Nazariy ma’lumotlar Statik marshrutizatsiya hozirgi kunda maxsus maqsadlarda qo‗llanilmoqda.
Statik va dinamik marshrutizatsiya ko‗pincha birgalikda ishlatiladi.
Statik marshrutizatsiya quyidagi vaziyatlarda ishlatiladi:
– kelgusida
kengaytirish
kutilmaydigan
kichik
tarmoqlarda,
marshrutizatsiya jadvalini qulay sozlash uchun;
– berk tarmoqni marshrutizatsiyasini ta‘minlash uchun (berk tarmoq
boshqa uzoqdagi tarmoqlar to‗g‗risida ma‘lumotga ega bo‗lmagan);
– bitta marshrutni doimiy ishlatishda (marshrutizatsiya jadvalidagi boshqa
marshrutlarga to‗g‗ri kelmaydigan ixtiyoriy tarmoqqa yo‗lni ko‗rsatish uchun).
Statik marshrutizatsiya kichik tarmoqda ishlashda qiyinchiliklarga olib
kelmaydi. Statik marshrutlar yangilanish to‗g‗risidagi xabarlarni jo‗natmaydi va
katta hisoblash resurslarini talab qilmaydi.
Statik marshrutizatsiyani kamchiliklari:
– statik marshrutizatsiyani katta tarmoqlarda ishlatish qiyinchiliklarga olib
keladi;
– statik marshrutlarni boshqarishni sozlash ko‗p vaqt talab qiladi;
– kanalda uzulish bo‗lganda statik marshrut trafikni qayta marshrutlashni
amalga oshirmaydi.
65
8.1 –rasm. IPv6 texnologiyasi asosidagi tarmoq topologiyasi
1. Topologiyaga mos ravishda aloqa kabellarni ulang
R1 marshrutizator uchun bazaviy ko`rsatkichlarni sozlang
– qurilmaning nomini kiriting
– shifrlangan parol sifatida imtiyoz rejimida class deb kiriting
– konsol va VTY virtal terminal uchun cisco deb kiriting va aktivlashtiring
– fa0/0 va fa0/1 interfeyslarda manzillashni kiriting va ikkala interfeysni
yoqing
2. Laptop0 kompyuterlarda bazaviy ko`rsatkichlarni sozlang
PC kompyuterlarda va qurilmalarda IPv6 manzil va shlyuzlarni sozlang
(8.2 - rasm).