Birgalikda foydalaniladigan muhit. Bir nechta interfeyslar tomonidan foydalaniladigan fizik kanal - birgalikda foydalaniladigan kanal yoki ma’lumotlarni uzatish uchun birgalikda foydalaniladigan muhit deb ataladi. Birgalikda foydalaniladigan kanal, na faqat kommutator bilan kommutatorlarni, balki kompyuter bilan kommutatorlarni va kompyuter bilan kompyuterni bog„lash uchun ham ishlatiladi (4.9-rasm).
4.9-rasm. Aloqa kanalidan birgalikda foydalanish.
Birgalikda foydalaniladigan muhit ishini tashkil qilishning ikki xil yo„li bor:
Markazlashgan – bunda kanalga ulanishni boshqarish arbitr
tomonidan amalga oshiriladi.
Markazlashmagan.
Kanallarni kommutatsiyalash usuli. Kanallarni kommutatsiyalash g„oyasini 4.10-rasm asosida ko„rib chiqamiz.
4.10-rasm. Kanallarni kommutatsiyalash (multipleksatsiyalashsiz).
Bu xildagi ma‟lumot almashinishda – avval ulanish chizig‘i hosil qilib olinadi, so„ngra esa ma‟lumotlarni uzatish amalga oshiriladi. Bunda ma‟lumotlarni oraliq bog„lamlarda, ya‟ni tranzit kommutatorlarda, saqlab turish talab qiliniladi. Agar ulanishi talab qilinayotgan abonent band bo„lsa, kanallarni kommutatsiyalash usulida, ulanishini hosil qilishga ruxsat berilmay kolishi mumkin.
Kanallarni kommutatsiyalash usulida multipleksatsiyadan foydalangan holda ham, ma‟lumotlarni uzatish mumkin. Bunda bitta aloqa chizig„i tarkibida, bir nechta kanallar mavjud bo„lishi kerak bo„ladi.
Paketlarni kommutatsiyalash usuli. Paketlarni kommutatsiyalash usuli – aynan kompyuter trafigini samarali uzatish uchun ishlab chiqilgan edi. Bu usulda, uzatilayotgan ma‟lumotlar nisbatan kichikroq hajmga ega bo„lgan qismlarga - paketlarga, kadrlarga yoki yacheykalarga bo„lib olinadi (4.11-rasm).
Har bir paketga u yuborilayotgan kompyuterning adresi, ya‟ni IP – adresi yozilgan sarlavha bilan ta‟minlanadi, paketlarning oxirida esa, nazorat qilish summasi hisoblanib qo„shib qo„yiladi. Paketlarni uzatish, avvaldan aloqa chizig„ini band qilinmay turib amalga oshiriladi, ya‟ni bu usulda ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i doimo paketlarni uzatish uchun qabul qilishga tayyor deb hisoblanadi.
4.11-rasm. Ma‟lumotlar oqimini paketlarga ajratib olish.
Ma‟lumotlarni, paketlarni kommutatsiyalash usuli asosida uzatishda qo„llanilayotgan kommutatorlarda, paketlarni vaqtincha saqlab turuvchi bufer xotiralar mavjud bo„ladi. Ular yordamida oraliq bog„lamlarda paketlarni qabul qilish va ularni aloqa chiziqlarning tezliklari bilan moslashtirib uzatishni tashkil qilish amalga oshiriladi.
Paketlarni xarakatlantirish usullari. Kommutatorga kelib tushgan paketni qaysi interfeys orqali uzatib berish haqidagi qaror, paketlarni harakatlantirishning quyidagi uchta usullaridan biri asosida qabul qilinadi:
Deytagrammali uzatish usuli (4.12-rasm);
Mantiqiy bog„lanishni hosil qilib uzatish usuli (4.13-rasm); 3.Virtual kanalni hosil qilib uzatish usuli (4.14-rasm).
4.12-rasm. Paketlarni deytagrammali usul asosida uzatish.
4.13-rasm. Mantiqiy bog„lanishni hosil qilib a) va hosil qilmasdan uzatish b).
4.14-rasm. Virtual kanalni hosil qilib uzatish usuli.
|