|
Hujjatda ko‘p darajali mundarija yaratish
|
bet | 9/46 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 6,93 Mb. | | #228057 |
Bog'liq Atadjanova Nozima Oquv qollanma 123 oxiri c2a31-converted Hujjatda ko‘p darajali mundarija yaratish
Ko‘p darajali mundarija yaratish uchun avval matn bo‘yicha sarlav- halar darajasini belgilab olish lozim. Buni bir necha usul bilan amalga oshirish mumkin.
Главная ilovasida Стили guruhidan sarlavha stilini tanlab oling.
Hujjat oynasining pastki o‘ng burchagidagi mini panel yordamida hujjatning Struktura rejimiga o‘ting
Yoki Vid ilovasidan Rejim prosmotra dokumenta guruhi orqali
Bu yerda hujjat tarkibini ko‘rishingiz va har bir elementga o‘z darajasini berishingiz mumkin. Bunda ushbu elementlarning formatini o‘zgartirmaysiz.
Hujjat tarkiblashtirib olingandan so‘ng, kursorni mundarija bo‘lishi lozim bo‘lgan joyga olib boring va Ссылки menyusi Оглавления guruhida Оглавление tugmasiini bosing. Istalgan avtomatik tarzda yig‘iladigan mundarijani (Автособираемое оглавление) tanlang. Dastur avtomatik tarzda hujjatdagi mundarija tarkibini berilgan darajalar bo‘yicha aniqlab beradi.
Bunday usul bilan matn Stillar yordamida formatlangan bo‘lsagina mundarija yaratish mumkin (yuqoridagi 1-punktga qarang).
Agar matn darajalari Word ning standart stillarini qo‘llamasdan, berilgan bo‘lsa, yuqoridagi 1-punktga qarang), unda Ссилки menyu- sidagi Оглавления guruhidagi Оглавление tugmasi bosiladi va ro‘yxatdan Оглавление punkti tanlanadi. Paydo bo‘lgan suhbat oyna- sidan Параметры... tugmasi bosiladi.
Mundarijaning Параметры oynasida stil punktidagi belgini oling va tarkib darajasi punkti ro‘parasiga qo‘ying. OK tunmasini bosing. Mundarija hujjat tarkibi bo‘yicha shakllantiriladi.
Sarlavhani formatlashda o‘z stilini yaratish
Agar mavjud Экспресс-стилlar qoniqtirmasa, o‘zingizning stillari- ningizni qo‘shishingiz mumkin. Buning uchun zarur formatlashga ega bo‘lgan matn bo‘lagini belgilab olib, Применить стили masalalar sohasini ochish uchun CTRL+SHIFT+S klavishalari bosiladi.
Agar mavjud ekspress-stillardan biridan foydalanayotgan bo‘lsangiz Имя стиля maydonida uning nomini ko‘rishingiz mumkin. Agar bunday stil mavjud bo‘lmasa, uning nomi lotin harflari bilan yoziladi va uni Ekspress-stillarga qo‘shish uchun Изменить tugmasi bosiladi.
Hosil bo‘lgan Изменение стиля oynasida uning barcha xarakteris- tikalarini ko‘rishingiz mumkin. Bu yerda uning nomi va boshqa ko‘rsat- kichlarini o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Pastki qismida Ekspress-stil- lar ro‘yxatiga qo‘shish opsiyasi mavjud, shuningdek, mazkur stilga faqat shu hujjatda murojaat qilish yoki uni boshqa hujjatlarda shablon sifatida qo‘llash imkoniyati mavjud.
|
| |