|
Ma’lumotlarni uzatish va kommutatsiyalash usullari
|
bet | 27/46 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 12,24 Mb. | | #229855 |
Bog'liq Kommunikatsiyalarni rivojlantirish Ma’lumotlarni uzatish va kommutatsiyalash usullari
Ma’lumotlarni kommutatsiyalashning xillari. Har qanday aloqa tarmoqlari o„zining abonentlarini o„zaro ulashni - kommu- tatsiyalashning, ya‟ni uzib-ulashning biron-bir xili asosida amalga oshi- radi. Bunday abonentlar tarkibiga uzoq masofalarda joylashgan kompyu- terlar, lokal tarmoqlar, faks-qurilmalari yoki telefon orqali muloqot qiluvchi suhbatdosh kishilarni kiritish mumkin. Tarmoqlarda har bir juft abonentga o„zaro muloqot uchun uzoq vaqt mobaynida kom- mutatsiyalanmaydigan, ya‟ni faqat ular uchun mo„ljallangan aloqa chizig„ini ajratib bog„lanishlarni amalga oshirish amaliy jihatidan mumkin emas. Shuning uchun tarmoqlarda mavjud cheklangan sondagi aloqa chiziqlaridan foydalanib, abonentlarni kommutatsiyalashning biron-bir xilini qo„llagan holda, bir vaqtda tarmoq abonentlari o„rtasida bir-necha aloqa seanslari ta‟minlanadi. 4.6-rasmda abonentlarni kommutatsiyalashga asoslangan tarmoqning keng tarqalgan tuzilish chizmasi keltirilgan.
4.6-rasm. Abonentlarni kommutatsiyalashga asoslangan tarmoqning keng tarqalgan tuzilish chizmasi.
Tarmoqlarda abonentlarni kommutatsiyalashning bir-biridan farq qiladigan uchta xili mavjud:
1.Kanallarni kommutatsiyalash (circuit switching); 2.Paketlarni kommutatsiyalash (packet switching); 3.Xabarlarni kommutatsiyalash (message switching).
Keltirilgan kommutatsiyalash xillarining har biri o„zining afzalliklari va kamchiliklariga ega, ammo ko„pchilik mutaxasisslarning taxminlariga ko„ra kelajakda paketlarni kommutatsiyalashga aoslangan texnologiyalar ko„proq qo„llanilishi mumkin ekan.
Paketlarni kommutatsiyalashga ham, kanallarni kommutatsiya- lashga ham asoslangan tarmoqlarni boshqa bir belgisiga ko„ra - dinamik va doimiy kommutatsiyali tarmoqlarga ajratish mumkin.
Dinamik kommutatsiyalashga asoslangan tarmoqlarga – umumiy foydalanish uchun mo„ljallangan telefon tarmoqlari, lokal kompyuter tarmoqlari va TCP/IP tarmoqlarini misol qilib keltirish mumkin.
Kanallarni kommutatsiyalashga asoslangan tarmoqlarda, doimiy kommutatsiyalash rejimi, alohida ajratilgan (dedicated) yoki arendaga berilgan (leased) kanallar rejimi deb ataladi. Doimiy kommutatsiyalash rejimida ishlaydigan tarmoqqa misol qilib, sekundiga bir-necha gigabit tezlik bilan ishlaydigan va ular asosida alohida ajratilgan aloqa kanallari quriladigan SDH texnologiyasi tarmoqlarini keltirish mumkin. ATM texnologiyasi asosida qurilgan tarmoqlar esa, ikkala rejimda ham ishlay olish imkoniyatiga egadir.
Aloqa chizig‘i - axborot signallari uzatiladigan fizik muhit, ma‟lumotlarni uzatish qurilmalari va oraliq uskunalardan tashkil topgan bo„ladi (4.7-rasm). Aloqa chizig‘i (line) - aloqa kanali (channel) sinonim atamalar hisoblanadi.
4.7-rasm. Aloqa chizig„ining tarkibi.
Ma‟lumotlarni uzatish uchun mo„ljallangan fizik muhit (medium) deganda – kabel, ya‟ni izolyasiyalangan, himoyalangan simlar va ularni qurilmalarga ulash uchun ishlatiladigan ulagichlar to„plami, hamda elektromagnit to„lqinlar tarqalishi mumkin bo„lgan er atmosferasi yoki kosmik fazo tushuniladi.
Qanday uzatish muhitidan foydalanilishiga qarab aloqa chiziqlarining quyidagi xillari bo„lishi mumkin (4.8-rasm):
simli (havo orqali o„tuvchi aloqa chiziqlari);
kabeli (mis simli yoki optik tolali);
er va sun‟iy yo„ldosh aloqa radiokanallari.
4.8-rasm. Aloqa chiziqlarining xillari.
Ma’lumotlarni uzatish uskunalari – DCE (Data Circuit terminating Equipment) foydalanuvchilarning kompyuterlarini yoki lokal tarmoqlarini bevosita aloqa chiziqlari bilan bog„laydigan oraliq uskunalardan iborat bo„ladi. Ma‟lumotlarni uzatish uskunalari odatda aloqa chizig„i tarkibiga kiritilgan bo„ladi. Modemlar, ISDN tarmoqlarining terminal adapterlari, optik modemlar, raqamli kanallarga ulanish qurilmalari kabi qurilmalarni, DCE-ga misol qilib keltirish mumkin. Odatda DCE fizik sath darajasida ishlaydi, u kerakli shaklga va quvvatga ega bo„lgan signalni fizik muhitga uzatish va qabul qilish vazifalarini bajarishga ma‟sul hisoblanadi.
Aloqa chizig„i orqali uzatiladigan ma‟lumotlarni hosil qiluvchi uskunalar, ya‟ni aloqa chizig„idan foydalanuvchilarning uskunalari esa –
ma’lumotlar hosil qilinadigan eng chekka qurilma – DTE (Data Terminal Equipment) deb ataladi. DTE-larga misol qilib – kompyuterlarni, lokal tarmoq marshrutizatorlarini va qo„l telefonlarini keltirish mumkin. Bu qurilma aloqa chizig„i tarkibiga kiritilmaydi.
Aloqa chizig‘ining oraliq uskunalari odatda, katta-katta uzunliklarga ega bo„lgan aloqa chiziqlari tarkibida qo„llaniladi. Oraliq uskunalar ikkita asosiy vazifani bajaradi:
signalni sifatini yaxshilash;
tarmoqning ikkita abonenti o„rtasida doimiy yoki uzoq muddat ishlatiladigan tarkibiy aloqa kanalini yaratish.
Agar, lokal tarmoqlarda tarmoq adapteri boshqa kompyuterlardan kelayotgan signallarni oraliq kuchaytirishsiz qabul qila olsa, tarmoqda oraliq uskunalar ishlatilmasligi mumkin, aks holda konsentrator va kommutator kabi qurilmalardan foydalanishga to„g„ri keladi.
Global tarmoqlarda esa, signallarni yuz va ming kilometrlab uzoq- uzoq masofalarga sifatli uzatib berish kerak bo„ladi. Shuning uchun uzoq masofalarga cho„zilgan aloqa chiziqlarini, ma‟lum bir masofadan keyin o„rnatilgan signallarni kuchaytirish qurilmalarisiz qurib bo„lmaydi. Global tarmoqlarda - multipleksor, demultipleksor va kommutator kabi oraliq uskunalardan ham foydalanishga to„g„ri keladi. Bu uskunalar yordamida yuqorida keltirib o„tilgan vazifalardan ikkinchisi, ya‟ni ikkita abonent o„rtasida uzatish muhitining kommutatsiyalanmaydigan kabellar bo„laklaridan iborat, uzoq muddatlarga mo„ljallangan tarkibiy kanal hosil qilish vazifasi bajariladi. Bunday tarkibiy kanallarning ishlatish muddatlari - bir oy, bir necha oylar yoki yillardan ham iborat bo„lishi mumkin.
|
| |