|
Laboratoriya №1
|
bet | 3/46 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 6,93 Mb. | | #228057 |
Bog'liq Atadjanova Nozima Oquv qollanma 123 oxiri c2a31-converted Adabiyotlar ro‘yxati
Kenjaboyev A.T., Ayupov R.X., Raximov N.R., Ikromov M.M. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – T.: TMI, 2012.-344b.
M.Aripov, V.Begalov va boshq. “Axborot texnologiyalari”. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent. “Noshir”. 2009 y.
http://www.ziyonet.uz- axborot resurslari
http://www.bilimdon.uz - O‘zbekistonning fani va ta’limi. Bilimlarning virtual supermarketi.
Shrift Times New Roman va o‘lchamini 14 pt deb tanlanadi. Chapdan 30 mm, o‘ng tomondan 15 mm, yuqori va quyidan 20 mm dan ochiq joy qoldiriladi. Abzats uchun chap tomon chegaradan 15 mm joy tashlanadi. Interval 1pt qilib tanlanadi.
Talaba laboratoriya ishini bajarishi uchun dasturda ishlash bo‘yicha nazariy ma’lumotlarni o‘rganishi va kompyuterda berilgan ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. Talaba kompyuterda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgandan so‘ng ishni bajarishga kirishadi. Talaba o‘qituvchi tomonidan berilgan har bir savolga to‘g‘ri javob bersa, laboratoriya ishini himoya qilgan hisoblanadi. Himoya reyting balli bilan baholanadi.
1-LABORATORIYA ISHI
WINDOWS tizimi muhitida matnli axborotlarni yaratish va tahrirlash. Ms Word dasturi.
Ishdan maqsad
Windows tizimi muhitida matnli axborotlarni yaratish va tahrirlash ko‘nikmalarini hosil qilish.
Ish haqida nazariy ma’lumot
1.Microsoft Word dasturida jadvallar bilan ishlash
Hujjatga jadval qo‘yish uchun gorizontal menyuning Вставка
bandidan Таблица bo‘limini tanlaymiz.
Таблица bo‘limi yordamida jadvalni quyidagicha hosil qilish mumkin:
Rasmda sichqoncha yordamida 7 ta ustun va 8 ta satrli jadval qo‘- shish usuli ko‘rsatilgan.
|
| |