• 3-AMALIY ISH 1.
  • , quvvat) va ularning o‘zaro munosabatlari. Elektr sxemaning asosiy passiv elementlari (rezistorlar, induktivlik g‘altaklar, kondensatorlar) ning belgilanishi va xususiyatlari.
  • Kompyuter injiniringi” fakulteti 810-22 guruh talabasi Hamidov Ahrorning Elektronika va sxemalar fanidan tayyorlagan




    Download 0.81 Mb.
    bet1/2
    Sana12.01.2024
    Hajmi0.81 Mb.
    #135472
      1   2
    Bog'liq
    Elektronika 3
    200та1 — копия, «ona tili o`qitish metodikasi» fani, 9 informati nazorat ishi, Elektronika 2







    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
    Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti
    Farg’ona filiali
    Kompyuter injiniringi” fakulteti
    810-22 guruh talabasi
    Hamidov Ahrorning
    Elektronika va sxemalar
    fanidan tayyorlagan
    3-amaliy ishi


    3-AMALIY ISH
    1. Asosiy elektr kattaliklar va ularning o‘zaro munosabatlari.
    2. Sxemaning asosiy passiv elementlarining belgilanishi va xususiyatlari.
    3. Elektr zanjirlari elementlarining parametrlari


    1. Asosiy elektr kattaliklar (zaryad, tok, kuchlanishenergiya, quvvat) va ularning o‘zaro munosabatlari. Elektr sxemaning asosiy passiv elementlari (rezistorlar, induktivlik g‘altaklar, kondensatorlar) ning belgilanishi va xususiyatlari.

    Elektrostatikada elektr zaryadi (elektr miqdori) - bu jismlarning elektromagnit maydonlarning manbai bo‘lish qobiliyatini va elektromagnit o‘zaro ta`sirida ishtirok etish qobiliyatini belgilaydigan fizik skalyar kattalikdir deb tariflanadi. Birinchi marta elektr zaryadi tushunchasi 1785 yilda Kulon qonunida kiritilgan.



    Elektr zaryadlarining har qanday tartibli harakati o‘tkazuvchanlikning elektr toki deb ataladi. Tok kuchi vaqt o‘tishi bilan elektr zaryadining o‘zgarish tezligiga teng:
    (2.1.1)
    bunda dq − o‘tkazgich ko‘ndalang kesimi orqali dt vaqtda o‘tgan zaryad miqdori.
    Tok - “oqim” degan ma`noni anglatadi. Elektr tokini metallardan erkin elektronlarning harakatielektrolitlarda ionlarning, gazlarda esa ionlar bilan elektronlarning harakati hosil qiladi.
    Tokning yo‘nalishi uchun shartli ravishda musbat zaryadlarning harakat yo‘nalishi qabul qilingan.
    O‘tkazuvchanlik tokini hosil qilgan erkin elektronlarning harakatini bevosita kuzatib bo‘lmaydi. Lekin o‘tkazgichdagi tokning mavjudligini uning ta`siri yoki u vujudga keltirgan hodisalarga qarab aniqlash mumkin:
    - tok o‘tayotganda o‘tkazgich qiziydi;
    - tokli o‘tkazgich yaqinida magnit maydon poyda bo‘ladi;
    -elektr toki o‘tganda ba`zi hollarda moddaning kimyoviy tarkibi o‘zgarishi.
    O‘tkazuvchanlik tokidan tashqari, boshqa turdagi toklar ham mavjud – bu siljish toklaridir. Zamonaviy nuqtai nazardan, o‘tkazuvchanlik toklari va siljish toklari o‘xshashligiga qaramay, butunlay boshqa fizik tushunchalardir. Ularning orasidagi eng muhim farq shundaki, o‘tkazuvchanlik toklari elektr zaryadlarining harakatiga mos keladi, siljish toklari esa faqat elektr maydon kuchining o‘zgarishiga mos keladi va ularga elektr zaryadlari yoki boshqa har qanday zarrachalar harakati bilan bog‘liq emas.
    Vaqt o‘tishi bilan miqdori va yo‘nalishi o‘zgarmaydigan tokga o‘zgarmas tok deb ataladi. Yuza birligidan o‘tayotgan tok kuchi tok zichligi deb yuritiladi:
    (2.1.2)
    O‘tkazgichning bir birlik ko‘ndalang kesim yuzidan o‘tgan tokning kuchiga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka tok zichligi deyiladi.
    SI da tok kuchining o‘lchov birligi- amper (A) bo‘lib, u asosiy birlik sifatida qabul qilingan. Tok zichligi birligi - A/m2.



    Download 0.81 Mb.
      1   2




    Download 0.81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter injiniringi” fakulteti 810-22 guruh talabasi Hamidov Ahrorning Elektronika va sxemalar fanidan tayyorlagan

    Download 0.81 Mb.