Rivojlantirish va muvofiqlashtirish




Download 0,64 Mb.
bet3/4
Sana10.06.2024
Hajmi0,64 Mb.
#262141
1   2   3   4
Bog'liq
otabe

qirralariga esa fizik bog’lanishlar mos keladi.
Tarmoqdagi kompyuterlar ko„pincha - stansiyalar yoki tarmoq tugunlari ham deb ataladi.
Tarmoqning fizik bog’lanishlari konfiguratsiyasi, kompyuterlar orasidagi elektr bo’lanishlar orqali aniqlanadi va bu shakl, tarmoqning mantiqiy bog’lanishlari konfiguratsiyasidan farq qilishi ham mumkin bo’ladi.
Tarmoqning mantiqiy bog’lanishlari konfiguratsiyasi deganda, undagi ma'lumotlarni uzatish yo'llarining shakli tushuniladi. Bunday
Yo’llar tarmoqdagi kommunikatsion qurilmalarni sozlash paytida hosil
qilinadi.
Tanlangan elektr bog„lanishlar topologiyasi tarmoqning ko’pgina
ko’rsatgichlariga ta‟sir qilishi mumkin.
Masalan, zahira bog’lanishlarning mavjudligi, tarmoqning ishonchliligini oshiradi va axborot uzatish kanallarini bir maromda yuklash imkonini beradi. Qo’shimcha stansiyalarning ulash mumkinligi esa, tarmoqni osonlikcha kengaytirish imkonini beradi.
Tarmoqni qurish arzonroq tushadigan bo’lishini hisobga olib ham, topologiyalarni tanlash amalga oshiriladi.


Kompyuter tarmoqlarini qurishda ishlatiladigan asosiy
topologiyalarni ko„rib chiqamiz.
To'liq bog'lanishli topologiya - bunda har bir kompyuter tarmoqdagi boshqa kompyuterlar bilan bog’langan bo’lishi kerak. Har bir kompyuter uchun ko’p sonli kommunikatsion portlar va juda ko’p alohida aloqa chiziqlari mavjud bo’lishi kerak bo’ladi. To’liq bog’lanishli topologiyadan tarkibida kompyuterlarining soni ko’p bo’lgan tarmoqlarda foydalanilmaydi. Ushbu topologiya asosida
kompyuterlarining soni uncha ko’p bo’lmagan ko’p mashinali komplekslarda va kompyuter tarmoqlarida uning serverlarini o’zaro ulash uchun foydalanish mumkin.
8
1.4-rasm. Tarmoqlarni qurishda ishlatiladigan asosiy topologiyalar.
Yacheykasimon topologiya - to„liq bog„lanishli topologiyadagi ba‟zi bir bog„lanishlarni olib tashlash bilan hosil qilinadi. Bunda o„zaro ko„proq axborot almashinadigan kompyuterlar orasidagi bog„lanishlar qoldiriladi, boshqa kompyuterlar esa tranzit yo„llar orqali bog„lanib
axborot almashinishi mumkin bo„ladi.
Umumiy shinali topologiya - Ethernet texnologiyasining avval ishlab chiqarilgan standartlari hisoblangan, 10Base-5 va 10Base-2 standartlari, ana shu topologiya asosida qurilgan edi. Bunda kompyuterlar bitta koaksial kabelga ulangan bo„lib, ma‟lumot uzatilayotgan paytda u kabel bo„ylab ikki tomonga tarqaladi. Umumiy shinali tarmoqlar nisbatan arzon hisoblanadi, ularda kabelni tortish va qo„shimcha kompyuterlarni ulash osonlik bilan bajariladi. Ammo bu xildagi tarmoqning eng jiddiy kamchiligi, uning ishonchliligining pastligidir, ya‟ni kabeldagi har
qanday uzilish yoki kompyuterlar ulangan uzgich-ulagichlardan birining
uzilishi butun tarmoqni ishini izdan chiqaradi.
Yulduzsimon topologiya - bunda har bir kompyuter alohida kabel
yordamida tarmoq markazida joylashgan qurilmaga, ya‟ni
konsentratorga yoki kommutatorga ulangan bo„ladi. Ethernet texnologiyasining 10Base-T va 10Base-F standartlari ana shu topologiya asosida qurilgan edi. Bu topologiyaning umumiy shinaga nisbatan asosiy afzalligi, uning ishonchliligining ancha yuqoriligidir. Biron bir kabeldagi nosozlik faqatgina shu kabelga ulangan kompyuternigina
9
tarmoqdan uzilib qolishiga sabab bo„lishi mumkin. Konsentrator yoki
kommutator ishdan chiqsagina tarmoq ishlamay qolishi mumkin.
Ierarxik yulduz topologiyasi - bir nechta konsentratorlarni yoki kommutatorlarni ierarxik tarzda - qavatma-qavat, yulduzsimon ko„rinishda ulab tarmoqni kengaytirish, ya‟ni kompyuterlar sonini oshirish mumkin. Hozirda ierarxik yulduz topologiyasi - lokal va global tarmoqlarda ham keng tarqalgan topologiya hisoblanadi. Fast Ethernet texnologiyasining 100Base-TX, 100Base-T4 va 100Base-FX spetsifikatsiyalari va Gigabit Ethernet texnologiyasining barcha spetsifikatsiyalari ana shu topologiya asosida qurilgan.

Download 0,64 Mb.
1   2   3   4




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rivojlantirish va muvofiqlashtirish

Download 0,64 Mb.