|
LABORATORIYA ISHINING NAMUNAVIY TUZILISHI
|
bet | 2/46 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 6,93 Mb. | | #228057 |
Bog'liq Atadjanova Nozima Oquv qollanma 123 oxiri c2a31-converted LABORATORIYA ISHINING NAMUNAVIY TUZILISHI
Hisobot o‘z ichiga quyidagilarni olishi shart:
titul varag‘i (2.1-rasm);
mundarija;
kirish;
ish haqida nazariy ma’lumot;
variantning boshlang‘ich ma’lumotlari;
masala yechimining natijalari;
adabiyotlar ro‘yxati
ilova (masala yechimining natijalari PrtScr qilinadi)
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI KREDIT-IQTISOD FAKULTETI
“INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR” KAFEDRASI
№1 LABORATORIYA ISHI BO’YICHA HISOBOT
«KOMPYUTER VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING TEXNIK TA’MINOTI VA MULTIMEDIA VOSITALARI»
Bajardi: F.I.Sh Tekshirdi: F.I.Sh
Toshkent -2015
1.1-rasm. Laboratoriya ishi bo‘yicha hisobot titul varag‘ini rasmiy- lashtirish
Kirish
Kirish qismida zamonaviy informatsion texnologiyalarni xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llanilishi, uning rivojlanish istiqbollari, ahamiyati, shuningdek, fan, texnika va ta’lim tizimlarida tutgan o‘rni xususida ma’lumotlar yoritilishi kerak. Kirish qismida laboratoriya ishining qolgan qismlarining mazmuni qisqacha asoslanadi.
Ish haqida nazariy ma’lumot
Nazariy ma’lumotni to‘la yoritish uchun talaba ilmiy-ommabop jurnallardan, qolaversa, Internetning axborot manbalaridan foydalanganligini va uni chuqur o‘rganganligini namoyon qilishi kerak.
Variantning boshlang‘ich ma’lumotlari
Bu qismda talabalarga tartib raqamiga mos variantlar bo‘yicha aloxida masalalar beriladi.
Masala yechimining natijalari
Talaba dastlabki berilganlardan foydalanib, EHM dasturni bajarishga kirishadi. Bu bosqichda asosan, hisoblash ishlari amalga oshiriladi va kerakli natija olinadi.
|
| |