• 1-amaliy ish.
  • Kompyuter injiniring fakulteti 716-20 guruh talabasi muydinov vasliddinnig




    Download 381,38 Kb.
    bet1/6
    Sana20.02.2024
    Hajmi381,38 Kb.
    #159368
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-dedline Tarmoqni dasturlash


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
    TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG`ONA FILIALI

    KOMPYUTER INJINIRING FAKULTETI
    716-20 GURUH TALABASI
    MUYDINOV VASLIDDINNIG

    Tarmoqni dasturlash


    FANIDA
    TAYYORLAGAN
    AMALIY MASHG’ULOTI


    Farg’ona – 2024
    1-amaliy ish.

    TCP klient tarmoq dasturini amaliy o’rganish. TCP server tarmoq dasturini amaliy o’rganish.


    Kliyentning birinchi o‘rinda bajaradigan vazifasi server bilan aloqa o‘rnatishdan iborat. Server va klient o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun Socket ob’ekti yaratiladi. TCP soketi klientining ilovasini yaratish uchun quyidagi vazifalarni bajaradi:
      1. Socket klassidan foydalanib, klient soketini yaratish.


      2. Soketga yozish va undan o‘qish.


      3. Ulanishni tugallash.




    Klient soketini yaratish
    Klient soketining ob’ekti server tomonidan eshitiladigan ikki parametr (IP adres va port raqami) ni qabul qiluvchi Socket klassining konstruktori yordamida yaratiladi.


    Socket clientSocket = new Socket("localhost", 6789);
    Avvalgi kod fragmentida localhost ga teng bo‘lgan IP adres va 6789-port shunday soketni aniqlaydiki, ushbu soketda server klient so‘rovlarini eshitadi.


    Soketdan o‘qish va yozish
    Klient va server o‘rtasida ulanish o‘rnatilganidan so‘ng klient serverga soket orqali so‘rov yuboradi. Soketdan o‘qish va yozish fayldan o‘qish va yozishga o‘xshash. Klientga server bilan o‘zaro aloqada ishlashni ta’minlash uchun quyidashilarni bajarish zarur:
    PrintStream va BufferedReader klasslaridan biri uchun ikkita ob’ekt e’lon qilinadi. Ushbu ob’ektlar sokedan o‘qish va yozish uchun ishlatiladi.
    DataOutputStream outToServer = new DataOutputStream(clientSocket.getOutputStream()); //soketga yozish BufferedReader inFromServer = new BufferedReader(new InputStreamReader(clientSocket.getInputStream())); //soketdan o’qish
    Socket klassining getInputStream() va getOutputStream() metodlari klientga server bilan o‘zaro aloqada ishlash imkonini beradi. getInputStream() metodi BufferedReader ob’ektiga soketdan o‘qish, getOutputStream() metodi esa PrintStream ob’ektiga soketga yozish imkonini beradi.
    Klient ilovasida kiritilgan ma’lumotlar serverga uzatilishi uchun standart kirish bilan aloqa o‘rnatish uchun BufferdReader klassining yana bir ob’ekti e’lon qilinadi. Quyidagi kod fragmenti konsol oynasidan ma’lumotlarni o‘qish uchun ishlatiladi:

    BufferedReader inFromUser = new BufferedReader(new InputStreamReader(System.in));

    sentence = inFromUser.readLine();
    Keltirilgan kod fragmenti foydalanuvchiga klaviaturadan ma’lumotlarni kiritish imkonini beradi.


    Ulanishni tugallash
    Quyida keltirilgan operator server bilan o‘zaro aloqani tugallaydi.

    clientSocket.close();
    Klient soketi foydalanuvchi nomi va parolni kiritadi va aloqani ta’minlaydi.
    TCP klientini yaratish uchun keyingi koddan foydalanish mumkin:

    /* 410-14 guruh talabasi Palonchiyev Pistavonchining


    • TDA fani 1-amaliy mashg’ulotdan TCP klient dasturining


    • Java kodi


    */

    package tcp;
    import java.io.*; import java.net.*;
    class Client {

    public static void main(String argv[]) throws Exception

    {

    String sentence;

    String modifiedSentence;

    BufferedReader inFromUser = new BufferedReader(new InputStreamReader(System.in));

    System.out.println("Kliyent ishga tushdi!!!");

    Socket clientSocket = new Socket("localhost", 6789); System.out.println("Kliyent server bilan bog'landi"); DataOutputStream outToServer = new

    DataOutputStream(clientSocket.getOutputStream()); BufferedReader inFromServer = new BufferedReader(new

    InputStreamReader(clientSocket.getInputStream())); System.out.println("Serverga jo'natsh uchun ixtiyoriy matnni kiriting:"); sentence = inFromUser.readLine();

    outToServer.writeBytes(sentence + '\n'); System.out.println("Kiritilgan matn serverga jo'natildi");

    modifiedSentence = inFromServer.readLine();

    System.out.println("Qayta ishlangan matn serverdan keldi: " + modifiedSentence); clientSocket.close();

    System.out.println("Kliyent soketi yopildi!");

    } }
    Yuqorida keltirilgan kod Client.java sifatida saqlanadi.
    1.1-jadval

    Topshiriq variantlari



    Topshiriq

    1.

    Rombning yuzini topish

    2.

    Ixtiyoriy n ta sonning o’rta arifmetigini hisoblash

    3.

    To’g’ri to’rtburchakning yuzini topish

    4.

    Ixtiyoriy n ta sonning o’rta geometrigini hisoblash

    5.

    Uchburchakning yuzini hisoblash

    6.

    Ixtiyoriy R radiusli aylana uzunligini topish

    7.

    Ixtiyoriy R radiusli doira yuzini hisoblash

    8.

    Ixtiyoriy koefitsentli kvadrat tenglama yechimini topish

    9.

    Ixtiyoriy n ta sonni o’sish tartibida saralash

    10.

    Ixtiyoriy n ta sonni kamayish tartibida saralash

    11.

    Ixtiyoriy sonni n darajaga ko’tarish

    12.

    Ixtiyoriy sonning kvadrat ildizini hisoblash

    13.

    Ixtiyoriy n ta sondan eng kattasini topish

    14.

    Ixtiyoriy n ta sondan eng kichigini topish

    15.

    Ixtiyoriy kubning hajmini topish

    16.

    Uchburchakning bissektrisa uzunligini topish

    17.

    Ixtiyoriy n ta sonning yig’indisini hisoblash

    18.

    Ixtiyoriy n ta sondan musbatlari yig’indisini hisoblash

    19.

    Ixtiyoriy matnni teskari tartibda yozish

    20.

    Ixtiyoriy matnning juft o’rindagi haflarini ajratib yozish

    21.

    Ixtiyoriy matnning toq o’rindagi haflarini ajratib yozish

    22.

    R radiusli shar hajmini hisoblash

    23.

    Ixtiyoriy silindr hajmini hisoblash

    24.

    To’g’ri to’rtburchak dioganalini hisoblab topish

    25.

    R radiusli shar sirtining yuzini topish

    26.

    Ixtiyoriy konus sirti yuzini topish

    27.

    Ixtiyoriy n ta sondan juftlarini ajratib yozish


    Download 381,38 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 381,38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter injiniring fakulteti 716-20 guruh talabasi muydinov vasliddinnig

    Download 381,38 Kb.