ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana07.06.2024
Hajmi0,67 Mb.
#261197
1   2   3
Bog'liq
150-152

 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 23
Часть–1_ Июнь –2023
 
151 
2181-3187 
qiymati ruxsat etilgan qiymatidan oshib ketganida bu qismlar erib ketadi va natijada 
zanjirda tok uziladi. 
Yurgizish-rostlash apparatlari elektr mashinalarni ishga tushirish, kuchlanishi, 
tokini va tezliklarini rostlash uchun yoki boshqa turli elektr qurilmalarini (masalan, 
elektr pech va payvandlash qurilmalari) ishga tushirish va ularning asosiy 
ko‘rsatkichlarini rostlash uchun qo‘llaniladi. Yurgizish-rostlash apparatlariga, 
shuningdek, knopkalar, paketli o‘chirgichlar, kontrollerlar, kontaktorlar, yuritkichlar 
va reostatlar kiradi. Knopka barmoq bosib turgan vaqt ichidagina elektr zanjirini 
tarmoqqa ulaydigan yoki uzuvchi mexanik ulagichdir. 
Paketli o‘chirgich bir necha qatlamlar — paketlardan iborat bo‘lib, ularning ichida 
qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas kontaktlar joylashgan bo‘ladi; dastakni aylantirish 
natijasida ba’zi kontaktlarning ulanishi va ba’zilarining esa uzilishi sodir bo‘ladi. 
Kontroller 
— 
ko‘p 
holatli 
apparat 
bo‘lib, 
elektr 
mashinalar 
va 
transformatorlarni ularning rezistorlari, chulg‘amlarini kommutatsiyalash orqali 
boshqarish uchun xizmat qiladi. 
Yuritkich — kommutatsiyalovchi elektr apparat; elektr motorlarni ishga tushirish, 
to‘xtatish 
va 
himoya 
qilish 
uchun 
xizmat 
qiladi. 
Reostat — elektr zanjir qarshiligini o‘zgartiradigan qarshilik qiymati ma’lum oraliqda 
pog‘onali rostlanadigan aktiv qarshiliklar yig‘indisi bo‘lgan yurgizuvchi-rostlovchi 
qurilma. 
Nazorat apparatlari texnologik mashina va mexanizmlarning elektr va noelektr 
ko‘rsatkichlarini nazorat qilib boradi. Ularga turli rusumdagi relelar, har xil elektr va 
noelektr o‘lchov o‘zgartkichlari (datchiklar) kiradi. Elektr qurilmalarni ishlatish 
jarayonida ma’lum sabablarga ko‘ra normal ish rejimi buzilganida elektr jihozlarning 
ishdan chiqishini oldini olish va ishlayotgan qurilmaning ishonchlilik darajasini 
oshirish uchun elektr himoya vositalari qo‘llaniladi. Elektr motorlarni himoya qilishda 
nol, maksimal tok, minimal tok va issiqlik himoya usullari qo‘llaniladi. 
Nol himoya, tarmoq kuchlanishining qisqa muddatga o‘chishi yoki juda kamayishi 
natijasida o‘chirilgan elektr motorning tarmoqda kuchlanish yana nominal qiymatiga 
erishganida tarmoqqa o‘z-o‘zidan ulanishidan asraydi. Bu himoya liniya kontaktorlari 
va avtomatik uzgichlar yordamida amalga oshiriladi. 
O‘zgaruvchan 
tok 
kontaktori 
Kontaktorlarning asosiy vazifasi elektr qurilmalarni tarmoqqa ulash va tarmoqdan 
uzish bo‘lsa-da, bu kommutatsiya apparatlari nol himoya vazifasini ham bajaradi. 
Kontaktorlarning tuzilishi va ishlash asoslarini ko‘rib chiqamiz Yurgizish 
knopkasi bosilganida kontaktorning elektromagnit chulg‘ami tarmoqqa ulanib, undan 
tok o‘tadi va natijada Ô magnit oqimi vujudga keladi. Magnit oqimi qaytaruvchi 
prujina va kontakt prujinasi kuchini yengishga yo‘nalgan kuchni yuzaga keltiradi, bu 
kuch yakorni o‘zakka tortadi. Qo‘zg‘aluvchan kontakt qo‘zg‘almas kontakt ga tortiladi 



Download 0,67 Mb.
1   2   3




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish