Kompyuter bilimdonlari




Download 14.46 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi14.46 Kb.
#59428
Bog'liq
informatika fan oylik]
10. MOODLE NIMA, Savollarga javob yozing, Alpisbaev Sultan, Aytbaev Jasur, doklat alibek, Usinis PQJ 2023, ПЕДАГОГИКАЛЫҚ ТЕРМИНЛЕР, file 484703 (1), Toplamlar, IXTA 8, CSS da forma va Inspect yordamida sahifa yaratish, Idioms53WithMeanings, Mashinali o\'qitishga kirish va uning asosiy tushunchalari, algor, 4-amaliy mashg\'ulot axborotni kodlash

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 10-son umumiy o’rta ta’lim maktabining 6-sinflari o’rtasida "Kompyuter bilimdonlari” deb nomlangan bellashuv
ssenariysi
1-boshlovchi: Yaxshi so’z ne deya axtarmang so’zlar,
Yaxshilar yuzidan diyorli kalom.
Bag’ri keng ustozlar, aziz tengdoshlar,
Yuragim to’ridan salom assalom.
Assalom – u alaykum aziz va mehribon ustozlar hurmatli tengdoshlar. Bugungi fevral – matematika va informatika fanlari oyligiga bag’ishlab informatika fanidan 6-sinflar o’rtasida "Kompyuter bilimdonlari” deb nomlangan bellashuvimizga xush kelibsiz.
2-boshlovchi: Assalom, ey davramizning eng aziz mehmonlari!
Assalom, ey ilm – u – fanning sohibu davronlari.
Assalom, ey aziz do’stlar, ham fikrdosh o’rtoqlar,
Bellashuvga xush kelibsiz, barcha tengdosh o’rtoqlar.
Assalom – u alaykum ilmga chanqoq o’quvchilar, bizlarga o’z mehnatlarini ayamay, hormay – tolmay kelayotgan aziz va mehribon ustozlar. Bugungi bellashuvimiz 6-A sinfning "Informatika” guruhi, 6-B sinfning "Kompyuter” guruhi va 6-D sinfning "Yosh informatiklar” gurhi ishtirokchilari bilan bo’lib o’tadi.
1-boshlovchi: Bugungi bellashuvimizni ochib berish uchun so’z navbatini ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Abdullayev Qahramon ustozga beramiz. Marhamat!
Raxmat ustoz!
Endi bugungi bellashuvimizning shartlari bilan tanishtirib o’taman:
1-shart: Salomlashish.
2-shart: Paint dasturida ishlash
3-shart: Word dasturida berilgan matnni kiritish
4-shart: Qiziqarli matematika
5-shart: Savol-javob
2-boshlovchi: Endi "Kompyuter bilimdonlari” deb nomlangan bellashuvimiznig ishtirokchilarini taklif qilsak. Hozir esa 6-A sinfning "Informatika” guruhini taklif qilamiz. Marhamat! Raxmat o’z joyingizni egallashingiz mumkin.
Keling endi 6-B sinfning "Kompyuter” guruhini taklif qilsak. Marhamat! Raxmat o’z joyingizni egallashingiz mumkin.
Endi 6-D sinfning "Yosh informatiklar” guruhini taklif qilamiz. Marhamat! Raxmat o’z joyingizni egallashingiz mumkin.
Endigi navbatda esa guruhlardan bittadan ishtirokchi chiqib Paint dasturini ishga tushurib, uskunalar paneli va undan foydalanib, qo’lingizga berilgan tasvirni chizib berishingiz kerak bo’ladi. Sizga bu shartni bajarish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi.
1-boshlovchi: Informatika fanidan ma’lumki, kompyuter yordamida matn yozish qoidalariga rioya qilgan holda guruhlarimizga quyidagicha qiziqarli topshiriqni beramiz. Bu topshiriqda guruh ishtirokchilaridan bittadan o’quvchi chiqib kompyuterdan foydalanib Word dasturida berilgan matnni kiritishlari kerak bo’ladi. Sizga bu shartni bajarish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi.
2-boshlovchi: Hozir 6-A sinf o’quvchisi Xayitboyeva Bahor "Oh mani Vatanim bu” sh’erini ijro etib bermoqchi marhamat!
4-shart "Qiziqarli matematika” deb nomlanadi. Bunda ekranda tasvirlangan gugurt cho’plari yordamida tuzilgan tenglama bajarilishi uchun ixtiyoriy bitta gugurt cho’pini olib tashlash natijasida tenglik to’g’ri chiqishi kerak bo’ladi. Bu topshiriqni bajarish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.
1-boshlovchi: Endi navbat 5-shart ya’ni savol-javob shartiga marhamat!
Ekranda tasvirlangan rasmda qanday holat taqiqlangan? Bu savolga javob berish uchun bir daqiqa vaqt beriladi.
2-boshlovchi:
Bu qurilma lotincha so’zdan olingan bo’lib, o’zbekchada "xabar beruvchi”, "eslatuvchi” ma’nolarini anglatadi. Kompyuterning asosiy qurilmasi hisoblanuvchi bu qurilma qanday qurilma? Vaqt ketdi marhamat!
1-boshlovchi: Kompyuterni ishga tushurish uchun eng birinchi nima qilasiz?
2-boshlovchi: (Kompyuter bilimdonlari sandiqchasi keltirilsin). Kompyuterning qo’shimcha qurilmasi bo’lib xizmat qiladigan , hayvon o’ljasining nomi.Savol bu qaysi qurilma?
1-boshlovchi: Xurmatli ishtirokchilar hozirgi savolimiz ekran orqali namoyish etiladi. Diqqat savol!
Gugurt cho’plaridan 4 tasini olib tashlash natijasida ikkita kvadrat hosil bo’lsin. Shart tushunarli bo’lsa vaqt ketdi.
2- boshlovchi: Savol matematika fanidan eshiting:
5 yildan keyin Ixtiyor 18 yoshda bo’ladi,
3 yil oldin Ixtiyor necha yoshda bo’ladi?
1-boshlovchi: Savol quyidagicha: Komopyuterning asosiy qurilmalaridan biri bo’lib, uning yordamida ma’lumotlarni hosil qilishimiz mumkin. Bu qanday qurilma?
2- boshlovchi: Marhamat ekranga nazar solamiz: Ko’rib turganingizday KALKULATOR so’zi paydo bo’ldi. Endi bir o’ylangchi manashu so’z ichida bir dengiz jonivorining nomi yashiringan. Hozir siz mana shu jonivorning nomini bir daqiqa ichida bizga aniqlab berishingiz kerak bo’ladi. Shart tushunarlimi?
1-boshlovchi: (Kompyuter bilimdonlari sandiqchasi keltirilsin). Faylda saqlanayotgan ma’lumotlar matn, tasvir, film, musiqa, dastur yoki turli boshqa ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Ular tashqi xotira hisoblanuvchi vositalarda fayl ko’rinishida saqlanadi. Hozirda u turli ko’rinishlarda , turli sohada ishlatiladi. Savol gap qaysi vosita haqida ketyapti?
2- boshlovchi: Savol ekranda berilgan nuqtalar o’rniga kerakli so’zni yozishingiz kerak bo’ladi. Marhamat vaqt ketdi.
1-boshlovchi: Endi esa 5 ta shart bo’yicha ballarni e’lon qilish uchun maktabimizning matematika fani o’qituvchisi Matnazarova Nuquljon ustozga beramiz marhamat!
Endi esa bugungi "Kompyuter bilimdonlari” deb nomlangan bellashuvimiz o’z nihoyasiga yetdi. Xayr omon bo’ling!
Download 14.46 Kb.




Download 14.46 Kb.