Zveno (link) deganda – tarmoqning o„zaro qo„shni bo„lgan ikkita bog„lamlari o„rtasida ma‟lumotlarni uzatishni ta‟minlaydigan segment (bo„lak) tushuniladi. Zveno tarkibida kommutatsiyalash va multiplekslash qurilmalari bo„lmaydi.
Kanal (channel) deganda – ko„p xollarda zveno o„tkazish qobiliyatining bir qismi tushuniladi. Masalan: birlamchi tarmoqning zvenosi, har birining o„tkazish qobiliyati 64 Kbit/s ga teng bo„lgan 30 ta kanallardan tashkil topgan bo„lishi mumkin.
Kanallardan tashkil topgan kanal deganda, (rus tilida – составной канал) - tarmoqning ikkita chekka qurilmalari orasidagi yo„lni, ya‟ni bog„lanish chizig„ini tushunish kerak bo„ladi. Kanallardan tashkil topgan kanal, oraliq zvenolarning alohida-alohida kanallarini o„zaro kommutatsiyalash natijasida hosil qilinadi. Ko„p hollarda «kanallardan tashkil topgan kanal» iborasi o„rniga «kanal» iborasidan ham foydalaniladi (4.15-rasm).
4.15-rasm. Birlamchi tarmoqlar yordamida kanallardan tashkil topgan kanallarni hosil qilish.
Aloqa chizig‘i esa, yuqorida keltirilgan uchchala iboralarga sinonim ibora sifatida ishlatilishi mumkin. 4.16-rasmda aloqa chizig„ining ikki xil varianti keltirilgan. 4.16 a) - rasmda uzunligi bir
necha metrlardan (5, 20, 30 yoki 70 metr) iborat bo„lishi mumkin bo„lgan kabel keltirilgan. Ushbu aloqa chizig„ini – zveno deb ham qarash mumkin. 4.16 b) - rasmda esa, aloqa chizig„ining - kanallarni kommutatsiyalash tarmog„ida hosil qilingan, kanallardan tashkil topgan kanaldan iborat ko„rinishi keltirilgan. Kompyuter tarmog„i uchun ushbu aloqa chizig„i, ya‟ni kanallardan tashkil topgan kanal, zveno deb hisoblanishi ham mumkin, negaki u kompyuter tarmog„ining ikkita bog„lamini ulab berayapti. Kompyuter tarmog„i uchun oraliq uskunalar
«ko„rinmas bo„lib» hisoblanadilar.
4.16-rasm. Aloqa chizig„ining tarkibi.
PDH, SONET/SDH va DWDM kabi birlamchi tarmoqlar, kompyuter va telefon tarmoqlari uchun ma’lumotlarni uzatish kanallari xizmatlarini taqdim etish maqsadida maxsus quriladi (4.17-rasm).
4.17-rasm. Zamonaviy global tarmoqning to„rtta sathli strukturasi.
Birlamchi tarmoqlar asosida hosil qilinadigan aloqa chiziqlarining quyidagi xarakteristikalarini ko„rib chiqamiz:
O‘tkazish polosasi yoki chastotalar oralig‘i (rus tilida – полоса пропускания) – bu aloqa chizig„i orqali ma‟lumotlarni uzatishda, ma‟lumotlarni etkazib beruvchi signallarning so„nish ko„rsatgichi, avvaldan belgilangan chegaradan oshib ketmaydigan hol uchun to„g„ri keladigan chastotalarning uzluksiz diapazonidir. Ya‟ni o„tkazish polosasi (oralig„i) - aloqa chizig„i orqali uzatilayotgan ma‟lumotlarga mos keladigan signallarni to„g„ri uzatishni, bunda signallarning shakllaridagi buzilishlar unchalik katta bo„lmagan holda uzatishni ta‟minlaydigan, sinusoidal signallar chastotalarining diapazonidir. 4.18- rasmda turli xil aloqa chiziqlarining o„tkazish oraliqlarini va aloqa texnikasida ko„p qo„llaniladigan chastotalar diapazonlarini ko„rsatuvchi chizma keltirilgan.
4.18-rasm. Turli xil aloqa chiziqlarining o„tkazish oraliqlari va aloqa texnikasida ko„p qo„llaniladigan chastotalar diapazonlari.
Aloqa chizig„i orqali uzatilayotgan signalni (ma‟lumotni) – spektr bo‘yicha yoyish (rus tilida – спектральное разложение) aloqa chizig„ining ko„rsatgichini aniqlashda muxim rol o„ynaydi. Garmonik taxlil nazariyasidan ma‟lumki, har qanday davriy jarayonni - signalni, ma’lum bir qiymatlardagi chastotalarga va amplitudalarga ega sinusoidal tebranishlar yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash mumkin. Ushbu signalni tashkil etuvchi har bir sinusoida – garmonika deb ataladi. Barcha garmonikalar to„plami esa, dastlabki signalning spektr bo‘yicha yoyilmasi yoki spektri deb ataladi (4.19-rasm).
4.19-rasm. Davriy signalni sinusoidalar yig„indisi ko„rinishida ifodalash.
Signal spektrining kengligi (rus tilida – ширина спектра сигнала) deganda, yig„indisi ushbu signalni ifodalay oladigan sinusoidalar to„plamining maksimal va minimal chastotalari orasidagi farq tushuniladi.
Aloqa chizig„i orqali uzatilayotgan signal shaklining buzilishi sodir bo„lishi mumkin (rus tilida – искажение формы сигнала) (4.20-rasm). Aloqa chiziqlarida sinusoidal signallar shaklini buzilish darajasi ulardagi so‘nish va o‘tkazish polosasi kabi xarakteristikalar asosida baholanadi.
So‘nish ko‘rsatgichi. Aloqa chizig„idagi signallarni so‘nishi, ya‟ni so‘nish ko‘rsatgichi (rus tilida – затухание) deganda, etalon sinusoidal signalni, aloqa chizig„ining chiqishidagi quvvatini, aloqa chizig„ining kirishidagi quvvatiga nisbatan qanchalik kamayishini ko„rsatuvchi kattalik tushuniladi.
So„nish ko„rsatgichi – A, odatda detsibellarda - db o„lchanadi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
A = 10 lg( Pout / Pin )
bunda Pout – signalni aloqa chizig„ining chiqishidagi quvvati, Pin - signalni aloqa chizig„ining kirishidagi quvvati.
4.20-rasm. Aloqa chizig„ida impulslar shaklining buzilishi.
So„nish ko„rsatgichi aloqa chizig„ining uzunligiga bog„liq bo„lganligi uchun, uni ma’lum bir uzunlikdagi aloqa chizig„i uchun qiymatlari aniqlangan bo„ladi va u ma‟lum bir oraliq uchun hisoblangan so„nish ko„rsatgichi deb ataladi (4.21-rasm). Unda lokal tarmoq kabellari uchun 100m masofa olinadi, territorial ya‟ni xududiy tarmoqlar uchun esa 1km masofa asos qilib olinadi.
4.21-rasm. So„nish ko„rsatgichi va chastota orasidagi bog„lanish.
O‘tkazish qobiliyati. Aloqa chizig„ining o„tkazish qobiliyati deganda – aloqa chizig„i orqali ma‟lumotlarni uzatishda erishish mumkin bo„lgan tezlikning maksimal qiymati tushuniladi. Ushbu
ko„rsatgichning kattaligi – ma‟lumotlarni uzatish uchun qo„llanilayotgan fizik muhit ko„rsatgichlariga va ana shu muhit orqali ma‟lumotlarni uzatishda ishlatilayotgan usulga (rus tilida – способ передачи данных) bog„liq bo„ladi. Shuning uchun aloqa chizig„ining o„tkazish qobiliyati haqida, ushbu aloqa chizig„i uchun fizik sath protokoli aniqlanmaguncha gapirish mumkin emas.
Raqamli aloqa chiziqlari uchun ma‟lumotlarni uzatishning bitlarda ifodalangan qiymatlarini beruvchi fizik sath protokoli har doim aniqlangan bo„ladi, shuning uchun ulardagi o„tkazish qobiliyati ham ma‟lum bo„ladi – 64 Kbit/sek, 2 Mbit/sek, …. Aloqa chizig„ining o„tkazish qobiliyati – uning so„nish va o„tkazish polosasi (oralig„i) kabi xarakteristikalari bilan birga, u orqali uzatish mumkin bo„lgan signallar spektriga ham bog„liq bo„ladi (4.22-rasm).
4.22-rasm. Aloqa chizig„ining o„tkazish polosasini
signalning spektriga mos kelishi.
|