AA-R1 qurilmalari o`rtasida ARP so`rov
D
мас
S
мас
D
IP
S
IP
FFFF
AAA
192.168.1.1
192.168.1.2
AA-R1 qurilmalari o`rtasida ARP javob
D
мас
S
мас
D
IP
S
IP
AAA
R1
f 0/0
192.168.1.2
192.168.1.1
AA-R1 qurilmalari o`rtasida ICMP so`rov
D
мас
S
мас
D
IP
S
IP
R1
f 0/0
AAA
192.168.3.2
192.168.1.2
bu yerda:
D
мас
- Destination MAC – qabul qiluvchi qurilmaning
MAC-adresi
S
мас
– Source MAC – uzatuvhi qurilmaning MAC-addresi
R1-R2 qurilmalari o`rtasida ARP so`rov
D
мас
S
мас
D
IP
S
IP
FFFF
R1
f/0/1
192.168.2.2
192.168.2.1
R1-R2 qurilmalari o`rtasida ARP javob
D
мас
S
мас
D
IP
S
IP
R1
f/0/1
R2
f/0/0
192.168.2.1
192.168.2.2
R1-R2 qurilmalari o`rtasida ICMP so`rov
D
мас
S
мас
D
IP
S
IP
R2
f/0/0
R1
f/0/1
192.168.3.2
192.168.1.2
13
Topshiriq
Har-bir talaba jurnaldagi raqami bo`yicha variantni tanlang va shu variant
bo‘yicha ARP va ICMP protokollarini jadvalini tuzing.
№1
№2
№3
№4
№5
№6
№7
№8
№9
№10
№11
№12
14
№13
№14
№15
№16
№17
№18
№19
№20
Nazorat savollari
1. ARP protokoli tasnifi va vazifasini tushuntiring.
2. ARP jadvalining tuzilishini keltiring va uning vazifasini tushuntirib bering?
3. ARP jadvalida qanday turdagi yozuv turlari mavjud?
4. ICMP protokoli tasnifi va vazifasini tushuntiring
5. ICMP protokoli OSI modelining qaysi pog‗onasida ishlatiladi?
15
2-LABORATORIYA ISHI
L2 KOMMUTATOR QURILMALARIDA MAC- MANZIL JADVALINING
ISHLASH PRINSIPINI TADQIQ QILISH
Ishdan maqsad: Ma‘lumot uzatish tarmoqlarida qo‗llaniluvchi kommutator
qurilmalarining MAC-manzil jadvalining ishlash tamoyilini tadqiq qilish.
TOPSHIRIQ
1. 2.1 jadvalda keltirilgan topologiya bo`yicha kommutatorlarning MAC-
manzil jadvalini tuzing.
2. Har bir talaba CCNA 1.2.1.7 elektron kitobida keltirilgan interfaol topshiriq
bo`yicha 5 tadan vazifani bajaring.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
MAC (Media Access Control) – fizik manzil bo‗lib, ma‘lumot uzatish
tarmog‗i qurulmasi har bir tarmoq interfeysiga beriladigan noyob identifikatordan
iborat (2.1-rasm).
2.1-rasm. Tarmoq adapterining MAC manzili
MAC-manzil IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers)
standarti bo‗yicha 4 qismdan iborat bo‗lib, umumiy uzunligi 48 bitdan tashkil
topgan (2.2-rasm). Katta 24 ta bit IEEE tomonidan berilgan qurilma ishlab
16
chiqaruvchisining identifikatori hisoblanadi. Bunda faqat kichik 22 ta razryad (bit)
hamda 2 ta katta bit maxsus vazifaga ega:
-
birinchi bit, qaysi kadr – yakka (0), guruhli (1) manzil uchun kadr
mo‗ljallanganligini bildiradi;
-
ikkinchi bit MAC-manzil global (0) yoki lokal (1) boshqarilishini
ko‗rsatadi.
2.2-rasm. MAC-manzil tuzilishi
Qolgan 24 ta bit tarmoq qurilmasining har bir interfeysi uchun mustaqil
ravishda ishlab chiqaruvchi tomonidan tanlanadi.
Odatda, MAC-manzil «-» yoki «:» simvoli bilan ikkitadan guruhga
ajratilgan 12 ta o‗n olti xonali raqamlar ko‗rinishida yoziladi.
Misol:
000100001111000100001110001000111010001011010000
10-F1-0E-23-A2-D0
10:F1:0E:23:A2:D0
Kommutator OSI modelining MAC-manzilidan foydalanadigan ikkinchi
(kanal) pog‗onasiga taalluqli bo‗lgan qurilma hisoblanadi.
MAC manzillari statik va dinamik turlariga bo‗linadi. Statik MAC manzillar
tarmoq administratori tomonidan sozlanadi hamda ustuvor ahamiyatga ega va
doimiydir (ularni dinamik MAC manzillari bilan almashtirib bo‗lmaydi). Ma‘lumot
paketlarini uzatishda dinamik manzillar kommutator tomonidan yozib olinadi va
ular cheklangan vaqt davomida amal qiladi.
17
MAC manzillar jadvali - har bir kommutatorda tarmoq qurilmasining MAC
manzili va ushbu qurilmaga kirishda foydalanish mumkin bo‗lgan port raqami
o‗rtasidagi yozishmalar mavjud bo‗lgan jadval hisoblanadi. Odatda, ushbu jadval
kommutator uzatiladigan kadrlarda yuboruvchi stansiyalar manzillarini taxlil
qilganda, avtomatik yoki tarmoq boshqaruvchisi tomonidan to‗ldiriladi.
MAC manzillar jadvali ba‘zan Assotsiativ xotira (SAM) jadvali deb
nomlanadi. Assotsiativ xotira jadvali tushunchasi nisbatan tez-tez ishlatiladi, ammo
bu laboratoriyada biz uni MAC manzillar jadvali deb nomlaymiz. MAC manzillar
jadvali uchun ikkita operatsiya aniqlanadi:
1. MAC manzilini qabul qilish;
2. MAC manzillar jadvaliga muvofiq ma‘lumotlar paketini yuborish yoki
filtrlash
Kommutator kadr uzatishda uchta tayanch mexanizmidan foydalanadi:
1. Flooding — kadr, portlarning biridan qabul qilib oladi, kommutatorning
qolgan portlariga uzatadi. Bu operatsiyani kommutator ikki holatda bajaradi:
unicast kadri, broadcast yoki multicast kadrlarini oladi. Bu kommutatorga kadrni
hostga yetkazish imkonini beradi, xatto u host qayerda joylashganligini bilmasa
ham.
2. Forwarding — kadr portlarning biridan qabul qilib olinadi va
kommatatsiya jadvaliga muvofiq boshqa port orqali uzatiladi.
3. Filtering — agar kommutator avvaldan belgilangan port orqali kadrni
qabul qilib olsa, qabul qilib oluvchi MAC-manzili shu port orqali kirishga ruxsat
berilgan bo‗lsa (kommutatsiya jadvaliga ko‗ra), unda kommutator kadrni tashlab
yuboradi. Bu holatda kommutator host kadrni qabul qilib oldi deb hisoblaydi, uni
dublikatsiyalamaydi.
Kadrlarni uzatishda 802.1D standarti bilan aniqlanadigan algortimlar
qo‗llaniladi. Algoritmlarni qo‗llash kommutatsiya jadvalida manzil yozuvi statik
va dinamik yaratish hisobiga o‗tkaziladi. Jadvaldagi statik yozuvlarni tarmoq
administratori yozib qo‗yadi.
18
Umumiy holatda kommutator konfiguratsiyalanmagan bo‗lishi mumkin, u
manzil jadvali yozuvini dinamik rejimda yozishi mumkin. Shu bois port xotirasi
portga kelib tushgan barcha kadrlarni yozib oladi. Dastlabki axborot qaysi MAC-
manzil kommutatordagi qaysi portga ulanganini ko‗rsatadi. Shu sababli kadrni
olgan kommutator uni qabul qilib olgan portidan tashqari qolgan barcha
portlariga uzatadi va bir vaqtning o‗zida manba MAC-manzilini taxlil qiladi hamda
uni manzillar jadvaliga yozib qo‗yadi.
Qachonki kommutatsiya jadvalidagi manzillar shakllantirilsa, kommutator
kirish interfeysidan chiqishiga kadrlarning xarakatlanishi manzillar jadvalidagi
yozuvlar asosida amalga oshiriladi.
Kommutator kadrni qabul qilib olganda, kommutatsiya jadvalida qabul qilib
oluvchi qurilma MAC-manzili bor yo‗qligini tekshiradi. Kommutator jadvalda
qabul qilib oluvchining manzilini aniqlaganda yana bitta tekshiruvni o‗tkazadi:
jo‗natuvchi va qabul qilib oluvchi bitta segmentda joylashganmi yoki yo‗qmi
tekshirib ko‗radi. Agar ular turli segmentlarda joylashgan, unda kommutator kadrni
qabul qilib oluvchi ulangan portga uzatadi.
Agar jo‗natuvchi va qabul qilib oluvchi bitta segmentda joylashgan bo‗lsa,
masalan ikkalasi ham bitta konsentratorga ulangan bo‗lsin, unda kadrni boshqa
portga uzatish shart emas. Bu holatda kadr port xotirasidan o‗chirib tashlanishi
kerak va bu jarayon kadrlarni filtrlash deb ataladi.
Tarmoqda yangi qurilma paydo bo‗lganda manzillar jadvaliga yozib qo‗yiladi.
Agar ma‘lum vaqt davomida (odatda 300 soniya) ma‘lumot uzatmasa, u tarmoqda
mavjud emas deb hisoblaniladi va manzillar jadvalidan uning yozuvi o‗chirib
tashlanadi. Tarmoq adminlari yozuvni statik usul yordamida qo‗shib qo‗yishi
mumkin. Shunda bu yozuvni dinamik usul yordamida o‗chirib bo‗lmaydi. Bunday
yozuvni faqat tarmoq adminlarining o‗zi o‗chirib tashlashi mumkin.
Kommutator
keng
tarqatishli
kadrlarni
qabul
qilib
olganda
(FF:FF:FF:FF:FF:FF) uni o‗zining barcha portlariga uzatadi. Ba‘zida agar ichki
buzilishlar tufayli yoki buzg‗unchilar tomonidan broadcast manzilli kadrlarni
ishlab chiqishni boshlasa, unda tarmoq tezda yuklama bilan to‗lib qoladi, broadcast
19
shtormga (broadcast shtorm) uchraydi hamda tarmoq ―osilib qoladi‖. broadcast
shtorm va keragidan ortiqcha keng tarqatishli xabarlarni ko‗payib ketishiga faqat
tarmoqda keng tarqatishli domenlarni yarata oladigan marshrutizator qarshi
kurashishi mumkin.
Kommutator MAC-manzil jadvalidan foydalanib, qabul qilgan kadrlarga
ishlov berish usulini aniqlaydi. U o‗zining har bir portiga ulangan qurilmalarining
MAC manzillarini qo‗shib, o‗zining MAC manzillar jadvalini yaratadi. Muayyan
portga ulangan ma‘lum bir qurilma uchun MAC manzilini kiritgandan so‗ng,
kommutator keyingi kadrni uzatish uchun qurilma bilan bog‗langan port orqali
ushbu qurilma uchun mo‗ljallangan trafikni jo‗natadi. Agar kommutatorning
MAC-manzil jadvalida bo‗lmagan kadrni qabul qiladigan bo‗lsa, u kadr qabul
qilingan portdan tashqari barcha portlardagi kadrni yo‗naltiradi. Agar MAC-manzil
jadvalida yozib qo‗yilgan kadr bo‗lsa jadvalga mos portga yo‗naltiriladi. Bu
qanday amalga oshirilishini bilish uchun har bir bosqichni o‗rganib chiqamiz.
Ushbu jarayon quyida tasvirlangan.
|