|
Kompyuter injiniringi” fakulteti “at-servis” yo’nalishi III bosqich 106-21 guruh talabasi Naurizov Isobekning «Operatsion tizimlar»
|
bet | 3/7 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #259200 |
Bog'liq Operatsion tizimlar1.2 LINUX operatsion tizimi
Linux operatsion tizimidan asosan dasturchi va tizim administratorlari foydalanganligi va ularning asosan buyruq qatorlari bilan ishlashga bo`lgan hohishlari sababli ko`pchilik xolatlarda Linuxda buyruqlar (qatorlari) foydalanuvchi grafik interfeyslaridan ko`ra ko`proq o`rganiladi. Windows operatsion tizimida esa aksincha, foydalanuvchilar bir nechta click (sichqoncha tugmasini bosish) orqali buyruqlarni tizimga kiritishga odatlanishgan. Aynan bu farqlanish har ikki operatsion tizimda fayllarni boshqarish jarayonida ko`zga tashlanadi.
Linux operatsion tizimida foydalanuvchilar buyruq kodlarini kiritish uchun Terminaldan foydalanadilar.Lekin kompyuter xotirasidagi axborot hajmining ortishi, o`z navbatida fayllar sonining ortishini anglatadi. Bu esa foydalanuvchi uchun fayllarni topish va boshqarishdagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bu holatda foydalanuvchilar GUI –foydalanuvchi grafik interfeysini afzal ko`radilar. Grafik interfeys fayllarni boshqarishdagi tezkorlik va qulaylikni ta`minlab, foydalanuvchining tizimda ishlash samaradorligini oshiradi. Grafik interfeys orqali fayllarni boshqarish jarayoni Windows operatsion tizimida ko`rib o`tilishini inobatga olib, biz quyida Linuxning buyruqlar qatori orqali fayllarni boshqarish imkoniyatlari bilan tanishamiz.
· Terminalni ishga tushirish Ubuntu launcherning qudiruv panelidan Terminalni (klaviatura orqali kiritiladi) qidirib, natijalardan terminal ustiga sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali terminalni ishga tushiramiz. Terminal ishga tushganidan so`ng, ekranda quyidagicha oyna hosil bo`ladi.
· Fayllar ro`yxatini taqdim etish - ls buyrug`i
ls – asosan fayllar ro`yxatini taqdim etish uchun ishlatiladi. U turli hil ko`rinishlarda qo`llanilishi mumkin, albatta ekranda aks etadigan natijalar ham turlicha bo`ladi. ls fayllarni topish uchun eng samarali buyruqlardan biri hisoblanadi. Faqat ls buyrug`ining o`zini ishlatish orqali fayllar ro`yxati shakllantiriladi va quyidagicha, hech qanday qo`shimcha ma`lumotlarsiz, faqat fayllar ro`yxatini ekranga chiqaramiz. Agar fayl haqidagi qo`shimcha ma`lumotlarni ekranga chiqarish kerak bo`lsa, u holda ls –l buyrug`idan foydalaniladi.
Ekranda aks etgan natija quyidagilarni o`z ichiga oladi:
Fayl katalogi;
Fayl o`lchami;
Fayl o`zgartirilgan sana va vaqt;
Fayldan foydalanishga vakolatli foydalanuvchilar va h.k.
Yashirilgan (yoki berkitilgan - hidden) fayllarni ko`rish uchun ls –a buyrug`ini kiritish zarur. Yashirilgan fayl nomlari “.” (nuqta) belgisi bilan boshlanadi. Buyruq kiritilganidan so`ng ekranda quyidagicha fayllar ro`yxati aks etadi. Quyidagi jadvalda ls buyrug`ining ba`zi qo`shimcha turlari keltirilgan. Foydalanuvchilar odatda fayllar ro`yxatini shakllantirishda o`zlari uchun kerakli bo`lgan ko`rinishni ushbu ro`yxatdagi buyruqlarning ixtiyoriy birini kiritish yo`li orqali hosil qiladilar.
Buyruq Tasnifi
|
| |
|
ls --color
|
Ro`yxatni rangli ko`rinishda chiqarish [=always/never/auto]
|
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kompyuter injiniringi” fakulteti “at-servis” yo’nalishi III bosqich 106-21 guruh talabasi Naurizov Isobekning «Operatsion tizimlar»
|