KIRISH Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari jamiyatning turli sohalarida
qo‗llanilib, insonlarning iqtisodiy va madaniy turmushining barcha jabhalari (shu
jumladan, bilim tarqatish, ijtimoiy aloqalar, iqtisodiy, tadbirkorlik va siyosiy
faoliyat, ommaviy axborot vositalari, ta‘lim, sog‗liqni saqlash kabilar)ni
yaxshilashi va XXI asr ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuch
sifatida e‘tirof etiladi. Bu borada ma‘lumot uzatish tarmoqlari va tizimlarini
tuzilishi, ishlashi, protokollar orqali xizmatlarni amalga oshirilishiga oid jihatlarni
qamrab olgan mazkur ―Kommutatsiya va marshrutizatsiya‖ (1-qism) fani muhim
ahamiyatga ega.
―Kommutatsiya va marshrutizatsiya‖ (1-qism) fanidan laboratoriya
mashg‘ulotlarini o‗zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan asosiy masalalar
doirasida:
– turli ma‘lumotlar uzatish tizimlari va tarmoqlarini qurish tamoyillari va
arxitekturasini, ARP VA ICMP protokollarining ishlash tamoyillarini, IPv6
protokollarni ishlashi va ularning funksional imkoniyatlarini, ishlash unumdorligi
va sifat ko‗rsatkichlarini, marshrutizatsiya algoritmlarini tahlil qilish, tarmoq
monitoringni tashkil etish tamoyillari bo‗yicha amaliy ko‗nikmalar hosil qilish;
– zamonaviy telekommunikatsiya uskunalari va asboblarini ishlatish,
ma‘lumot uzatish tarmoqlari va tarmoqlarini tadqiq etishga oid masalalarni qo‗yish
va tahlil qilish, tizimlarni eksperimental tadqiq etish va loyihalash, texnik
imkoniyatlarini baholash va takliflarni shakllantirish, ma‘lumotlar uzatish
tarmoqlari va tizimlarini tavsiflarini aniqlash imkoniyatlariga ega bo‗ladilar.
4
1– LABORATORIYA ISHI ARP VA ICMP PROTOKOLLARINING ISHLASH TAMOYILLARINI TADQIQ QILISH Ishdan maqsad: Tarmoqda qo‗llaniluvchi ARP va ICMP protokollarining
vazifalari va ishlash tamoyilini tadqiq qilish bo‗yicha amaliy ko‗nikmaga ega
bo‗lish.