|
ASOSIY MUAMMOLAR VA KOMPYUTER
|
bet | 2/4 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #262141 |
Bog'liq otabeASOSIY MUAMMOLAR VA KOMPYUTER
TARMOQLARINING KLASSIFIKATSIYASI
1.1.Kompyuter tarmoqlari, ularni qurishda uchragan asosiy
muammolar va tarmoq topologiyalari
1.2.Kompyuter tarmoqlarini texnologik jihatdan
klassifikatsiyalash - sinflarga ajratish.
1.3.Lokal va global kompyuter tarmoqlarining yaqinlashuvi
2.KOMPYUTER TARMOQLARINING XILLARI VA
STANDARTLARI
2.1.Zamonaviy kompyuter tarmog'ining umumlashgan strukturasi
va uning xususiyatlari
2.2.Tarmoqlarning xillari - lokal kompyuter tarmoqlari, korporativ
tarmoqlar, aloqa operatorlari tarmoqlari va Internet tarmog'i
2.3.Tarmoq standartlarining xillari va Internetni standartlashtirish
1.KOMPYUTER TARMOQLARINI QURISHDA UCHRAGAN
ASOSIY MUAMMOLAR VA KOMPYUTER
TARMOQLARINING KLASSIFIKATSIYASI
1.1.Kompyuter tarmoqlari, ularni qurishda uchragan asosiy
muammolar va tarmoq topologiyalari
Kompyuter tarmog’i - bu apparat va dasturiy tashkil etuvchilardan iborat bo„lgan, hamda birgalikda kelishilgan holda ishlaydigan murakkab kompleksdir. Kompyuter tarmog„ini tashkil etuvchilari
quyidagi to’rt qatlamdan biriga tegishli bo’lishi mumkin:
1.Kompyuterlar;
2.Kommunikatsion qurilmalar;
3.Operatsion tizimlar;
4.Tarmoq ilovalari.
Hozirgi paytda birinchi qatlam vositalari sifatida imkoniyatlari o„rtacha bo„lgan shaxsiy kompyuterlardan tortib, to maynfremlar va superkompyuterlargacha bo„lgan kompyuterlar qo’llanib kelmoqda.
Ikkinchi qatlam - bu kommunikatsion qurilmalar qatlamidir. Ushbu
O’quv qo„llanmada e’tibor, aynan kommunikatsion qurilmalarga va ular
asosida qurilayotgan zamonaviy kompyuter tarmoqlarining tuzilishlarini o„rganishga qaratilgandir.
Kompyuterlar tarmoqda ma’lumotlarni ishlashni amalga oshiruvchi asosiy vosita hisoblanadi, ammo 15-20 yillar davomida kommunikatsion qurilmalar ham tarmoq tarkibida katta ahamiyatga ega bo’lgan vositalarga aylanib ulgurdi. Kommunikatsion qurilmalar hisoblangan - ko'priklar, kommutatorlar va marshrutizatorlar kabi qurilmalar tarmoqning yordamchi vositalaridan, kompyuterlar va operatsion tizimlar kabi asosiy vositalarga aylandi.
Bunda kommu- nikatsion qurilmalarni, tarmoqning ko’rsatgichlariga ham va uning narxiga ham ta’siri nazarda tutilmoqda. Bugungi kunda kommunikatsion qurilma - murakkab maxsuslashtirilgan ko’pprotsessorli kompyuter, ya’ni kompyuter ichidagi kompyuter sifatida qaralishi mumkin. Ularni ham konfiguratsiyalash, optimizatsiyalash va administratsiyalash amalga oshiriladi.
1-rasm.
Kompyuter tarmoqlarini qurishda uchragan asosiy muammolardan birinchisi, bu tarmoq tarkibiga kirgan qurilmalar - kompyuterlar, printerlar, modemlar, konsentratorlar, kommutatorlar.
Marshrutizatorlar o’rtasida ma'lumotlarni uzatishni amalga oshirish muammosi hisoblangan.
Kompyuter tarmoqlarida ma‟lumotlarni uzatish yoki
almashinish jarayoni ketma-ket tarzda joylashtirilgan bitlar, ya‟ni 0 va 1- lar ko’rinishida amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni almashinish jarayonida qaysi qurilmalar ishtirok
etayotganiga qarab, bunda uch xil holatni keltirish mumkin:
1.Kompyuter va tashqi qurilma o’rtasida ma’lumot almashinish;
2.Yonma-yon joylashgan ikki kompyuter o’rtasida ma’lumot
almashinish;
3.Bir-biridan uzoq masofalarda joylashgan kompyuterlarning aloqa kanallari orqali ma’lumot almashinishi.
2-rasm.
Kompyuter bilan tashqi qurilma o’zaro axborot almashinishi uchun, kompyuterning tashqi interfeysi qo’llaniladi. Bu erda interfeys deganda - kompyuter bilan tashqi qurilmani bog’lovchi o’tkazgichlar va
ular orqali axborot almashinish qoidalari to’plamini tushunish kerak
bo’ladi. Kompyuter tarafidan interfeys - tashqi qurilma kontrolleri deb ataladigan maxsus apparat va dasturiy vositasi, hamda mos tashqi qurilmaning drayveri deb ataladigan kontrollerni boshqaruvchi dastur yordamida amalga oshiriladi.
Tarmoqqa ulangan kompyuterlar ortasida ma’lumot almashinish jarayoni esa ancha murakkab bo’lib, u yillar davomida takomillashtirilib kelinmoqda.
Hozirda tarmoq orqali matnli ma’lumotlar bilan bir qatorda,
tovush, grafika va video ma‟lumotlarni katta-katta hajmlarda va katta tezliklarda uzatishlar amalga oshirilmoqda.
Ko’p sonli kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish jarayonida qator
yangi muammolar paydo bo’la boshlagan. Bunday muommolar sirasiga
fizik bog’lanishlarning shaklini, ya’ni topologiyasini tanlash muammosini ham qiritish mumkin.
Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish nazariyasida, graflar nazariyasida qo’llaniladigan iboralar, tushunchalar va undagi qoidalardan foydalanilgan. Shunga ko’ra kompyuter tarmog„ining topologiyasi deyilganda - shunday grafning konfiguratsiyasi tushuniladiki, bunda grafning cho'qqilariga tarmoqdagi kompyuterlar, konsentratorlar, kommutatorlar, marshrutizatorlar kabi qurilmalar, uning
|
| |