|
Laboratoriya №1
|
bet | 17/46 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 6,93 Mb. | | #228057 |
Bog'liq Atadjanova Nozima Oquv qollanma 123 oxiri c2a31-converted Topshiriq №13
Korxona 200000 so‘mga jihozlar sotib oldi. Jihozlarning аmorti- zatsiya muddati 10 yil bo‘lib, muddat tugagach, uning likvidlik qiymati 500 so‘mni tashkil qilsin. Amortizatsiyani hisoblashda chiziqli hisobdan chiqarish va geometrik-degressiv usullarni qo‘llagan holda аmortizatsiya rejasini tuzing.
Topshiriq №14
Tashkilot 4000000 so‘mga jihozlar sotib oldi. Jihozlarning аmor- tizatsiya muddati 20 yil bo‘lib, muddat tugagach, uning likvidlik qiymati 500 so‘mni tashkil qilsin. Amortizatsiyani hisoblashda chiziqli hisobdan chiqarish va geometrik-degressiv usullarni qo‘llagan holda аmortizatsiya rejasini tuzing.
Topshiriq №15
Korxona 800000 so‘mga uskuna sotib oldi. Uskunaning аmorti- zatsiya muddati 10 yil bo‘lib, muddat tugagach, uning likvidlik qiymati 600 so‘mni tashkil qilsin. Amortizatsiyani hisoblashda chiziqli hisobdan chiqarish va geometrik-degressiv usullarni qo‘llagan holda аmortizatsiya rejasini tuzing.
Variantlar №
|
1,2,3,4
|
5,6,7,8
|
9,10,11,12
|
Topshiriq №
|
13
|
14
|
15
|
Diagramma turlari va uni tanlash usullari
Jadvalli ma’lumotlarni ba’zan grafik va diagramma ko‘rinishida tasvirlashga to‘g‘ri keladi. Excel dasturi turli ko‘rinishdagi diagram- malar tuzish va uni jadval bilan birgalikda yoki alohida varaqda joylashtirish imkonini beradi. Diagramma tuzish uchun dastlab jadval- dagi ma’lumotlar belgilanadi. So‘ngra menyuning Вставка Диаг- раммы buyrug‘i orqali bajariladi. Ekranda diagramma turlari va ko‘rinishini ko‘rsatuvchi oyna paydo bo‘ladi.
Tuzilgan diagrammani formula sifatida ham qarash mumkin. Agar jadvaldagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilsa, u holda uning asosida tuzilgan diagramma ham avtomatik ravishda o‘zgaradi. Foydalanuvchi diagramma tuzishdan oldin jadvaldagi ma’lumotlarni qanday diagram- mada tasvirlashini bilishi lozim.
|
| |