlarning statsionar bo’limlar, axoliga malakali, ixtisoslashgan va Statsionar bo’limlar, axoliga malakali, ixtisoslashgan va torn ixtisosolarda statsionar tibbiy yordamni ko’rsatmoqda. O’zbekiston Respublikasida kasalxona o’rinlari bilan ta’minlanganlik darajasi har 10000 axoliga 1998 yilda 55,1 ni tashkil qilgan. Ushbu ko’rsatkich Xorazm viloyatida 48,0 ga teng.
Andijonda-64,9 Sirdaryo-63,3 Farg’onada 62,6 Toshent da –420 sh ni tashkil e’tadi. O’rin fondlaridan foydalanish darajasi o’rtacha 329,7 ga teng, bu yaxshi ko’rsatkich sanaladi. O’rinlardan bemorlarning yotish davomiyligi 12,5 kunni, o’rin aylanish-26,4 ga teng.

Download 136 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 136 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ambulotoriya-poliklinik tibbiy yordamni tashkil qilish

Download 136 Kb.