|
Fizik sath texnologiyalari – PDH, SDH va DWDM tarmoqlari
|
bet | 29/46 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 12,24 Mb. | | #229855 |
Bog'liq Kommunikatsiyalarni rivojlantirish
Har qanday kompyuter tarmog„ining fizik asosi bo„lib – aloqa chiziqlari hisoblanadi. Bunday chiziqlarsiz - kommutatorlar va marshrutizatorlar o„zaro ma‟lumotlar almashina olmaydilar, kompyuterlar esa bir-biridan ajralib qolgan, alohida-alohida qurilmalarga aylanib qoladilar. 2.1-rasmda keltirilgan telekommunikatsion tarmoqning umumlashgan strukturasini ko„rsatuvchi chizmani va avvalgi qismlarda keltirilgan kompyuter tarmoqlarining chizmalarini o„rganish natijasida, kompyuter tarmoqlari
kommutatorlar, marshrutizatorlar va kompyuterlardan iborat ancha sodda tuzilishga ega ekan degan fikr tug„iladi. Ammo turli xil o„lchamlardagi – lokal, global va shahar tarmoqlari kabi kompyuter tarmoqlari sinchiklab ko„rib chiqilsa, ular OSI modelini o„rganish natijasida hosil bo„lgan tasavvurlardan anchagina murakkab tuzilishlarga ega ekanligi ayon bo„ladi. 2.1-rasmda ham ko„rish mumkin bo„lgan - maxsus ajratilgan kabellar, uncha katta bo„lmagan masofalarda – 100 metrgacha, 1 kilometrgacha, 2 kilometrgacha bo„lgan masofalarda, joylashgan lokal tarmoqlardagi kompyuterlarni o„zaro bog„lash uchun
ishlatiladi. Global (WAN) va shahar (MAN) kompyuter tarmoqlarini qurishda esa, maxsus ajratilgan kabellardan foydalanilmaydi, negaki uzoq masofalarga cho„zilgan bunday aloqa chiziqlarining narxlari ancha qimmatga tushishi mumkin bo„ladi. Shuning uchun WAN va MAN kabi tarmoqlarda, marshrutizatorlar orasidagi aloqani amalga oshirishda, o„sha erda mavjud bo„lgan telefon tarmoqlaridan, kanallarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi birlamchi tarmoqlar bo„lgan – PDH, SDH va DWDM kabi tarmoqlardan va simsiz kanallardan foydalaniladi.
Kanallarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi - PDH (Plesiochronous Digital Hierarchy), SDH (Synchronous Digital Hierarchy) va DWDM (Dense Wave Division Multiplexing) kabi birlamchi tarmoqlarda, ikkita ma‟lumot almashinuvchi qurilmalarni (marshrutizatorlarni, kommutatorlarni) o„zaro bog„lovchi kanallardan tashkil topgan kanallar hosil qilinadi, ya‟ni ikkita nuqta orasida bog„lanish amalga oshiriladi. Kanallardan tashkil topgan kanallar – kabellarga nisbatan ancha murakkab tuzilishlarga ega texnik tizim hisoblanadi. Birlamchi tarmoqlar ma‟lum bir xududlar uchun, kanallar infratuzilmasini hosil qilib berish maqsadida, o„sha joy uchun maxsus loyixalanadi va quriladi. Shuning uchun ularda kanallar - narx/o‘tkazish qobiliyati nisbati bo„yicha, ancha samaraliroq bo„ladi.
Oxirigi paytlarda simsiz kanallardan foydalanish ham ommalashib bormoqda. Ular kompyuter tarmoqlarining foydalanuvchilarini ko‘chib yura olishini ta’minlab beradigan kanallarning yagona xili hisoblanadi. Kabellarni tortib chiqish mumkin bo„lmagan xududlarda, yoki kabellarni tortish qimmatga tushishi mumkin bo„lgan hollarda simsiz kanallar – WiFi va WiMAX texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Simsiz aloqani amalga oshirishda turli xil chastotali elektromagnit to„lqinlardan foydalaniladi, bunday to„lqinlarga misol qilib – radioto„lqinlarni, mikroto„lqinlarni, infraqizil nurlanish va yorug„lik to„lqinlarini keltirish mumkin.
Birlamchi tarmoqlar hisoblangan - PDH, SDH va DWDM kabi telekommunikatsion tarmoqlarda, turli xil tarmoqlarning bog„lamlari o„rtasida ma‟lumotlarni uzatuvchi texnik tizimni tavsiflashda – zveno, kanal, kanallardan tashkil topgan kanal, aloqa chizig‘i kabi iboralardan foydalaniladi. Ko„pincha ushbu iboralar – sinonim iboralar sifatida ham ishlatiladi, shu bilan birga ularni qo„llashda o„ziga xos jihatlarning ham borligini hisobga olish kerak bo„ladi.
|
| |