• Ona sinf hosil qilish
  • Voris sinf hosil qilish
  • Kompyuter injiniringi” fakulteti “axborot texnologiyalari” kafedrasi




    Download 398 Kb.
    bet5/9
    Sana01.12.2023
    Hajmi398 Kb.
    #109342
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Mustaqil ishlar

    Pythonda konstruktor yaratish
    Pythonda __init__ metodi sinf konstruktorini simulyatsiya qiladi. Ushbu usul sinfni qo'zg'atganda chaqiriladi. Biz __init__ ta'rifiga qarab, sinf ob'ektini yaratishda istalgan sonli argumentlarni berishimiz mumkin. Bu asosan sinf atributlarini ishga tushirish uchun ishlatiladi. Har bir sinf konstruktorga ega bo'lishi kerak, hatto u oddiygina konstruktorga tayansa ham.
    Employee sinfining atributlarini ishga tushirish uchun quyidagi misolni ko'rib chiqing.
    Example:
    class Employee:
    def __init__(self,name,id):
    self.id = id
    self.name = name
    def display (self):
    print("ID: %d \nName: %s"%(self.id,self.name))
    emp1 = Employee("Rustam",101)
    emp2 = Employee("Elyor",102)
    emp1.display()
    emp2.display()
    ID: 101
    Name: Rustam
    ID: 102
    Name Elyor
    Sinflarda Vorislik tushunchasi
    Vorislik - bu atama sinflarga xosdir. Vorislik deb bir sinfdagi barcha funksiya va xususiyatlarni boshqa bir sinf o’ziga o’zlashtirishiga aytiladi. Funksiyalari meros qilib olinadigan sinf ona sinf deyiladi. Meros qilib olingan funksiyalarni o’ziga o’zlashtiradigan sinf voris sinf deyiladi.
    Ona sinf hosil qilish
    Istalgan sinf ona sinf bo’lishi mumkin. Shu sababli ona sinfni hosil qilish xuddi oddiy sinfni hosil qilish kabidir. Hozir Odam degan sinf hosil qilamiz. Unda ism va familiya parametrlari va tanish degan funksiyasi bo’ladi. So’ngra shu sinf orqali x obyekt hosil qilamiz:
    class Odam:
    def __init__(self, ism, familiya):
    self.ism = ism
    self.familiya = familiya
    def tanish(self):
    print(self.ism, self.familiya)
    x = Odam ("Orzumurod", "Xolmatov")
    x.tanish()
    Natija: Orzumurod Xolmatov
    Voris sinf hosil qilish
    Voris sinf hosil qilish uchun yangi sinf tuzilayotganda ona sinfni paramet sifatida kiritamiz. Shunda voris sinf ona sinfdan barcha xususiyatlarni o’zlashtiradi. Hozir Talaba degan sinf hosil qilamiz. Odam sinfi uning onam sinfi bo’ladi. Qavslar ichida ona sinfni kirittamiz va uning barcha xususiyatlarini voris sinf o’zlashtiradi. Qo’shimcha parametr qo’shish shart emas, ammo sinf hosil qilayotganda ichi bo’sh bo’lishi ham mumkin emas. Agar hechnarsa yozishni istamasak xatolik yuz bermasligi uchun pass kalit so’zini qo’shib qo’yamiz:
    class Odam:
    def __init__(self, ism, familiya):
    self.ism = ism self.familiya = familiya
    def tanish(self):
    print(self.ism, self.familiya)
    #Endi voris sinf ya'ni bola sinfni hosil qilamiz
    class Talaba (Odam):
    pass x = Talaba ("Orzumurod", "Xolmatov")
    x.tanish()

    Download 398 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 398 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter injiniringi” fakulteti “axborot texnologiyalari” kafedrasi

    Download 398 Kb.