97
ustki va ostki qatlamlari bir-biriga nisbatan kontrast ranglarda
olinadi.
Soya
Narsalarning yorug`lik tushmaydigan qismidagi ko`rinishi.
Sous
Yumshoq qalam. Shu qalam yordamida
ishlangan asar ham
“sous” deyiladi.
Stilizatsiya
Uslublashtirish, muqallid, narsalar
shakli va tuzilishlarini
soddalashtirish yoki murakkablshtirish, badiiylashtirish.
Suprematizm
(lot.supremus-eng
yuqori
degan
ma`noni
anglatadi)
avangardizm san`atidagi yo`nalishlardan birining shartli
nomlanishi.
Suprematizmga
Rossiyada
1910
yilning
o`rtalarida K.S.Malevich asos solgan.
Syurrealizm
(fr.Surrealisme-realizmdan yuqori so`zidan olingan)
XX asr
san`ati va madaniyatidagi avangard yo`nalish.
Tanqidiy realizm
Bu yo`nalish Rossiya adabiyoti va san`ati XIX asrning 40-
yillarida taraqqiy etgan va rassom P.Fedotov ijodida
shakllangan. So`ng tanqidiy realism
xususiyatlari rus tasviriy
san`atining demokratik oqimi “sayyor rassomlar”ning ijodida
qo`llanilgan. Bu yo`nalish san`atkordan voqelikka tanqidiy
nuqtai nazardan yondoshish va uni idrok etishni talab etadi.