|
Kanal sathida ma’lumotlar almashinish jarayonini tashkil qilish
|
bet | 35/46 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 12,24 Mb. | | #229855 |
Bog'liq Kommunikatsiyalarni rivojlantirish
OSI modelining kanal sathi ikkita sath osti sathlariga bo„linadi: 1.Ma‟lumotlarni uzatishni mantiqiy boshqarish sath osti sathi – LLC
(Logical Link Control);
2.Ma‟lumotlarni uzatish muhitiga bog„lanishni boshqarish, sath osti sathi - MAC (Media Access Control).
Keyingi yozuvlarda, kanal sathining yuqorida keltirilgan sath osti sathlari haqida gap ketganda ham, sath iborasidan foydalanamiz. Odatda LLC sathi vazifalari operatsion tizim tarkibiga kiruvchi dasturlar yordamida, MAC sathi vazifalari esa tarmoq adapteri va uning drayveridan iborat, apparat-dasturiy vositalar yordamida amalga oshiriladi.
LLC sathi va uning vazifalari. LLC sathi ikkita vazifani bajaradi: 1.Kanal sathi bilan tarmoq sathi orasidagi interfeysni tashkil qilib
berish.
2.So„ralgan darajada ishonchlilik bilan kadrlarni manziliga etkazib berish.
LLC sathining interfeysni tashkil qilib berish vazifasi deganda – foydalanuvchilarning ma‟lumotlarini va xizmat ko„rsatish uchun mo„ljallangan ma‟lumotlarni, MAC va tarmoq sathlari o„rtasida uzatib berish tushuniladi. Ma‟lumotlarni yuqoridan-pastga uzatishda LLC sathi tarmoq sathi protokolidan IP paketni qabul qilib oladi. Ushbu paketda foydalanuvchining ma‟lumotlari yozilgan bo„ladi.
Ma‟lumotlarni pastdan-yuqoriga uzatishda esa LLC sathi, MAC sathidan tarmoq orqali kelgan kanal sathi kadrini qabul qilib oladi.
LLC sathining ikkinchi asosiy vazifasi – so„ralgan darajadagi ishonchlilik bilan kadrlarni manziliga etkazib berishdir. LLC protokoli kadrlarni etkazib berishning bir necha xil rejimlarini ta‟minlay oladi. Bu rejimlar kadrlarni uzatish davomida, ular yo„qolib qolganda yoki xato
uzatilganda tiklash muolajalarining bor yoki yo„qligi bilan bir-biridan farq qiladilar.
LLC sathi yuqori sath protokollariga uch xildagi transport xizmatini amalga oshirib berish imkoniyatiga egadir:
LLC1 xizmati – ulanish hosil qilmasdan turib ma‟lumotlarni uzatuvchi xizmat. Ushbu xizmat turida ma‟lumotlarni etib borganligini tasdig„ini olish amalga oshirilmaydi. LLC1 xizmati foydalanuvchiga ma‟lumotlarni uzatishda kam xarajatlar talab qiladigan vositalarni qo„llash imkoniyatini beradi.
LLC2 xizmati – foydalanuvchiga har bir ma‟lumotlar blokini uzatishdan avval, mantiqiy ulanish imkonini beradigan xizmatdir. Agar talab qilinadigan bo„lsa, ushbu ulanish chegarasida xatoliklardan so„ng ma‟lumotlarni tiklash va bloklar oqimini tartibga solish muolajalari bajariladi. Ma‟lumotlarni ishonchli etkazib berishni ta‟minlash uchun LLC2 protokoli surilib yuruvchi oraliq algoritmdan foydalanadi.
LLC3 xizmati – ulanishni hosil qilmasdan turib ma‟lumotlarni uzatuvchi xizmat. Ushbu xizmat turida LLC1 xizmatidan farqli ravishda, ma‟lumotlarni etib borganligini tasdig‘ini olish amalga oshiriladi.
LLC sathining yuqorida keltirilgan uchta rejimining qaysi biridan foydalanish, yuqori sath protokoli tomonidan qo„yiladigan talablarga bog„liqdir. LLC sathiga qaysi transport xizmatidan foydalanish kerakligi haqidagi axborot, sathlararo interfeys orqali apparat adresi va foydalanuvchining ma‟lumotlaridan iborat paket bilan birga uzatib beriladi. Masalan LLC sathidan yuqorida IP protokol ishlayotgan bo„lsa, u har doim LLC1 xizmatidan foydalanishni so„raydi, negaki TCP/IP stekida ma‟lumotlarni ishonchli etkazib berish vazifasini TCP protokoli ta‟minlab beradi.
MAC sathi va uning vazifalari. MAC sathining asosiy vazifalari quyidagilardir:
Birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanishni ta‟minlash.
Fizik sathning bajaradigan vazifalari va qurilmalardan foydalangan holda, bog„lamlar, ya‟ni - kompyuterlar, stansiyalar, kommutatorlar, va marshrutizatorlar o„rtasida kadrlarni uzatib berish.
Birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanishning quyidagi uchta asosiy usuli mavjud:
tasodifiy ulanish usuli;
tasodifiy bo„lmagan ulanish usuli;
so„rovlar algoritmiga asoslangan ulanish usuli.
Ulanish usullarining qaysinisi qo„llanilishidan qat‟iy nazar, MAC sathi tomonidan kadrlarni uzatish bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi:
bosqich. Kadrni shakllantirish bosqichi. Ushbu bosqichda yuqori sath protokolidan olingan axborot asosida kadrning tashkil etuvchi qismlarini to„ldirish amalga oshiriladi. Olingan axborot tarkibiga – ma‟lumotlar yuborilayotgan va yuborayotgan kompyuterlarning adreslari, foydalanuvchining ma‟lumotlari va yuqori sath protokolining belgilari kiradi. Kadr shakllantirilib bo„lingandan so„ng, MAC sathi kadrning nazorat qilish summasini hisoblab chiqaradi va uni ham kadr tarkibiga joylashtiradi.
bosqich. Muhit orqali kadrni uzatish bosqichi. Kadr shakllantirilib uzatish muhitiga ulanish uchun ruxsat olingandan so„ng, MAC sathi kadrni fizik sathga uzatadi. Fizik sath kadrning qismlarini bitma-bit ma‟lumotlarni uzatish muhiti orqali uzata boshlaydi. Fizik sath vazifalarini tarmoq adapteri bajaradi. U kadrning baytlarini ketma-ket uzatiladigan bitlarga aylantiradi va ularga mos elektr yoki optik signallar yordamida kodlaydi. Uzatilgan signallar, ma‟lumotlarni uzatish muhiti orqali, qabul qiluvchi kompyuterning tarmoq adapteriga kelib tushadi. Ushbu adapter esa, avvalgi jarayonga teskari bo„lgan jarayonni amalga oshiradi, ya‟ni signallarning kodlarini baytlarga aylantiradi.
bosqich. Kadrni qabul qilish bosqichi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuterning MAC sathi, unga kelib tushgan kadrdagi, ma‟lumot yuborilgan kompyuter adresi qismini tekshirib ko„radi, agar u o„zining adresi bilan mos tushsa, kadrni ishlashni, ya‟ni uni qabul qilib olishni davom ettiradi, aks holda kadrni ishlash, ya‟ni uni qabul qilish to„xtatiladi. Kadr to„liq qabul qilib olingandan so„ng, uning nazorat qilish summasi hisoblanadi. Agar nazorat qilish summasi to„g„ri chiqsa, kadr MAC sathi orqali, undan yuqorida joylashgan sathga uzatiladi. Agar nazorat qilish summasi to„g„ri chiqmasa, ya‟ni ma‟lumot muhit orqali uzatilganda noto„g„ri etib kelgan bo„lsa, kadr e‟tiborga olinmaydi (tashlab yuboriladi). Bunda ma‟lumotlarni uzatish paytida xatolik sodir bo„lgan bo„ladi.
|
| |