Excel dasturi ishga tushiriladi.
Jadvalga boshlangìch ma’lumotlar kiritiladi.
Excel funksiyalari yordamida talab qilingan hisoblashlar bajariladi.
Jadvaldagi ma’lumot diskda saqlanadi.
Excel dasturi bilan ish yakunlanadi.
Tashkilot xodimlarining 2011-2014 yillarda sarf qilingan xizmat safari xarajatlarini hisoblash jadvali tuzilsin.
Excel dasturi ishga tushiriladi va ekranda paydo bo‘lgan jadvalga ma’lumotlar kiritiladi. Dastlab jadval mavzusi kiritiladi. Bizning misolimizda jadval mavzusi «Tashkilot xodimlarining 2011-2014 yillarda sarf qilingan xizmat safari xarajatlari» dan iborat.
So‘ngra, zaruriy hisoblashlar bajariladi. Misolimizda tashkilotning barcha bo‘limlari bir yilda va har bir bo‘limning 2011-2014 yillarda o‘rtacha qancha xarajat qilganligini hisoblash kerak bo‘ladi.
C8:F8 yacheykalarga barcha bo‘limlarning har yilgi xarajatlari yig‘indisini hisoblash uchun Главная menyusidagi pictogram- masini bosib, “Сумма” buyrug‘ini tanlaymiz,
G4:G7 yacheykalarga esa, har bo‘limning 2011-2014 yillarda o‘rta- cha xarajatini hisoblash uchun Главная menyusining Редактиро- вание bandidan piktogrammasini bosib, “Среднее” buyrug‘ini tanlaymiz.
Yacheykaga formula kiritilgandan keyin [Enter] tugmachasi bosi- ladi va hisoblashlar bajariladi. Natijada ekranda quyidagi yakuniy jadval hosil bo‘ladi.
Jadvaldagi ma’lumotlarni saralash va filtrlash
Excel dasturining yana bir imkoniyati shundan iboratki, katta hajm- dagi jadvallar bilan ishlayotganda jadvaldagi hamma ma’lumotlarni ek- ranga chiqarmasdan, balki ma’lum bir qismini ham chiqarish, ya’ni filtr- lash mumkin.
Masalan, Toshkent shahrida joylashgan biror firmaning boshqa shaharlarda mavjud bo‘lgan filiallarida yarim yillik (yanvar-iyun) rejasi- ning bajarilishi haqidagi jadval berilgan bo‘lsin.
Bu jadvaldan faqat Toshkent shahridagi filiallar to‘g‘risidagi ma’lumotni olish uchun quyidagi buyruqlardan foydalaniladi: buning uchun kursor jadvalning yuqoridan birinchi yacheykasida turishi kerak. So‘ngra menyuning Данные menyusining Сортировка и фильтр bandi va undan Фильтр buyrug‘i tanlanadi.
Ekranda hosil bo‘lgan muloqat oynasidan Toshkent so‘zida sich- qoncha tugmachasi bosiladi va natijada ekranda faqat Toshkent shahri- dagi filiallar to‘g‘risidagi ma’lumot paydo bo‘ladi.
Jadvaldagi ma’lumotlarni o‘sib yoki kamayib borish (yoki alvafit bo‘yicha) tartibida saralash quyidagicha bajariladi: Данные menyu- sining Сортировка и фильтр bandi va undan Сортировка bandi tan- lanadi. Ekrandagi muloqat oynasiga ustun nomi kiritiladi hamda o‘sib yoki kamayib borish tartibi tanlanadi.
va OK tugmachasi bosiladi. Natijada ekranda shaharlar nomlari alvafit bo‘yicha saralangan jadval paydo bo‘ladi.
|