|
Laboratoriya №1
|
bet | 1/46 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 6,93 Mb. | | #228057 |
Bog'liq Atadjanova Nozima Oquv qollanma 123 oxiri c2a31-converted
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
T O S H K E N T M O L I Y A I N S T I T U T I
“ I N F O R M A T I K A VA A X B O R O T T E X N O L O G I Y A L A R I”
fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari
Toshkent – 2015
Tuzuvchilar: Kenjabayev A.T., Ikromov M.M., Atadjanova N.S. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari. TMI., 2015 y. 122 b.
Ushbu laboratoriya ishida matn tahrirlagichi, jadval prosessori, ma’- lumotlar bazasini boshqarish tizimi, taqdimot va WEB sahifalar yara- tishni avtomatlashtirish vositalari haqida nazariy va amaliy ma’lumotlar keltirilgan.
Undan oliy ta’limning bakalavriyat va magistratura yo‘nalishida ta’lim oluvchi talabalar, ilmiy xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar foydalanishlari mumkin.
Laboratoriya mashg‘ulotlari TMI O‘quv-uslubiy kengashida muho- kama etilib, nashrga tavsiya qilingan (26.01.2015 yil, №3/9)
Taqrizchilar: S.Gaibnazarov – Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti “Ta’limda axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, t.f.n.
A.Ro‘ziyev – Toshkent Moliya instituti “Informatsion- kommunikatsion texnologiyalar” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
KIRISH
Ta'lim jarayonida yangi axborot texnologiyalarining joriy qilinishi yosh avlodning intellektual rivojlanishi hamda jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy mo- dernizasiya qilishning asosiy omili va muhim sharti hisoblanadi. Res- publikamizda ta'lim tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda ulkan natijalarga erishilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mamlakatimizni jahon axborot makoni bilan integrat- siyasiga yo‘naltirilgan axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati aniq belgi- lab qo‘yilgan. 2013 yil 13 martda "Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlan- tirish Konsepsiyasi” qabul qilindi va bu ta’lim jarayonida AKTni qo‘llashni yangi kuch bilan rivojlanishiga zamin bo‘ldi.
Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishda, iqtisodiyot va ja- miyat hayotining barcha sohalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT), kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vosi- talarini ommaviy ravishda joriy etishda, fuqarolarning axborotlarga ortib borayotgan talablarini to‘la qondirishda, jahon axborot hamjamiyatiga kirish- da va axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishda «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o‘qitish katta ahamiyatga egadir.
O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi islohotlarning asosini shakllantiruvchi qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan va amalga oshirilib kelinmoqda. Bular orasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy das- turi” alohida o‘rin tutadi. Bulardan kelib chiqadigan vazifa, ta’lim dasturlari mazmunining yuqori sifatiga erishish va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilishdir.
Ushbu uslubiy qo‘llanma “Informatika va axborot texnologiyalari” fa- nining o‘quv dasturi va mavzular rejasiga asosan yozilib, oliy o‘quv yurtlari- ning barcha moliya-iqtisod mutaxassisliklari yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. “Informatika va axborot texnolo- giyalari” fanini o‘qitishdan asosiy maqsad-talabalarni zamonaviy texnik vositalar, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama tanishtirishdan iboratdir. Uslubiy qo‘llanmada keltirilgan laboratoriya ishlarining har biri o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish shartlari to‘g‘risidagi axborot materiallarini qamrab olgan.
Uslubiy qo‘llanma tarkibi kirish, mavzu bo‘yicha nazariy qism, ish tartibi, topshiriq va variantlarlarni o‘z ichiga oladi. Mavzular yetarli darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o‘zlashtirish va yodda saqlab qolishni osonlashtirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan.
|
| |