|
II.LINUXning buyruqlar qatori orqali fayllarni boshqarish
|
bet | 6/7 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #259200 |
Bog'liq Operatsion tizimlarII.LINUXning buyruqlar qatori orqali fayllarni boshqarish.
2.1.Linux operatsion tizimning fayl va katologlarga oid buyruqlari.
Linux operatsion tizimida asosiy kataloglar quydagi koʻrinishga ega:
· /bin – Bu katalogda operastion tizimning asosiy buyruqlari saqlanadi(ls, cp,.);
· /boot – Linux yadrosi va yuklashni boshqarish (grub va boshqalar) utilitalari saqlanadi.
· /dev – Operatsion tizimga ulangan qurilmalarning fayli saqlanadi. (Linux operatsion tizimida, barcha qurilmalar (printer, skaner, qattiq disk) fayl koʻrinishida saqlanadi.);
· /etc – Bu katalogda operatsion tizimning va boshqa dasturlarning (Apache, Samba) sozlash fayllari joylashadi.
· /home – Operatsion tizim foydalanuvchilarining shaxsiy hujjatlari saqlanishi lozim boʻlgan joy.
· /lib – Bu katalogda tizim kutubxonlari saqlanadi. Tizim kutubxonalari - /bin /sbin katalogidagi dastur kutubxonalari va operatsion tizimni ishlashi uchun lozim boʻlgan kutubxonalardir.
· /media – Operatsion tizim, avtomatik montirovka qila oladigan turli xil qurilmalarni (CD-ROM, USB flesh) shu katalogga montirovka (joylashtiradi) qiladi.
· /mnt – Agar operatsion tizim qurilmalarni avtomat montirovka qila olmasa, foydalanuvchi shu katalogga “mount” buyrugʻi orqali kerakli qurilmani montirovka qiladi (joylashtiradi).
· /opt – Katta hajmdagi dasturlar yoki katta hajmdagi yordamchi paketlar shu katalogga oʻrnatiladi.
· /root – root super foydalanuvchisining shaxsiy fayllari saqlanadigan joy, root foydalanuvchisining uy katalogi hisoblanadi.
· /sbin – Tizimni boshqarish va sozlash uchun zarur boʻlgan asosiy tizim dasturlari saqlanadi (ifconfig, iptables).
· /srv - Bu katalogda turli xil yashirin ishlovchi jarayon ma’lumotlari saqlanadi. Bu ma’lumotlarni koʻrib boʻlmaydi.
· /tmp – Vaqtinchalik ma’lumot saqlash uchun joy. Barcha foydalanuvchilar bu katalog ichini oʻqishi va katalogga yozishi mumkin.
· /usr – Bu katalogda barcha oʻrnatilgan dastur paketlari, hujjatlari, yadroning kodlari va X-Window tizimi saqlanadi.
· /var - Tez-tez oʻzgarib turadigan ma’lumotlar. Bu yerda operatsion tizim jurnallari, tizim log fayllari, kesh-fayllar va shu kabilar saqlanadi.
Linux operatsion tizimining asosiy buyruqlari quydagilardir :
· grep MemTotal /proc/meminfo — Doimiy xotira haqida ma’lumot olish(RAM).
· grep SwapTotal /proc/meminfo — Swap haqida ma’lumot olish;
· free — Swap va RAM xotira haqida umumiy ma’lumot olish;
· df — Qattiq disk(vinchester) hajmi haqida ma’lumot olish;
· date — Hozirgi vaqt va kunni chiqarish;
· cal – Hozirgi kalendarni koʻrish. cal 2007 terib 2007 yilning kalendarini chiqarish mumkin boʻladi;
· w – online boʻlib turgan foydalanuvchilarni koʻrish;
· whoami – ishlab turgan foydalanuvchi nomini koʻrish;
· finger user – user nomli foydalanuvchi haqida ma’lumot olish;
· cat /proc/cpuinfo – protsessor haqida ma’lumot olish(CPU);
· whereis app — app dasturi qayerda joylashganini koʻrish;
· cat /etc/issue – operatsion tizim versiyasini bilish;
· uname –r – kernel(yadro) versiyasini bilish;
· setup – tizimni sozlash oynasini ochish;
· hostname – operatsion tizim nomini bilish;
· df -k /home — /home katalogi hajmini koʻrish;
· fdisk —l – tizimdagi barcha disklarni koʻrish;
· ps –ef | grep user – user nomli foydalanuvchi ishga tushirgan prsesslarni koʻrish;
· uname –m yoki arch – kompyuter arxitekturasini koʻrish;
· dmidecode –q — SMBIOS/DMI haqida ma’lumot olish;
· cat /proc/mounts – montirovka qilingan fayl tizimlarini koʻrish;
Tizim haqida ma’lumotlarga ega boʻlib oldik, endi tizimni toʻxtatuvchi buyruqlar bilan tanishib chiqamiz;
· shutdown -h now yoki init 0 yoki telinit 0 — tizimni toʻxtatish;
· shutdown -h hours:minutes & — belgilangan vaqtda tizimni toʻxtatish;
· shutdown –c – belgilangan vaqtda tizimni oʻchirish vazifasini bekor qilish;
· shutdown -r now yoki reboot – tizimni qayta yuklash(perezagruzka);
· logout – tizimdan chiqish;
XULOSA
Ushbu mustaqil ishda operatsion tizimlarning asosiy tushunchalari, tuzilishi, asosiy funksiyalari, imkoniyatlari, ularda tarmoq xizmatlari va boshqalar ko‘rib chiqilgan. Uning maqsadi zamonaviy operatsion tizimlarning tabiati va xususiyatlarini iloji boricha aniq va to‘liq taqdim etishdir. Bu vazifa bir necha sabablarga ko‘ra qiyin. Operatsion tizimlar o‘rnatilgan ko‘plab kompyuter tizimlari va xilma-xilligi mavjud. Bular ichiga operatsion tizimlar ishlaydigan o‘rnatilgan tizimlar: smartfonlar, bir foydalanuvchili ishchi stansiyalar va shaxsiy kompyuterlar, o‘rta o‘lchamdagi umumiy tizimlar, superkompyuterlar, shuningdek real vaqt tizimlari kabi ixtisoslashtirilgan mashinalar kiradi. Ularni o’rganish IT mutaxasislari uchun hamisha dolzarb hisiblanadi.
|
| |