Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlar almashinish jarayonlarini tashkil qilish asoslari




Download 12,24 Mb.
bet26/46
Sana13.05.2024
Hajmi12,24 Mb.
#229855
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
Bog'liq
Kommunikatsiyalarni rivojlantirish

Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlar almashinish jarayonlarini tashkil qilish asoslari




        1. Aloqa chiziqlari orqali ma’lumotlarni fizik uzatish


Hisoblash texnikasida ma‟lumotlarni ifodalash uchun 0 va 1 raqamlaridan iborat bo„lgan ikkilik kod ishlatiladi. Kompyuter ichida nol va birlarni ifodalovchi ma‟lumotlarga elektr signallarining diskret qiymatlari mos keladi: “0” uchun = 0V, “1” uchun esa 3V.


Kompyuter tarmoqlarining aloqa chiziqlari orqali ma‟lumotlarni uzatishda esa 0 va 1 raqamlarini, elektr yoki optik signallar ko„rinishida ifodalash – kodlash deb ataladi. Ikkilik raqamlarni kodlashning turli xil ko„rinishlari mavjud. Masalan: kuchlanshining – ma‟lum bir sathi “1” raqamini, boshqa bir sathi esa “0” raqamini ifodalovchi – potensiallar ko‘rinishida kodlash, yoki ikkilik raqamlarni har xil qutbli impulslar shaklida ifodalovchi - impulsllar ko‘rinishida kodlash (4.5-rasm).

4.5-rasm. Diskret axborotni ifodalashga misollar.


Kompyuter tarmoqlarida potensialli va impulsli kodlash bilan birga, ma‟lumotlarni modulyasiya asosida kodlash ham qo„llaniladi. (4.5-rasm). Potensialli yoki impulsli kodlash yuqori sifatli aloqa kanallarida, sinusondal signallar asosida modulyasiyalash esa uzatilayotgan signalning shaklini buzilish ehtimoli kuchli bo„lgan kanallarda ishlatiladi. Masalan, global tarmoqlarda ma‟lumotlarni, tovushni analog shaklda uzatuvchi analog telefon kanallari orqali uzatishda modulyasiyadan foydalaniladi.


Fizik kanallar orqali trafikni uzatishni, ularning ko„pgina xarakteristikalarini hisobga olgan holda amalga oshirish kerak bo„ladi. Shunday xarakteristikalardan, ya‟ni tavsiflovchi ko„rsatgichlardan ba‟zilarini ko„rib chiqamiz:

  1. Taqdim qilinayotgan yuklama – bu tarmoqning kirishiga foydalanuvchilardan kelib tushayotgan ma‟lumotlar oqimidir. Bu yuklamani tarmoqqa ma‟lumotlarni kelib tushish tezligi - bit/s-larda (kilobit/s, megabit/s) ifodalab tavsiflash mumkin.

  2. Ma’lumotlarni uzatish tezligi (information rate yoki thraughput) bu tarmoq orqali o„tayotgan ma‟lumotlar oqimining haqiqiy tezligi. Bu tezlik, taqdim qilinayotgan yuklama tezligidan kichik bo„lishi mumkin,

negaki tarmoq orqali ma‟lumotlarni uzatishda xatoliklar sodir bo„lishi yoki ma‟lumotlarni yo‟qolib ketish holatlari ham sodir bo‟lishi mumkin. 3.Aloqa kanalining xajmi (capacity) yoki aloqa kanalining o‘tkazish qobilyati – bu kanal orqali uzatilayotgan ma‟lumotlarning maksimal tezligidan iboratdir. Kanalni tavsiflovchi bu ko„rsatgich, nafaqat ma‟lumotlarni uzatuvchi fizik muhit ko„rsatgichlarini, balki bu muhit orqali diskret axborotni uzatish uchun tanlangan yo„l yoki usulning xususiyatlarini ham o„zida aks ettiradi. Masalan: bitta xildagi optik tolali kabel asosida, har-xil tezliklarda ma‟lumotlarni uzatuvchi, aloqa kanallarini hosil qilish mumkin. Ethernet, Fast Ethernet va Gigabit Ethernet texnologiyalarida bitta xildagi optik tolali kabel asosida 10, 100 va 1000 Mbit/s tezliklarga erishilgan. Buning uchun – boshqacha kodlash usullaridan, boshqacha taktli chastotalardan yoki boshqa tezlikni
oshirish imkoniyatini beruvchi yo„llardan foydalanilgan.
4.O‘tkazish polosasi (bandwidth) – bu atama ikki xil ma‟noda ishlatiladi. Birinchi holatda uning yordamida uzatish muhitini tafsiflash mumkin. Bunda u orqali deyarli xatolarsiz uzatilishi mumkin bo„lgan signalning – chastotalar oralig„ining (polosasini) kengligini bildiradi. Ikkinchi holat da esa bu atama “aloqa kanalining hajmi” atamasiga sinonim sifatida ham foydalaniladi. Ko„p xollarda bu atamaning birinchi varianti qo„llaniladi.
Aloqa kanali bo„ylab bir tomonga yoki ikkala tomonga axborot uzata olish imkoniyatini bildiradigan yana bir guruh tavsiflar mavjud. Fizik aloqa kanallari ikkala tomonga qanday qilib axborot uzatishlariga qarab bir nechta turga bo„linadilar:

  1. Dupleks kanal – bir vaqtning o„zida ikkala tomonga barobar axborot uzatishni ta‟minlay oladigan kanal. Bunday kanal faqat bir tomonga axborot uzatadigan ikkita fizik muhitdan iborat bo„lishi mumkin. Dupleks kanalining bitta fizik muhitdan iborat bo„lgan varianti ham mavjud. Bunda qarama-qarshi oqimlarni, ajrata oladigan qo„shimcha usullardan foydalanib, ularni galma-gal (navbat bilan) muhit orqali uzatish amalga oshiriladi.

  2. Yarimdupleks kanal – bunda axborotni ikki tomonga uzatish bir vaqtda emas balki, galma-gal (navbat bilan) amalga oshiriladi, ya‟ni ma‟lum bir vaqt mobaynida, bir tomonga bo„lsa, keyingi shunday vaqt ya‟ni davr mobaynida boshqa tomonga axborot uzatiladi.

  3. Simpleks kanal – axborotni faqat bir tomonga uzatish imkonini beradi. Ko„pgina dupleks kanal ikkita simpleks kanallardan iborat bo„ladi.

        1. Download 12,24 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Download 12,24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlar almashinish jarayonlarini tashkil qilish asoslari

Download 12,24 Mb.