ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
http://www.newjournal.org/
Выпуск журнала № – 23
Часть–1_ Июнь –2023
150
2181-3187
KOMMUTATSION APPARATLAR
Soyibnazarova Zulfizar Abduhamid qizi
Furqat tuman kasb hunar maktabining
Elektr stansiya elektr tarmoqlari fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada dvigatelning tuzilishi, ishlash prinsipi hamda
rotorning aylanish tezligi haqida fikr yuriyiladi.
Kalit so’z:
Elektr qurilma,elektr apparat,kommutatsiya,yuritgich-rostlagich,
rheostat,avtomatlar.
Vazifasiga ko‘ra elektr apparatlar elektr qurilmalarni elektr tarmog‘iga ulash va
o‘chirish, ishga
tushirish, rejimlarini rostlash va nazorat qilish hamda ba’zi elektr
ko‘rsatkichlari
qiymatini
cheklash
kabi
vazifalarni
bajaradi.
Past kuchlanishli, ya’ni kuchlanish qiymati 1000 Vgacha bo‘lgan elektr apparatlar turli
dastgohlar, elektr texnologik qurilmalar va xilma-xil ishlab chiqaruvchi mashina va
mexanizmlarning elektr zanjirlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri
korxonaning ichki elektr
tarmog‘iga ulab ishga tushirish, ish rejimlarini rostlash va nazorat qilish kabi
vazifalarni bajaradi.Shuni alohida ta’kidlash lozimki,
aksariyat kommutatsiya
apparatlari
funksional
imkoniyatlariga
ko‘ra
universal
bo‘ladi.
Kommutatsiya uchun xizmat qiluvchi, ya’ni elektr zanjirlarni tarmoqqa ulash va
tarmoqdan uzish vazifasini bajaruvchi elektr apparatlar turkumiga avtomatik uzgichlar
(avtomatlar), turli rusumdagi
kontaktorlar va relelar, qisqa tutashtirgichlar va
saqlagichlar kiradi.
Avtomat uzgich (avtomat) elektr zanjirini elektr tarmog‘iga ulash hamda qisqa
tutashuvlardan
elektr
qurilmalarni
saqlash
uchun
ham
xizmat
qiladi.
Kontaktorlar elektromagnit qurilma bo‘lib, ularning asosiy kontaktlari elektr qurilmani
tarmoqqa ulash vazifasini bajarsa, yordamchi kontaktlari
boshqaruv zanjirida ishga
tushiruvchi knopkalarni shuntlash va elektr qurilmani boshqarish jarayonida ishtirok
etadi.
Rele kommutatsiya qurilmasi bo‘lib, boshqarilayotgan zanjirlarning holatini
berilgan elektr ta’sir qiluvchi kattaliklar (kuchlanish, tok, chastota va h. k.) ta’sirida
notekis o‘zgartirish uchun xizmat qiladi.
Qisqa tutashtirgich elektr zanjirlarida sun’iy qisqa
tutashuvni yuzaga keltirish
uchun xizmat qiladi.
Saqlagich o‘zi himoyalayotgan elektr zanjirini, undan o‘tayotgan
katta miqdordagi tokdan himoyalash maqsadida tarmoqdan uzib qo‘yadi. Buning
uchun unda maxsus tok o‘tkazuvchi qismlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, zanjirdagi tokning