Topshiriq № 15
“Wordda jadval yaratish turlari” mavzusida matn kiriting va hujjatga закладка qo‘ying.
Topshiriq №16
“Word dasturida hujjatga diagrammalar qo‘yish” mavzusida matn kiriting va hujjatga Заголовокlar asosida mundarija tayyorlang.
Topshiriq №17
“MS Word dasturida formulalar bilan ishlash” mavzusida matn kiriting va hujjatning rejasiga gipermurojaatlar yarating.
Topshiriq №18
“Matnga turli obyekt va rasmlar qo‘yish” mavzusida matn kiriting va hujjatning qismiga gipermurojaat qo‘ying.
Topshiriq №19
Fakultet talabalari haqida ma’lumot kiriting: guruhi, F.I.SH, pasport ma’lumotlari, tug‘ilgan yili, yashash joyi. F.I.SH matnini elektron manzil bilan bog‘lang.
Variantlar
Variant
|
№1,5,6
|
№2,7,8
|
№3,9,10
|
№4,11,12
|
Topshiriq
|
№1,5
|
№2,5
|
№3,5
|
№4,5
|
Word dasturida stil va ro‘yxatlar bilan ishlash
Ro‘yxatlarning ijobiy tomoni shundaki, bir necha daqiqada ro‘y- xatlar formatiga o‘zgartirishlar kiritish mumkin, bu o‘z navbatida butun hujjatda aks ettiriladi. Ro‘yxatga yangi punktlar kiritilsa yoki olib tash- lansa, butun ro‘yxat tarkibining yaxlitligi buzilmaydi.
Ro‘yxatlarni “qo‘lda” ham yaratish mumkin. Ya’ni, o‘zingiz kerakli markerlarni matnning kerakli joylariga qo‘yib chiqishingiz mumkin. Hujjatni bunday usulda tayyorlash murakkab va noqulay. Ko‘plab foy- dalanuvchilar formatlashning aynan shunday usulini tanlashadi. Chunki foydalanuvchilar matn muharririning ro‘yxatlarni formatlash vositalari- dan foydalanishni bilmaydi. Bu ko‘pincha bir-birining ichiga joylashgan bir nechta ro‘yxatdan tashkil topgan hujjatlarda kuzatiladi.
Misol tariqasida namunaviy yo‘riqnomani olamiz. Formatlanmagan holda hujjat quyidagi ko‘rinishga ega:
Ctrl tugmasini bosib turgan holda birinchi darajadagi sarlavhalarni belgilab chiqamiz va "Стили" panelidan "Заголовок 1" stilini tanlaymiz.
So‘ng, belgilashni olib tashlamagan holda, mos raqamlangan ro‘y- xatni tanlaymiz.
“Hisobot”dagi ro‘yxatni belgilaymiz va uni ko‘p darajali nomer- langan ro‘yxat shaklida formatlaymiz.
So‘ng "Изменит уровень списка" opsiyasi yordamida darajani “2”ga o‘zgartiramiz.
Xuddi shunday amallarni “Adabiyotlar ro‘yxati” abzaslari ustida ham bajaramiz. So‘ng "Определить новый многоуровневый список.." opsiyasi yordamida "Формат номера" maydonida "1.1." ni "2.1." ga almashtiramiz.
Hujjatning pastki qismida markerli ro‘yxat shaklida formatlanishi lozim bo‘lgan matn qismini belgilab olamiz.
Natijada hujjatimiz oxirgi ko‘rinishni oladi.
Bir necha daqiqada ko‘rimsiz matn chiroyli ko‘rinish olganini ko‘- rish mumkin.
Agar hujjat davomida keyingi punkt asosiy sarlavhaning to‘rtinchi punkti bo‘lsa, yozuv quyidagicha davom ettiriladi.
ro‘yxatni tozalab olish uchun Enter tugmasini ikki marta bosamiz;
sarlavha nomini kiritamiz;
kursorni mavjud uchta abzasdan birining istalgan joyiga qo‘yamiz;
“Формат по абзацу” tugmasini bosamiz (“Almashuv buferi” paneli);
Kursorni yangi yaratilgan to‘rtinchi sarlavhasiga olib borib, sich- qoncha tugmasini bosamiz.
Ro‘yxat va stillar bilan ishlash vaqtni tejashga imkon yaratadi.
|