|
- bozorda raqobat ustunliklarini vujudga keltiradi
|
bet | 2/4 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #136951 |
Bog'liq Kompaniya strategik pozitsiyasini baholash uslubi MM-403 Rahimberdiyeva M- bozorda raqobat ustunliklarini vujudga keltiradi; - potentsial jixatdan strategiyaning asosini tashkil etishi mumkin.
Tarmoqdagi qulay imkoniyatlarni kompaniyaning qulay imkoniyatlaridan farqlash kerak. Tarmoqdagi ustivor va qayta paydo bo’layotgan qulay imkoniyatlar raqobat ustunligiga ega bo’lgan yoki o’sish uchun boshqa imkoniyatlari bo’lgan kompaniyalar uchun ayniqsa mos keladi.
SWOT-tahlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi:
- kompaniya o’z strategiyasida o’zining ichki kuchli tomonlaridan yoki ustunliklaridan foydalanadimi? Agar kompaniyaning xech qanday ajralib turuvchi ustunliklari bo’lmasa, uning qanday potentsial kuchli jixatlari ana shu ustunliklarga aylanishi mumkin?
- kompaniyaning zaif jixatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular ma’lum bir qulay jixatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jixatdan kelib chiqqan xolda qaysi zaif jixatlarga to’zatish kiritish kerak?
- qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat yaratadi? SHuni qayd qilib utish lozimki, foydalanish usullari bo’lmagan qulay imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Korxonaning kuchli va zaif tomonlari uning boshqa Korxonalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga yaxshiroq yoki yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi.
Strategiya qanchalik yaxshi amalga oshirilayotganini baholash uchun quyidagilar muxim:
kompaniyaning raqobatchilar orasidagi o’rnini aniqlash;
kompaniyaning tarmoqdagi raqobat chegaralarini aniqlash;
kompaniyaning ishlab chiqarish, marketing, moliya va kadrlar sohasidagi funktsional strategiyalarini baholash;
kompaniyaning texnologiya, innovatsiya, sifat va xaridorlarga xizmat ko’rsatishda yetakchiligi va xokazo.
Korxonaning xaridorlar nazaridagi obro’si, uning imidji;
kreditlar xajmi;
kompaniyaning sotuvlari umumiy bozordagiga nisbatan tez o’syaptimi yoki sekin o’syaptimi;
sarmoyalar sof foydasining o’zgarish tendentsiyasi;
foyda xajmi oshadimi, kamayadimi va u raqobatchilarning shunday ko’rsatkichlariga nisbatan qanday;
kompaniyaning bozordagi ulushi va tarmoqdagi o’rni;
Kompaniya strategik va moliyaviy holatining ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:
|
| |