|
Ranglama
Tasviriy
san`atda
narsalarning
bo`yoqlar
bilan
tez
ishlanadigan bir turi.
RealizmBog'liq Kompozitsiya SirochRanglama
Tasviriy
san`atda
narsalarning
bo`yoqlar
bilan
tez
ishlanadigan bir turi.
Realizm
(lot.realis-moddiy, haqiqiy ma`nosini anglatadi) san`atda
borliqni haqqoniy , ob`ektiv aks ettirilishi.
Rekonstruktsiya
Qayta qurish, tuzatish, ta`mirlash.
Reproduktsiya
Tasviriy san`at asaridan chop etilgan nusxa.
Replika
(lot.replico-qaytaraman so`zidan olingan) muallif tomonidan
yoki uning nazorati ostida bajarilgan tasviriy san`at asarining
ko`chirma nusxasi(kopiyasi) . replika asl nusxadan hajmi yoki
tasvirining alohida detallari bilan ajralib turadi.
Refleks
(lot.reflexus-orqaga
qaytarilgan,
aks
etgan
ma`nosini
anglatadi) refleks tevarak atrofning (predmet, osmon va h.k. )
ta`siri, ulardan tushayotgan yorug`lik aksi natijasida hosil
bo`ladi. M-n: biror bir predmetga tushayotgan rang va
yorug`lik aksi refleks hisoblanadi.
Romantizm
XIX asrning 20-30 yillarida Yevropa san`atida paydo bo`lgan
badiiy yo`nalish. Bu yo`nalishga mansub asarlar syujetlarida
his tuyg`ular oshkora va ko`tarinki ruhda ifoda etiladi.
Rokoko
Chig`anoq
so`zidan
olingan
bo`lib,
chig`anoqsimon,
chig`anoqqa o`xshash jimjimador, o`ynoqi degan ma`noni
beradi.
Salon
Aslida mehmonxona ma`nosini anglatadi. XVII-XIX asrlarda
Fransiyada Badiiy Akademiya tomonidan uyushtirilgan
ko`rgazmalar
nomi,
sotishga
mo`ljallangan
asarlar
ko`rgazmasi , ko`rgazma do`koni.
San`at
Arabcha atama bo`lib , hayotdagi narsa va hodisalarni badiiy
obrazli tarzda aks ettiruvchi ma`naviy madaniyatning tarkibiy
qismi. U tasviriy va amaliy san`at, me`mirchilik, musiqa,
teatr, kino, badiiy adabiyot va televidenieni o`z ichiga oladi.
|
| |