rm – fayllarni o’chirish buyrug’i
Biror bir faylni o`chirish uchun avvalo ushbu fayl joylashgan katalogga kirish talab etiladi. Faraz qilaylik, fayl home katalogida joylashgan, va biz kataloglarni o`zgartirish cd buyrug`i bilan tanishmiz. Buning uchun cd buyrug`i bilan home katalog nomini birga yozish va joriy katalogdan yangi katalogga o`tish kerak bo`ladi va biz home katalogiga kirdik:
abc.txt faylini katalogdan o`chirish uchun rm abc.txtbuyrug`ini kiritamiz:
va natijani grafik interfeysda ko`rsak, abc.txt fayli o`chirilganligiga guvoh bo`lamiz:
· rmdir buyrug`i
Bo`sh kataloglarni o`chirish uchun rmdir buyrug`idan foydalanamiz. Buning uchun rmdir buyrug`i bilan katalog nomini birga yozish kerak bo`ladi. Quyidagi rasmda home katalogida “emptyDirectory” nomli bo`sh katalogini ko`rishimiz mumkin.
emptyDirectory katalogini o`chirish uchun quyidagi buyruqni kiritishimiz zarur:
va quyidagi rasmda aks etganidek emptyDirectory nomli bo`sh katalog o`chirildi:
· mv – fayllarni ko`chirish buyrug`i
Fayllarni bir manzildan boshqasiga ko`chirish uchun mv buyrug`i ishlatiladi. Quyidagi rasmda aks ettirilgan DESKTOP katalogida joylashgan sample.txt faylini boshqa katalogga ko`chirishni ko`rib chiqaylik.
Desktop katalogida joylashgan sample.txt faylini Downloads katalogiga ko`chirish uchun quyidagi buyruqni kiritish zarur, “mv sample.txt /yangi katalog nomi”, va u quyidagicha ko`rinishda bo`ladi:
Yuqoridagi buyruq kiritilganidan so`ng Downloads katalogiga sample.txt fayli ko`chiriladi, va uning yangi manzili “/home/bush/downloads” deb hisoblanadi.
· cp yordamida fayllar nusxasini yaratish
Fayllardan nusxa olish uchun cp buyrug`i ishlatiladi. Quyidagi misolda cp buyrug`i orqali bir katalogdagi fayldan boshqa bir katalogga nusxa ko`chirish ko`rib o`tilgan. Unda Home katalogida joylashgan File.txt faylidan Desktop katalogiga nusxa olish berilgan. Odatda fayldan nusxa olish buyrug`ining sintaksisi quyidagicha tashkil etiladi: cp fayl nomi / yangi manzil
Agar nusxa ko`chirilayotgan manzil katalogda bu fayl yoki shu nomdagi boshqa fayl mavjud bo`lsa, u holda foydalanuvchidan mavjud fayl o`rniga yangi faylni yozish (overwrite) so`raladi, bu so`rovni chiqarish uchun cp –i buyrugi beriladi:
Faylni o`rniga boshqa faylni yozmaslik (overwrite) uchun cp –n shakli ishlatiladi:
· mkdir buyrug`i yordamida kataloglar hosil qilish
Joriy katalogda abc nomi bilan yangi katalog yaratamiz, buning uchun mkdir buyrug`ini qo`llaymiz. Buning uchun quyidagi sintaksisdan foydalaniladi: “mkdir yangi katalog nomi” va bizning misoldagi abc nomdagi katalog uchun quyidagi buyruqni kiritamiz:
Bu buyruq orqali Desktop katalogida yangi abc katalogini hosil qilish so`rovi operatsion tizimga kiritildi. Natija esa quyidagi rasmda keltirilgan grafik muhitda ko`rsatilgan.
· chmod buyrug'i yordamida faylga ruxsatni (permission) o'zgartiring Fayllar va papkalarga foydalanuvchi uchun ruxsatni o`rnatish uchun chmod buyrug`idan foydalaniladi. Chmod foydalanuvchi rollari uchun quyidagi uchta hil belgili ko`rsatgichlarni qo`llaydi:
o u - foydalanuvchi (user)
o g –guruh (group)
o o – boshqalar (others)
Quyida esa foydalanuvchilarning fayllar va papkalardan foydalanishlari uchun ruxsat etishning uchta belgili ko`rsatgichlari keltirilgan
o r – o`qish uchun ruxsat (read permission)
o w – yozish uchun ruxsat (write permission)
o x – o`zgartirish uchun ruxsat (execute permission)
Quyidagi misollarda chmod buyrug`idan foydalanish ko`rsatilgan, buyruqlar qatorida “+” ishoraning berilishi, bu ruxsat etishni anglatadi. Malasan, birinchi keltirilgan holatda foydalanuvchu (u - user) uchun o`zgartirish uchun ruxsat (x – execution permission) berilganligini ko`rish mumkin, va buyruq sintaksisi “chmod u+x fayl nomi” ko`rinishida bo`ladi:
Fayl va papkalarga bir vaqtning `ozida turli foydalanuvchilarga turli ruxsatlarni beruvchi buyruqni ham kiritish imkoni mavjud. Buning uchun “,” orqali ruxsat beruvchi kodlar bir biridan ajratiladi.
Bu misoldan ko`rinadiki, biror aniq foydalanuvchi faylni faqat o`qish, foydalanuvchilar guruxi esa faylni o`zgartirish uchun ruxsat etilgan.
Ruxsatlarni rad etish uchun “chmod u-rx fayl nomi” sintaksisdagi buyruq kiritiladi:
· touch buyrug`i yordamida bo`sh fayllar yaratish
touch buyrug`i yordamida maxsus fayllarga kirish (yoki ruxsat, eng. – access) / o`zgartirish vaqt belgilarini o`zgartirish mumkin. Bu buyruq bo`sh fayllar yaratingning eng tezkor vositasi hisoblanadi, va quyidagi ko`rinishda tizimga kiritiladi:
va Desktop katalogida yangi abc.txt nomli fayl yaratiladi:
Agar fayl ochilsa, u haqiqatda bo`sh fayl ekanligi ko`rinadi:
Bir vaqtning o`zida bir nechta bo`sh fayllarni yaratish imkoni ham mavjud, buning uchun fayl nomlari (fayl kengaytmasi bilan) birin-ketin berilishi yetarli:
Buyruqning natijasi sifatida uchta fayl bir vaqtda yaratiladi. Agar bu nomdagi fayl mavjud bo`lsa, u holda faylga kirish (ruxsat etish) vaqti yangilanadi.
|