Kommunikatsiyalarni rivojlantirish




Download 12,24 Mb.
bet34/46
Sana13.05.2024
Hajmi12,24 Mb.
#229855
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46
Bog'liq
Kommunikatsiyalarni rivojlantirish

Fizik sath (Physical layer) – bu sathda fizik aloqa kanallari orqali bitlarni uzatish amalga oshiriladi. Fizik aloqa kanallaridan biri bo„lib – koaksial kabel, o„ralma juftlik kabeli, optik tolali kabel yoki raqamli territorial kanal kabi axborot uzatish muhitlaridan biri xizmat qilishi mumkin. Bu sathda axborot uzatish muhitining va diskret axborotni uzatuvchi elektr signallarining ko„rsatgichlari aniqlab olinadi. Masalan: axborot uzatayotgan signalning kuchlanishi yoki tok kuchi, impulslarning frontlarini qiyalik darajalari, uzatilayotgan axborotni kodlash xili va signallarni uzatish tezligi kabi ko„rsatgichlar.
Fizik sathning vazifalari tarmoqqa ulangan barcha qurilmalarda – kompyuterlarda, konsentratorlarda, kommutatorlarda va marshrutizatorlarda amalga oshiriladi. Kompyuterlarda bu sath vazifalari

  • tarmoq adapteri yoki ketma-ket port tomonidan amalga oshiriladi. Shu sathda ulagichlarning xillari va ulardagi ulanish nuqtalarining qaysi biri nima uchun ishlatilishi kelishib olinadi.

Misol tariqasida fizik sath protokoli sifatida Ethernet texnologiyasining 10Base-T standartini keltiramiz: bu standartda 100
Om to„lqin qarshilikka ega bo„lgan 3 kategoriyali ekranlanmagan o„ralma juftlik kabeli va RG-45 uzgich-ulagichi ishlatilgan, fizik segmentning maksimal uzunligi 100m, kabelda ma‟lumotlarni ifodalash uchun manchester kodidan foydalanilgan, hamda elektr signallarning va muhitning ba‟zi bir boshqa ko„rsatgichlari ham keltiriladi.
Kanal sathi (Data Link layer) bu sathda uzatish muhitiga ulanish mumkin yoki mumkin emasligini tekshirish, hamda uzatilayotgan ma‟lumotlardagi xatoliklarni aniqlash va ularni to„g„irlash mexanizmini amalga oshirish kabi vazifalar bajariladi.
Buning uchun kanal sathida bitlar ketma-ketligi kadrlar (frames) deb ataladigan to„plamlarga guruhlanadi (5.4-rasm). Kanal sathi har bir kadrni to„g„ri uzatilishini ta‟minlab beradi. Buning uchun, hamda kadrni kadrdan ajratib turish uchun, kanal sathi har bir kadrni boshlanishidan avval va ohirida maxsus bitlar ketma-ketligini joylashtiradi.

5.4-rasm. Ethernet texnologiyasi kadrining tuzilishi.


Ushbu rasmdagi qisqartmalar quyidagilarni anglatadi:


DA (Destination Address) – ma‟lumot yuborilgan kompyuterning MAC-adresini ko„rsatuvchi qismi (uzunligi 6 bayt);
SA (Source Address) – ma‟lumot yuborgan kompyuterning MAC- adresini ko„rsatuvchi qismi (uzunligi 6 bayt);
L (Length) – uzatilayotgan ma‟lumotning uzunligini ko„rsatuvchi qismi (uzunligi 2-bayt);
Ma‟lumotlar – uzatilayotgan ma‟lumotlarni ko„rsatuvchi qismi (uzunligi 1500 bayt yoki 1,5 Kbayt);
FCS (Frame Check Sequence) - nazorat qilish summasini ko„rsatuvchi qismi (uzunligi 4 bayt).
Har bir kadrning baytlari ma‟lum bir yo„l bilan ishlanib nazorat qilish summasi hisoblanadi va u ham kadr tarkibiga qo„shilgan bo„ladi. Kadr tarmoq orqali o„z manziliga etib kelganida, uni qabul qilib olgan kompyuter ham nazorat qilish summasini qayta hisoblaydi va kadrda birga yuborilgan nazorat qilish summasi bilan solishtiradi. Agar ular bir xil bo„lsa, kadr to„g„ri etib kelgan hisoblanadi va qabul qilinadi.
Lokal kompyuter tarmoqlarida kanal sathi protokollaridan - kompyuterlar, ko„priklar, kommutatorlar va marshrutizatorlar foydalanadilar. Kanal sathi protokollariga misol qilib – Ethernet (Token Ring, FDDI, l00VG-AnyLAN) protokollarini keltirish mumkin. Ma‟lumotlarni sifatli uzatishni ta‟minlash vazifalari kanal sathi bilan birga, undan yuqoriroqda turgan tarmoq va transport sathlari vazifalariga ham kiradi.
Tarmoq sathi (Network layer) bir nechta tarmoqlarni birlashtiruvchi yagona transport sistemasini hosil qilish uchun hizmat qiladi. Bu tarmoqlar har-xil ko„rinishdagi topologiyalarga ega bo„lishlari va kompyuterlar o„rtasida xabarlar uzatishning har-xil tamoillaridan foydalanib ishlashlari mumkin. Tarmoqlarni o„zaro birlashtirish uchun marshrutizatorlar ishlatiladi (5.5-rasm). Tarmoqlar ichida, ya‟ni tarmoq osti tarmoqlarda ma‟lumotlarni uzatish o„sha tormoqning kanal sathi yordamida amalga oshiriladi. Tarmoqlararo ma‟lumotlarni uzatish esa – tarmoq sathi ta‟minlaydi. Bu ma‟lumotlar uzatish marshrutlarini to„g„ri tanlash vazifasini bajarish bilan amalga oshiriladi.
Tarmoq sathi har-xil texnologiyali tarmoqlarni bir-biri bilan kelishib ishlashini ta‟minlaydi. Tarmoq sathi xabarlari paketlar deb ataladi. Tarmoq sathiga tegishli ikki xil protokol mavjud:

  1. Tarmoq protokollari (routed protocols) – paketlarni tarmoq orqali harakatlanishini ta‟minlab beradigan protokollar.

  2. Marshrutlash protokollari (routing protocols) – bu protokollar yordamida marshrutizatorlar tarmoqlararo bog„lanishlar haqida axborot yig„ishni amalga oshiradilar.


5.5-rasm. Tarmoqlardan iborat tarmoq.


Tarmoq sathi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining IP- tarmoqlararo birgalikda ishlash protokolini va Novell stekining IPX- tarmoqlararo peketlar almashinish protokolini keltirish mumkin.
Transport sathi (Transport layer) bu sath ilovalarga yoki stekning yuqori sathlariga ma‟lumotlarni kerakli darajada ishonchlilik bilan uzatishni ta‟minlab beradi. Transport sathi tomonidan xizmat ko„rsatishning besh xil sinfi mavjud:

  1. Tezkorlik.

  2. Uzilgan aloqani tiklash imkoniyati.

  3. Bir-nechta har-xil amaliy protokollarni umumiy transport protokoli orqali bog„lab, ularni ishlashini ta‟minlab berish vositalari. Bu xuddi temir yo„l transportida har-xil yuklar ortilgan vagonlarni bir poezdga birlashtirib manzilga etkazib berishga o„xshaydi.

  4. Ma‟lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xatoliklarni tuzatishni ta‟minlash.

  5. Ma‟lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan holatlar – ma‟lumotlarni yo„l davomida o„chib ketishi, yo„qolib qolishi va bir xil paketlarni bir necha marta uzatilishi kabi xatoliklarni tuzatishni ta‟minlash.

Transport sathi va undan yuqorida joylashgan sathlar protokollari kompyuterlarning (stansiyalar, serverlar va bog„lamlarning) dasturiy vositalari, ya‟ni tarmoq operatsion tizimi tarkibidagi dasturlar tomonidan amalga oshiriladi. Trasport satxi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining TCP va UDP, hamda Novell stekining SPX protokolini keltirish mumkin.
Seanslar sathi (Sesions layer) bu sath dialogni boshqarishni ta‟minlaydi, tomonlardan qaysi biri hozirda faol ekanligini aniqlab borish vazifasini bajaradi va ishlash jarayonini bir-biriga moslashtirish (sinxronlash) vositalarini taqdim etadi.
Taqdimlash sathi (Presentation layer) tarmoq orqali uzatilayotgan axborotni mazmunini saqlagan holda, shaklini o„zgartirish vazifasini bajaradi. Bu sathda ma‟lumotlarni almashinish davomida maxfiylikni ta‟minlash uchun shifrlash va deshifrlash amalga oshiriladi. Bunday protokolga misol qilib amaliy sath protokollari uchun maxfiylikni ta‟minlab beradigan TCP/IP stekining SSL (Secure Socket Layer) protokolini keltirish mumkin.
Amaliy sath (Application layer) bu shunday protokollar to„plamiki, ular yordamida tarmoq foydalanuvchilarini tarmoq resurslariga murojaat qilish imkoniyatlari ta‟minlanadi, bular – fayllar, printerlar yoki gipermatnli Web-sahifilar, hamda elektron pochta
xizmati. Bu sathda juda ko„p xildagi xizmat ko„rsatish turlari mavjud. Fayl xizmatining amalga oshirilgan keng tarqalgan xillari quyidagilardir: Novell NetWare operatsion tizimining NCP xizmati, Microsoft Windows NTdagi SMB xizmati va TCP/IP stekiga kiruvchi NFS, FTP va TFTP xizmatlari.

    1. Download 12,24 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




Download 12,24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikatsiyalarni rivojlantirish

Download 12,24 Mb.