Ishni muhim ma’lumotlar bilan boshlash kerak




Download 47,5 Kb.
bet6/11
Sana21.12.2023
Hajmi47,5 Kb.
#126303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Omaddiyor Umarov Ilmiy Tadqiqot Metodologiyasi
psixologiya va sport psixologiyasi, Benzin, arxitektura-tarixi kutubxonachi.uz.pdf, Savollar-10mavzu, rm8774
Ishni muhim ma’lumotlar bilan boshlash kerak. Vaqtni to`g`ri taqsimlagandan so`ng tadqiqot ishini qanday yozish haqida bir to`xtamga kelib olish lozim. Eng maqbul yo`li esa, juda muhim ma’lumotlarni to`plash orqali faoliyatni boshlashdir. Mazkur ma’lumotlar tadqiqot ishining nimalardan iborat bo`lishi, ya’ni ichki tartibini ham belgilab berishi mumkin. Shuningdek, fikrni rivojlantirishi hamda yangi g`oyalarni shakllantirishga xizmat qilishi aniq. Harvard universiteti (Harvard University) da ko`p yillardan buyon kimyo va nanotexnologiya sohasi bo`yicha faoliyat olib borayotgan Jorj Uvaytsaydes (George M.Whitesides) esa bu borada shunday deydi: “... oq qog`oz olib barcha muhim ma’lumotlarni qog`ozga tushiring”. Ma’lumotlarni yig`ish haqida biror tushuncha bo`lmasa, quyidagi 1-jadval as qotishi mumkin.
1-jadval:

Eng kerakli ma’lumotlarni to`plash

1.Mavzuga oid ma’lumotlar.

2.Bu mavzuning muhimligi nimada?

3.Qanday qilib tadqiqot asosini shakllantirib olishim kerak?

4.Natija orqali nimaga erishaman (tasavvurda taxmin qilib ko`riladi).

5.Asosiy yangilik nimadan iborat bo`ladi?



Navbatdagi bosqich tadqiqotning asosiy matni va tarkibini shakllantirish jarayonidir. Bu o`rinda fikrlarni quyidagi bosqichlarga qarab yo`naltirib olinsa maqsadga muvofiq bo`ladi: kirish: reja, tadqiqotdan olingan natija va mavzu muhokamasi; ilmiy xulosa. Jarayonni tashkil qilish ketma-ketligi 2-jadvalda keltirib o`tilgan.
2-jadval:

Eng kerakli ma’lumotlarni to`plash

Kirish

1.Nima uchun tadqiqot muhim deb hisoblanadi?

2.Mazkur mavzu yuzasidan shu vaqtga qadar nima ish qilingan? (Mavzuning o`rganilganlik darajasini boshqa manbalardan qiziqib ko`ring)

3.Bu borada shaxsiy gipotezalar (asos, taxmin, qarash) qanday?

4.Maqsad nimadan iborat?


Download 47,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 47,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishni muhim ma’lumotlar bilan boshlash kerak

Download 47,5 Kb.