• 3-Mustaqil ishi Qabul qildi : Q.R. Zahirov Qarshi 2024
  • 2.Biomexanika tizimlarining xususiyatlari, Bioinformatika eksperemental ma’lumotlar xususiyatlari 3. Biosignallarga ishlov berish va solishtirish
  • Bioinformatika
  • Kompyuter injiniringi ” fakultеti 2 bosqich mki-12-22 guruh magistranti jo’rayev Elyosning




    Download 40.29 Kb.
    bet1/8
    Sana13.04.2024
    Hajmi40.29 Kb.
    #193937
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    3-Mustaqil ish JE
    fraktal grafik, havoning namligi, Darslar festivali, Elektr maydonida dielektr, 11- ma\'ruza. Elektr maydonida dielektriklar va o’tkazgichlar-fayllar.org (1), Sulaymonov A 964-211, @DTM test savollari (2), 3 2022-2023 (2), @DTM test savollari, 3 2022-2023 , Media, Kerio Control IPsec VPN, TESTALAR TO`PLAMI, 297-311, 3-Mustaqil ish MF

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI
    VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI QARSHI FILIALI
    KOMPYUTER INJINIRINGI ” FAKULTЕTI
    2 - BOSQICH MKI-12-22 GURUH MAGISTRANTI
    Jo’rayev Elyosning
    Bioinjinering tizimlarini loyihalash”
    fanidan

    3-Mustaqil ishi




    Qabul qildi : Q.R. Zahirov

    Qarshi 2024


    Reja

    1.Bioinformatika tizimlarining asosiy talablari va ularning tahlili
    Bioinformatika_eksperemental_ma’lumotlar_xususiyatlari_3._Biosignallarga_ishlov_berish_va_solishtirish'>2.Biomexanika tizimlarining xususiyatlari, Bioinformatika eksperemental ma’lumotlar xususiyatlari
    3. Biosignallarga ishlov berish va solishtirish


    1. Bioinformatika tizimlarining asosiy talablari va ularning tahlili

    Biomexanika fani 1958- yildan boshlab ko’pgina yo’nalishlarda o’qitilib kelunmoqda, chunki u tirik sistemalarning mexanik harakatlarini o'rganuvchi fan hisoblanadi va anatomiya, biologiya, fizika, matematika va boshqa fanlarga asoslangan. Biomexanika (yunonchadan “bio” - hayot va «mexanika» - qurol) ikkita fan - biologiya va mexanika fanlari o‘rtasida yuzaga kelgan fandir. Tirik organizmlarga — butun bir organizm, masalan, odam tanasi, uning ayrim organlari, to'qimalari, organizm ichidagi suyuqliklar va gazlar, organizmlar birlashmasi kiradi.
    Bioinformatika — umumiy biologiya, molekulyar biologiya , kibernetika, genetika , kimyo, informatika , matematika va statistikani birlashtirgan fanlararo sohadir. Katta hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilishni talab qiladigan keng koʻlamli biologik muammolar bioinformatika dasturlari yordamida hal qilinadi. Bioinformatika asosan kompyuter usullarini oʻrganish va ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi va biologik maʼlumotlarni olish, tahlil qilish, saqlash, tartibga solish va vizualizatsiya qilishga qaratilgan. Bioinformatika amaliy matematika , statistika va informatika usullardan foydalanadi. Bioinformatika biokimyo , biofizika , ekologiya va boshqa sohalarda qoʻllaniladi. Bu sohada eng koʻp qoʻllaniladigan dasturlar va texnologiyalar Python , R , Java , C# , C++ dasturlash tillaridir; belgilash tili — XML ​​; maʼlumotlar bazalari uchun dasturlash tili — SQL; Parallel hisoblashning dasturiy va apparat arxitekturasi — CUDA; texnik hisob-kitoblarga oid masalalarni yechish uchun amaliy dasturlar toʻplami va ushbu paketda qoʻllaniladigan dasturlash tili — MATLAB va elektron jadvallar
    Bioinformatika biologiyaning koʻplab sohalarining muhim qismiga aylandi. Bioinformatikaning tahlil usullari ushbu soha rivojlanishidan oldin deyarli imkonsiz boʻlgan katta hajmdagi eksperimental maʼlumotlarni sharhlash imkonini beradi. Genetika va genomika sohasida bioinformatika genomlarning funksional annotatsiyasi, mutatsiyalarni aniqlash va tahlil qilishda yordam beradi. Bularning ichida muhim vazifalarnig biri gen ekspressiyasi va uni tartibga solish usullarini oʻrganishdir. Bundan tashqari, bioinformatika dasturlari genomik maʼlumotlarni solishtirish imkonini beradi, bu molekulyar evolyutsiya qonuniyatlarini oʻrganishga imkon tugʻdiradi. Umuman olganda, bioinformatika tizim biologiyasining muhim qismi boʻlgan biokimyoviy yoʻllar va tarmoqlarni tahlil qilish va kataloglashda yordam beradi. Strukturaviy biologiyada u DNK, RNK va oqsil tuzilmalarini, shuningdek molekulyar oʻzaro taʼsirlarni modellashtirishda yordam beradi. Biologik maʼlumotlarni qayta ishlash sohasidagi soʻnggi yutuqlar biomeditsina sohasida sezilarli oʻzgarishlarga olib keldi. Bioinformatikaning rivojlanishi tufayli olimlar irsiy va orttirilgan kasalliklarning asosiy molekulyar mexanizmlarini aniqlashga muvaffaq boʻlishdi, bu esa samarali davolash usullarini ishlab chiqishga va kasalliklarni tashxislash uchun aniqroq testlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Bemorlarga dori vositalarining samaradorligi va salbiy taʼsirini bashorat qilishga imkon beruvchi tadqiqot yoʻnalishi farmakogenetika deyiladi. Farmakogenetikaning asosi bioinformatika usullariga tayangan.

    Download 40.29 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 40.29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter injiniringi ” fakultеti 2 bosqich mki-12-22 guruh magistranti jo’rayev Elyosning

    Download 40.29 Kb.