Topshiriq  1.  Har-bir talaba jurnaldagi raqami bo`yicha variantni tanlang va ARP va  ICMP protokollarini jadvalini tuzing




Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/26
Sana18.12.2023
Hajmi2,72 Mb.
#122954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Kommutatsiya va marshrutizatsiya (1-qism)

Topshiriq 
1. 
Har-bir talaba jurnaldagi raqami bo`yicha variantni tanlang va ARP va 
ICMP protokollarini jadvalini tuzing. 
 
Nazariy ma’lumotlar 
 
ARP (Address Resolution Protocol) – manzilni aniqlash protokoli bo‗lib, 
RFC 826 tavsiyanomasi bo‗yicha 1982 yilda ishlab chiqilgan. ARP protokoli keng 
eshittirishli (broadcast) jo‗natmalari asosida IP-manzili va unga tegishli fizik 
manzil o‗rtasida dinamik ravishda translyatsiya qilish usulini ta‘minlaydi. ARP 
protokoli OSI modelining tarmoq pog‗onasida qo‗llanilib, bir nechta kirish 
tarmoqlarida muhim vazifalarni bajaradi.
Ethernet tarmog‗ida ma‘lumot manbai va qabul qiluvchisini aniqlash uchun 
IP va MAC manzillaridan foydalaniladi. Shuning uchun bir kompyuterdan 
ikkinchisiga tarmoq orqali yuborilgan ma‘lumot tarkibida uzatuvchining IP va 
MAC-manzillari hamda qabul qiluvchining IP va MAC -manzillari mavjud bo‗ladi 
(1.1-rasm). ARP protokol IP va MAC manzillar o‗rtasida hech qanday bog‗liqlik 
bo‗lmaganligi sababli, ushbu ikkita manzil o‗rtasidagi aloqani ta‘minlash uchun 
xizmat qiladi. 



 
1.1- rasm. IP va MAC –manzillar o‗rtasida bog‗lanish 
IP va MAC manzillari o‗rtasidagi aloqa to‗g‗ridan-to‗g‗ri ARP- jadvali 
yordamida amalga oshiriladi, bu erda har bir satrda IP manzilning MAC manziliga 
muvofiqligi ko‗rsatilgan. 1.2-rasmda Windows OS dagi ARP-jadvali ko‗rsatilgan. 
1.2-rasm. Windows OS dagi ARP-jadvali 
ARP jadvalida IP va MAC manzillardan tashqari, yozuv turi ham 
ko‗rsatilgan bo‗lib, bularga: 
statik yozuvlar - qo‗lda yaratiladi va kompyuter yoki marshrutizator 
yoqilganicha mavjud bo‗ladi 
dinamik yozuvlar - doimiy yangilab turiladi, agar yozuv ma‘lum vaqt 
ichida yangilanmagan bo‗lsa (taxminan 2 daqiqa), unda u jadvaldan chiqarib 
tashlanadi. 
ARP jadvalida barcha hostlar uchun yozuvlar mavjud bo‗lmasdan, faqat 
tarmoq ishlarida faol ishtirok etadigan hostlar qatnashadi. Ushbu saqlash usuli 
ARP keshi deb nomlanadi. ARP protokolini to‗liq o‗rganish uchun uning sarlavha 
tuzilishini bilishimiz zarur (1.3-rasm). 



1.3-rasm. ARP sarlavha tuzilishi 
hardware type (HTYPE) ushbu sohada saqlanadigan har bir kanal 
ma‘lumotlarini uzatish protokoli o‗z raqamiga ega. Masalan Ethernet 0x0001 
raqamiga ega. 
protokol type (PTYPE) tarmoq protokolining kodi. Masalan, IPv4 uchun 
0x0800 yoziladi. 
hardware length (HLEN) Fizik manzilning uzunligi (baytlarda). Ethernet
6 bayt uzunlikka ega. 
protokol length (PLEN) mantiqiy manzilning uzunligi (baytda). IPv4 
manzil uzunligi 4 bayt. 
operation jo‗natuvchining operatsiya kodi: 1 so‗rov uchun va 2 javob 
uchun 
sender hardware address (SHA) Jo‗natuvchining fizik manzili. 
sender protokol address (SPA) Jo‗natuvchining mantiqiy manzili. 
target hardware address (THA) qabul qiluvchining fizik manzili. So‗rov 
jarayonida bo‗sh maydon 
target protokol address (TPA) qabul qiluvchining mantiqiy manzili 
ARP xabarlarining quyidagi turlari mavjud: ARP so‗rov (ARP request) va 
ARP javob (ARP reply). Jo‗natuvchi tizim qabul qiluvchi tizimning fizik 
manzilini so‗rash uchun ARP so‗rovidan foydalanadi. Javob (qabul qiluvchi 
qurilmaning fizik manzili) ARP javobi ko‗rinishida keladi.



Shunday qilib, lokal tarmoqda ma‘lumotlarni yetkazib berish uchun qabul 
qiluvchi qurilmaning fizik manzilini bilish talab etiladi. Shuning uchun fizik 
manzillarni avtomatik ravishda aniqlash tartibi mavjud. 

Download 2,72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Topshiriq  1.  Har-bir talaba jurnaldagi raqami bo`yicha variantni tanlang va ARP va  ICMP protokollarini jadvalini tuzing

Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish