Ma’lumotlarni simsiz uzatish. Simsiz tizimlar




Download 12,24 Mb.
bet31/46
Sana13.05.2024
Hajmi12,24 Mb.
#229855
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46
Bog'liq
Kommunikatsiyalarni rivojlantirish

Ma’lumotlarni simsiz uzatish. Simsiz tizimlar


Hozirgi paytda simsiz telekommunikatsiya tizimlaridan, radio va televideniya sohalari bilan bir qatorda – kompyuter tarmoqlarida diskret axborotlarni uzatishda transport vositasi sifatida ham foydalanilmoqda. Uzoq masofalarga cho„zilgan aloqa chiziqlarini (liniyalarini) qurishda radioreleyli va yo„ldosh tizimlar qo„llaniladi. Hozirda esa,


ma‟lumotlarni simsiz uzatishda aloqa operatorlari tarmoqlariga simsiz ulanish tizimlari (UMS, Ucell, Bilayn) va simsiz lokal kompyuter tarmoqlari ham keng qo„llanilmoqda.
Simsiz aloqani tashkil qilishda – elektromagnit to‘lqinlar spektrining keng diapazonidan foydalaniladi. Bu diapazonning chegaralari – bir necha kilogers kattalikdagi, past chastotali radio to„lqinlardan tortib to, 8*1014 Gs (TGs) chastotali ko„rinadigan nurlar chegarasigacha bo„lgan oraliqni o„z ichiga oladi (4.23-rasm).
4.23-rasm. Elektromagnit to„lqinlar spektri diapazonlari va ularga mos keladigan ma‟lumotlarni simsiz uzatish tizimlari.

Simsiz aloqa chizig„ini qurish oddiy sxema asosida amalga oshiriladi (4.24-rasm).


4.24-rasm. Simsiz aloqa chizig„i.


Ushbu aloqa chizig„ining har bir nuqtasida (bog„lamida) elektromagnit to„lqinlarni uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar mavjud bo„ladi. Elektromagnit to„lqinlar atmosferada yoki vakuumda


barcha yo„nalishlarda yoki ma‟lum bir sektor chegerasida – 3*108 m/s = 300 000 km/sek tezlikda tarqaladi.
Elektromagnit to„lqinlarning tarqalishi antennaning xiliga qarab – ma‟lum bir tomonga yo‘naltirilgan (направленный) yoki yo‘naltirilmagan (ненаправленный) bo„lishi mumkin. 4.24-rasmda to„lqinlarni ma‟lum bir yo„nalishda tarqatuvchi va qabul qiluvchi parabolik antenna keltirilgan.
Antennalarning boshqa bir xili – izotrop antennalar bo„lib, bunday antennalarda to„lqinlar barcha yo„nalishlarda tarqatiladi va qabul qilinadi, ya‟ni ular yo„naltirilmagan antennalar deb ataladi. Izotrop antenna - tarqatiladigan to„lqin uzunligining to„rtdan biriga teng uzunlikdagi vertikal o„tkazgichdan iborat bo„ladi. Bunday antennalar avtomobillar va portativ qurilmalarda keng qo„llaniladi. To„lqinlarni barcha yo„nalishlarda tarqatishni bir-nechta yo„naltirilgan antennalar yordamida ham amalga oshirish mumkin.
Simsiz aloqa chizig„ining:

  • uzatuvchi va qabul qiluvchi bog„lamlari (antennalar, kompyuterlar,

…) orasidagi masofalar (shaxsiy tarmoqlarda - 100 metrgacha, lokal tarmoqlarda - 300 metrdan 8000 metrgacha, global tarmoqlarda - 50 kilometrgacha);

  • qamrab olinishi mumkin bo„lgan xududning maydoni;

  • axborotni uzatish tezligi (WiFi texnologiyasining 802.11a standartida

  • 54 Mbit/sek, 802.11b standartida - 11 Mbit/sek, 802.11g standartida -

54 Mbit/sek) va shularga o„xshash boshqa ko„rsatgichlari, unda foydalaniladigan elektromagnitli spektrning chastotasiga bog„liq ekan.
4.23-rasmda keltirilgan eletromagnitli spektrning diapazonlari va ularga mos keladigan ma’lumotlarni simsiz uzatish tizimlari to„rtta guruhga bo„linadi.

  1. guruh. Radiodiapazoni, ya’ni radio diapazonida ishlovchi simsiz tizimlar. Ushbu diapazon 300 GGs-gacha bo„lgan chastotalar diapazonidir. ITU ittifoqi bu diapazonni, bir nechta diapazon osti diapazonlariga bo„lib chiqqan. Diapazon osti diapazonlari o‘ta kichik chastotali (ELF Extremely Low Frequency) to„lqinlardan boshlanib, o‘ta yuqori chastotali (ENF – Extra High Frequency) to„lqinlargacha bo„lgan oraliqni egallaydilar. Biz eshitishga odatlangan radio stansiyalar

20 KGs-dan 300 MGs-gacha bo„lgan diapazonlarda ishlaydi. Ushbu oraliqqa bir necha 10 Kbit/sek-dan 100 Kbit/sek-gacha, nisbatan past tezliklarda ma‟lumotlarni uzatuvchi simsiz tizimlar kiradi (AM va FM diapazonlari). Bunday tizimlarga misol qilib lokal kompyuter
tarmog„ining ikkita segmentini birlashtiruvchi 2400, 9600 yoki 19200 Kbit/sek tezliklarga ega bo„lgan radio modemlarni keltirish mumkin.

  1. guruh. Mikroto‘lqinli diapazonlar, ya’ni mikroto‘lqinli tizimlar. Bu 300 MGs dan 3000 GGs gacha bo„lgan chastotali oraliqlarda joylashgan mikroto„lqinli diapazonlardir. Mikroto„lqinli tizimlariga misol qilib quyidagi simsiz aloqa tizimlarni keltirish mumkin:

  1. birlamchi telekommunikatsion tarmoqning radioreleyli aloqa chiziqlari (4.25-rasm);

4.25-rasm. Radioreleyli aloqa chizig„i.



  1. yo„ldosh kanallar (4.26-rasm);

4.3-jadval. Yo„ldosh aloqa uchun qo„llaniladigan chastotalar diapazonlari.

4.26-rasm. Signalni akslantiruvchi yuldosh.



  1. Geostatsionar orbita (Geosnationary Orbit, GEO) – 35 863 km (4.27-rasm).

  2. O„rtacha balandlikdagi orbita (Medium Earth Orbit, MEO)- 500- 15 000 km.

  3. Kichik balandlikdagi orbita (Low Earth Orbit, LEO) – 100 -1000 km.

4.27-rasm. Yo„ldoshlar orbitalarining xillari.





  1. simsiz lokal kompyuter tarmoqlari (4.28 – 4.29 rasmlar);

4.28-rasm. BSS rejimida ishlovchi simsiz tarmoq.



4.29-rasm. ESS rejimida ishlovchi simsiz tarmoq.





  1. qo„zg„almas simsiz aloqa tizimi (4.30-rasm);

4.30-rasm. Qo„zg„almas simsiz aloqa tizimi (bitta uzatuvchi ko„p sonli qabul qiluvchi).





  1. guruh. Infraqizil to‘lqinli diapazon, ya’ni infraqizil to‘lqinli simsiz uzatish tizimlari (4.31-rasm);



4.31-rasm. Ikki kompyuterni simsiz aloqa chizig„i.



  1. guruh. Ko‘rinadigan nurlar diapazoni, ya’ni ko‘rinadigan nurli to‘lqinlar tizimi. Uncha katta bo„lmagan masofalarga, katta tezliklarda ma‟lumotlarni uzatish uchun ishlatiladi.




Download 12,24 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46




Download 12,24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni simsiz uzatish. Simsiz tizimlar

Download 12,24 Mb.