|
Rivojlantirish va muvofiqlashtirish
|
bet | 1/4 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #262141 |
Bog'liq otabe
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
ANDIJON VILOYATI KASBIY TA'LIMNI
RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH
BOSHQARMASI
QO RG'ONTEPA TUMAN I-SON KASB-HUNAR МАКТАВІ
23.52.01.03 - "KOMPYUTER GRAFIKASI VA DIZAYN OPERATORI YO'NALISHI 2-BOSQICH
28-GURUH O'QUYCHISI MIRZAKOSIMOV OTABEKNING
BITURUV MALAKAVIY
ISHI
Mavzu: Axborotli komputer tarmoqlari
Bajardi: O. Mirzakosimov
Tekshirdi: _______________
Qo’rg’ontepa – 2024
KIRISH
Kompyuter tarmoqlari haqida turli xil nuqtai nazardan fikrlab, turli xil ma‟lumotlarni keltirish mumkin. Ushbu o„quv qo„llanma axborotkommunikatsiya texnologiyalari sohasining «Kompyuter injiniringi», «Dasturiy injiniring», «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta‟limi» va ularga yondosh yo„nalishlar bakalavrlari uchun mo„ljallanganligi sababli, unda asosiy e‟tibor – kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, tarmoq texnologiyalari, kompyuter tarmoqlarida ma‟lumotlarni uzatish jarayonlarini amalga oshirilishlarini va ularda qo’llanilgan protokollarni ko„rib chiqishga qaratildi. Kompyuter tarmoqlarida ma‟lumotlarni uzatish jarayonlarini OSI modelining – fizik, kanal va tarmoq sathlarida qanday amalga oshirilganligi alohida-alohida qo’rib chiqildi. O’quv qo’llanmada keltirilgan ma’lumotlarni o’’rganish natijasida, talaba zamonaviy kompyuter tarmoqlarining xillari, ularning qanday tuzilganligi va qanday ishlashlari haqida anchagina mukammal tasavvurlarga ega bo„lishilari mumkin. Ushbu o„quv qo„llanmaning birinchi bobida kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillariga oid ma‟lumotlar keltiriladi. Unda kompyuter tarmoqlarini qurishda uchragan asosiy muammolar, tarmoq topologiyalari, kompyuter tarmoqlarini texnologik jihatdan klassifikatsiyalash, ya‟ni sinflarga ajratish, lokal va global kompyuter tarmoqlarining yaqinlashuvi degani nima ekanligi haqida tushuntirishlar berilgan. Ikkinchi bobda zamonaviy kompyuter tarmog„ining umumlashgan strukturasi va uning xususiyatlari, kompyuter tarmoqlarining xillari, kompyuter tarmoqlarini qurishda - ochiq tizim va standart tushunchalari, standartlarning xillari, IEEE 802.x standartlarining tuzilishi va tarkibi haqida so’z yuritiladi. Uchinchi bobda kompyuter tarmoqlari texnologiyalari, kompyuter tarmoqlarida qo„llaniladigan kommunikatsion qurilmalar va ularning qanday ishlashlarini tushuntirishlar amalga oshirilgan. Ushbu bobda lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalari bo’lgan Ethernet, Fast Ethernet, Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalari, lokal kompyuter tarmoqlarining kommunikatsion qurilmalari bo’lgan kommutatorlarning tuzilishlari va ular asosida virtual lokal tarmoqlarni qurish, marshrutizatorlar va ularni qo„llaniladigan o„rniga qarab tasniflanishi, hamda global kompyuter tarmoqlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.To’rtinchi bob kompyuter tarmoqlarida adreslash va aloqa chiziqlari orqali ma‟lumotlarni fizik uzatish asoslarini o„rganishga bag’ishlanadi. Unda ma‟lumotlarni uzatish va kommutatsiyalash usullari, fizik sath texnologiyalari, ma‟lumotlarni simsiz uzatish, simsiz tizimlar va ularning xillari keltirib o„tilgan. Beshinchi bobda kompyuter tarmoqlarida ma‟lumotlar almashinish jarayonlarini tashkil qilish haqida so’z yuritilgan. Unda ochiq tizimlarning o’zaro birgalikda ishlash modeli – OSI, uning umumiy tavsifi, OSI modelining sathlari va ularning bajaradigan vazifalari keltirilgan. Bunda kanal sathida ma‟lumotlar almashinish jarayonini tashkil qilish, kanal sathining kompyuter tarmoqlarida ma‟lumotlarni uzatish jarayonida tutgan o„rni va tarmoq sathida ma‟lumotlar almashinishni jarayonini tashkil qilish xususiyatlari ko„rib chiqilgan. Oltinchi bobda TCP/IP protokollari asosida tarmoqda o„zaro ishlashni tashkil qilish, TCP/IP protokollari stekining tuzilishi va uning xususiyatlari, TCP/IP steki protokollarining ma‟lumotlar birliklari, IPpaket va uning tuzilishi, tarmoq sathining asosiy protokoli va IP marshrutlash chizmasi, hamda transport sathining asosiy vazifasi va uning protokollari haqida ma‟lumotlar keltirilgan.
1.KOMPYUTER TARMOQLARINI QURISHDA UCHRAGAN
|
| |