|
Fayllarni ko’chirishni dasturlashni amaliy o’rganish
|
bet | 2/5 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 409,8 Kb. | | #159504 |
Bog'liq 2-dedline Tarmoqni dasturlashFayllarni ko’chirishni dasturlashni amaliy o’rganish.
TCP ishonchli ma’lumot almashinishni ta’minlaydi. TCP ilovalar sathining
HTTP, FTP, SMTP, Telnet va boshqa protokollari uchun qo‘llaniladi.
TCP xabarni uzatishdan oldin ulanish hosil qilinishini talab qiladi. Server ilovasi ma’lum port raqamiga ulanishni ta’minlash uchun “passiv ochish” (Passive Open) ni amalga oshirishi kerak. Bunda server kiruvchi so‘rovlarni kutish rejimiga o‘tadi. Klient ilovasi server ilovasiga ulanishni identifikatsiyalaydigan, sinxronizatsiyalovchi tartib raqami (SYN) ni yuborib “aktiv ochish” (active open) ni amalga oshirishi kerak. Klient ilovasi lokal port sifatida dinamik port raqamidan foydalanishi mumkin. Server o‘zining SYN tartib raqami bilan birga klientga tasdiq (ASK)ni yuborishi kerak. Keyin klient ASK javobini beradi va ulanish hosil bo‘ladi.
Yuqoridagi jarayonlar amalga oshirilgandan keyin xabarlarni uzatish va qabul qilish jarayonini boshlash mumkin. Xabar qabul qilinganda javob tariqasida ASK uzatiladi. Uzatuvchi ASKni qabul qilgunigacha taym-aut (kutish vaqtining tugashi) sodir bo‘lsa, xabar qayta jo‘natilishi uchun navbatga qo‘yiladi. TCP sarlavhasining maydonlari
Maydon
|
Hajm
|
Izoh
|
Uzatuvchi porti
|
2 bayt
|
Uzatuvchi portininig raqami.
|
Qabul qiluvchi porti
|
2 bayt
|
Qabul qiluvchi porting raqami.
|
Ketma-ketlik raqami
|
4 bayt
|
Uzatuvchi tomonidan gerneratsiyalanadi, qabul qilish qismida xabarni qayta tiklash
(tartiblash) va tasdiq yuborish uchun foydalaniladi.
|
Tasdiq raqami
|
4 bayt
|
Keyingi kutilgan ketma-ketlik raqami
|
Ma’lumotlarning
siljishi
|
4 bit
|
Paketning boshi to‘g‘risidagi ma’lumot
|
Zahira
|
6 bit
|
Kelajakda foydalanish uchun zahiraga olinadi
|
Boshqarish
|
6 bit
|
Boshqarish bitlari tasdiq (ASK) maydoni
|
|
|
to‘gri yoki noto‘g‘riligi, zarurlik
ko‘rsatkichi (URG)ni, ulanishni uzish kerakligi, sinxronizatsiyalovchi ketma-
ketlik raqami (SYN) uzatilganligi bo‘yicha bayroqlarni o‘z ichiga oladi.
|
Oyna o‘lchami
|
2 bayt
|
Qabul qilish buferining hajmi ko‘rsatiladi.
Qabul qiluvchi rasdiq xabarlarini qo‘llab uzatuvchini o‘zi qabul qila oladigan
ma’lumotlarning maksimal hajmidan xabardor qilishi mumkin.
|
Nazorat summasi
|
2 bayt
|
Sarlavha va ma’lumotlarning nazorat summasi, u bo‘yicha paket
zararlanganligini aniqlash mumkin.
|
Zarurlik ko‘rsatkichi
|
2 bayt
|
Ma’lumotlarning zarurligi to‘g‘risidagi ma’lumot
|
Yordamchi
|
o‘zgaruvchan
|
Faqat zarur hollarda o‘rnatiladigan muhim bo‘lmagan qiymatlar
|
Qo‘shimcha
|
o‘zgaruvchan
|
O‘zgaruvchan miqdordagi nollarni o‘z ichiga oladi, sarlavha 32 bitli chegarada tugashini ta’minlaydi.
|
Tarmoqni dasturlashda soketlar
Tarmoqdagi o‘zaro aloqaga ilovalarga tarmoqdagi ulanishlarni fayllar sifatida ko‘rish imkonini beruvchi soketlar tushunchasi asosida qaraladi va dastur, xuddi fayldek, soketdan o‘qishi va soketga yozishi mumkin bo‘ladi. Socket so‘zi o‘zbek tiliga tarjima qilinganida “in” ma’nosini bildiradi. Ushbu nom apparaturadagi in (raz’emlar) lardan kelib chiqqan. Soket ulanishning oxirgi nuqtasini aniqlovchi dasturiy konstruksiya (ob’ekt) dan iborat bo‘ladi.
Dasturlarning o‘zaro aloqasiga mo‘ljallangan ikki mexanizm mavjud – bu datagrammalar soketi bo‘lib, foydalanuvchi datagramma protokoli (User Datagram
Protocol – UDP) dan ulanishni o‘rnatmasdan foydalanadi va uzatishni boshqarish protokoli/tarmoqlararo protokol (Transmission Control Protocol/Internet Protocol –
TCP/IP) dan foydalanuvchi ulanishni o‘rnatuvchi soketlar.
Datagramma – tarmoq bo‘ylab yuborilgan ma’lumotlar paketi bo‘lib, uning qabul qilinish vaqti va tarkibi kafolatlanmagan bo‘ladi. Shuningdek, paketlarning yetkazilish tartibi ham kafolatlanmaydi. UDP paketini qandaydir adres bo‘yicha uzatishda uning qabul qilinishi to‘g‘risida, shuningdek, ushbu adres bo‘yicha, umuman paketlarni qabul qiluvchi foydalanuvchining bo‘lishi ham kafolatlanmaydi.
Xuddi shuningdek, datagramma qabul qilinganida, ularning tarmoq bo‘ylab yetib kelishida shikastlanmaganligi yoki uzatuvchining datagramma qabul qilinganligining tasdiqlanishini kutayotganligi to‘g‘risida kafolat bo‘lmaydi. UDP dan foydalanish paketlarning yo‘qolishi yoki dubllanishi (dublirovanie) ga olib kelishi mumkin, bu esa xatolarni tekshirish va ma’lumotlarni uzatish ishonchliligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Agar foydalanuvchiga optimal unumdorlikka erishish zarur bo‘lsa va axborotning butunliligini tekshirish xarajatlarini qisqartirishga tayyor bo‘lsa, UDP paketlari juda qo‘l kelishi mumkin.
Oqimli soketlardan foydalanishda dastur boshqa soket bilan aloqa o‘rnatadi, ma’lumotlar oqimi dasturlar orasidan oqib o‘tadi hamda oqim soketlari ulanish o‘rnatish asosida xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. TCP/IP Internet tugunlari orasidagi nuqta-nuqta ikki yo‘nalishli ulanishlarni o‘rnatish asosidagi oqimli protokol bo‘lib, ushbu protokol bo‘yicha kompyuterlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa ma’lumotlarni ishonchli uzatishni amalga oshirishga mo‘ljallangan. Uzatish kanali bo‘ylab uzatilgan barcha ma’lumotlar uzatilgan tartibda qabul qilinadi. Datagramma soketlaridan farqli ravishda TCP/IP soketlari klient va server o‘rtasida yuqori ishonchlilikka ega bo‘lgan mustahkam ulanishlarni o‘rnatish imkonini beradi.
Ilovalarning klient/server arxitekturasida server xosti ma’lumotlar bazasi so‘rovlarini qayta ishlash kabi xizmatlarni ta’minlaydi. Bunda klient va server o‘rtasidagi o‘zaro aloqa ishonchli bo‘lishi, ma’lumotlar yo‘qotilmasligi, shuningdek, klientga server tomonidan yuborilgan ma’lumotlar tartibli yetkazilishi lozim.
Ta’kidlanganidek, TCP klient/server ilovalari uchun nuqta-nuqta ishonchli ulanish kanalini ta’minlaydi va uning yordamida klient va server dasturlari ulanish o‘ranatadilar, soketlarni o‘zaro bog‘laydilar. Soketlar – jarayonlar o‘rtasida axborotlar almashinuvini ta’minlash uchun dasturiy interfeys nomidir. O‘zaro aloqada bo‘lgan jarayonlar bitta kompyuterda, shuningdek, tarmoq orqali ulangan bir necha xostlarda bajarilishi mumkin. Soketlar tarmoq orqali o‘rnatilgan ilovalar o‘rtasidagi aloqa kanalini boshqarish uchun ishlatiladi. Har bir TCP-ulanish ikkita oxirgi nuqtalari bilan identifikatsiya qilinishi mumkin. Shu tarzda, klient va serverning ko‘plab ulanishlari ta’minlanishi mumkin. Soket yaratilganidan keyin, u orqali klient va server o‘rtasidagi keyingi o‘zaro aloqa bajariladi.
|
| |