|
Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi. Kompyuterning arxitekturasi va ishlash printsiplari. Sistema bloki komponentlarini o‘rganish reja
|
bet | 5/6 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 18,4 Kb. | | #114612 |
Bog'liq Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi. Kompyuterning -azkurs.orgShaxsiy kompyuterning arxitekturasi
1981 yilda IBM firmasi o`ziga xos ShK variantini yaratdi va u IBM PC deb nom oldi.
Bu kompyuter juda ko`p ishlab chiqarila boshladi va jahonda ShK larning standartiga aylandi.
Shaxsiy kompyuterlar quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:
sistema bloki;
monitor;
klaviatura;
«sichqoncha»;
tashqi qurilmalar.
Sistema bloki
Sistema bloki – ShK asosini tashkil etuvchi qismi hisoblanib, unda
kompyuterning asosiy qismlar joylashgan bo`ladi. Sistema bloki ichida joylashgan qurilmalar ichki qurilma, unga tashqi tomonidan ulanadigan qurilmalar tashqi qurilmalar deyiladi.
Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo`lib, ular quyidagilar: tezkor xotira (RAM – Random Access Memory), mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari (elektron sxemalar, elektr manbai bilan ta’minlash bloki, kontrolerlar, adapterlar), yumshoq disk qurilmasi (FDD – Floppy Disk Driver), qattiq disk qurilmasi (HDD – Hart Disk Driver), faqat o`qish uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM – Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem, sistema platasi va boshqa qurilmalar. Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma – ket (COM) portlari orqali ko`plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Sistema platasi (Ona plata)
Sistema blokidagi asosiy elektron sxemalar sistema platasida joylashgan bo`ladi (mother board). Unda BIOS,
mikroprotsessor, tezkor xotira, doimiy xotira, kesh xotira,
shinalar, taktik generator joylashgan. Bundan tashqari, unda ba’zi bir qurilmalar ishini boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo`ladi.
Sistema platasi ShK ning asosiy platasi bo`lib, unda quyidagilar joylashgan:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi. Kompyuterning arxitekturasi va ishlash printsiplari. Sistema bloki komponentlarini o‘rganish reja
|