TCP/IP PROTOKOLLARI ASOSIDA TARMOQDA O‘ZARO ISHLASHNI TASHKIL QILISH




Download 12,24 Mb.
bet39/46
Sana13.05.2024
Hajmi12,24 Mb.
#229855
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
Bog'liq
Kommunikatsiyalarni rivojlantirish

TCP/IP PROTOKOLLARI ASOSIDA TARMOQDA O‘ZARO ISHLASHNI TASHKIL QILISH





    1. TCP/IP protokollari stekining tuzilishi

TCP/IP protokollari steki umumiy protokollar to„plami sifatida, AQSH Mudofaa Vazirligi tashabbusi bilan ARPANET tajribaviy tarmog„ini turli xildagi boshqa-boshqa tarmoqlar bilan o„zaro bog„lash uchun 1975 yili ishlab chiqilgan. Ushbu stek protokollari Berkli universiteti tomonidan Unix operatsion tizimida amalga oshirilgan edi. Hozirda bu stek, kompyuterlarni Internetga ulash uchun, hamda ko„p sonli korporativ tarmoqlarda ham foydalanilmoqda.


Global ulanishlar asosida tarmoqlarni qurish hakida gap ketganida, TCP/IP steki avvaldan Internet uchun yaratilganligi, uni boshqa protokollar steklariga nisbatan afzal bo‘lgan xususiyatlarga ega ekanligini ta‟kidlash o„rinli bo„ladi.
TCP/IP protokollari steki yoki TCP/IP texnologiyasining katta tarmoqlarda qo„llanilishidagi juda foydali xususiyatlaridan biri, bu unda

  • paketlarni bo‘laklarga bo‘la olish qobilyatining borligidir. Tarmoqlardan iborat bo„lgan katta tarmoq, ya‟ni Internet tarmog„i, har- xil tamoillar asosida qurilgan tarmoqlardan tashkil topgan. Har bir tarmoq osti tarmog„ida uzatiladigan ma‟lumotlar birligining maksimal uzunligi, o„z kiymatiga ega bo„ladi. Kadrining maksimal uzunligi katta bo„lgan tarmoqdan, kadrining maksimal uzunligi kichikroq bo„lgan tarmoqqa o„tilganda, avvalgi tarmoq kadrini bo„laklarga bo„lishga to„g„ri keladi. TCP/IP stekining IP protokoli bunday vazifani samarali hal qila oladi.

TCP/IP texnologiyasining keyingi muhim xususiyati – bu moslashuvchan adreslash tizimining mavjudligidir. Uning yordamida tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoq tarkibiga, har-xil texnologiyali tarmoqlarni ko„shish (ulash) osonlik bilan amalga oshiriladi. Bu xususiyat ham, TCP/IP stekidan katta-katta xududlarni qamray oladigan katta tarmoqlarni qurishda foydalanish imkoniyatini beradi. TCP/IP protokollari stekining tuzilishi 6.1-rasmda keltirilgan.
TCP/IP protokollari stekining sathlarini OSI modeli sathlariga mos keltirilganligini shartli ravishda deb qabul kilamiz. TCP/IP steki protokollari to„rtta sathga ajratilgan:

  1. Amaliy sath;

  2. Transport sathi;

  3. Tarmoq sathi;

  4. Tarmoqlarning interfeyslari sathi.



6.1-rasm. TCP/IP protokollari stekining tuzilishi.


Ushbu sathlar bilan qisqacha tanishib chiqamiz.



  1. Amaliy sath - TCP/IP stekining bu sathiga OSI modelining yuqori qismida joylashgan ikkita sathi mos keltirilgan. Stekning bu sathi, foydalanuvchilarning ilovalariga operatsion tizim tomonidan taqdim qilinadigan xizmatlarni o„z ichiga oladi. Turli mamlakatlar va tashkilotlar tarmoqlarida ko„p yillar davomida foydalanilishi natijasida, TCP/IP steki amaliy sathining ko„p sonli protokollari va xizmatlari ishlab chiqildi. Bunday protokollar va xizmatlar tarkibiga quyidagi keng tarqalgan protokollarni kiritish mumkin:

    • FTP (File Transfer Protokol) - fayllarni uzatish protokoli;

  • Telnet - terminalni emulyasiya qilish protokoli

  • SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) - elektron pochtani uzatishning oddiy protokoli.

  • HTTP (Hyper Text Transfer Protocol) - gipermatnni uzatish protokoli va boshqa-boshqa ko„pgina protokollar.

Amaliy sath protokollari - xostlarda amalga oshiriladi. Xost deganda, Internetdagi oxirgi bog„lam, ya‟ni foydalanuvchining kompyuteri tushuniladi.


  1. Download 12,24 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Download 12,24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TCP/IP PROTOKOLLARI ASOSIDA TARMOQDA O‘ZARO ISHLASHNI TASHKIL QILISH

Download 12,24 Mb.