• Amaliyot vazifalari
  • 1-BOB. KORXONA TEXNIK XAVFSIZLIGI, TALABLARI, STRUKTURASI VA ISH REJIMI Texnik xavfsizligi
  • Financial Chain Corporation filiali faoliyati, ish tartibi va strukturasi
  • Kompyuter injiniringi fakulteti bitiruv oldi amaliyoti




    Download 1,33 Mb.
    bet3/10
    Sana15.05.2024
    Hajmi1,33 Mb.
    #233983
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Amaliyot hisoboti

    Amaliyot maqsadi
    Bitiruv oldi amaliyot ishining asosiy maqsadim amaliyot davomida “Financial Chain Corporation” MCHJ da foydalaniladigan texnik va dasturiy ta’minot haqida to‘liq va aniq tushuncha hosil qilish, nazariy ma’lumotlarga ega bo‘lish va uni amalda qo‘llash, turli OT lar, MBBT lari, drayverlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishni ta’minlashdan iborat.
    Amaliyot vazifalari
    Bitiruv oldi amaliyot vazifalari: amaliyotni o‘tash davomida men amaliyot rahbari va “Financial Chain Corporation” MCHJ tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari ko‘rsatmalari va amaliyot grafigi asosida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, korxona ichki tartib-qoidalariga rioya etish, amaliyot kundaligini to‘ldirish, korxonada O‘tkaziladigan amaliy seminarlarda ishtirok etishdan iborat.


    1-BOB. KORXONA TEXNIK XAVFSIZLIGI, TALABLARI,
    STRUKTURASI VA ISH REJIMI



      1. Texnik xavfsizligi

    Tashkilotda texnika xavfsizligi muhim ahamiyatga ega. Bu narsa har bir shaxs uchun hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham turli tashkilot va korxonalarda texnika xavfsizligi bo‘yicha turli talablar qo‘yilgan. Bu talablarga quyidagilarni misol qilish mumkin:


    1. Yong‘in xavfsizligi oynasi.
    2. Xona haroratini normallashtiruvchi vosita bo‘lishi.
    3. Tikka quyosh nuri tushmasligini ta’minlash.
    4. Xonada kompyuterlar zararini kamaytirish uchun maxsus gullar bo‘lishi.
    5. Kabellar ochiq hold bo‘lmasligi kerak.
    6. Kompyuterlarni ulash uchun maxsus shit bo‘lishi kerak.
    7. Kompyuter xonalari sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilgan bo‘lishi kerak.
    Bundan tashqari yana ko‘plab talablar bo‘lib, bu talablarning har biri hayotiy faoliyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi.



      1. Financial Chain Corporation filiali faoliyati, ish tartibi va strukturasi



    Kompaniya ma’muriy, huquqiy va moliyaviy masalalar, axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, xalqaro miqyosda huquqiy munosabatlarni rivojlantirish bO‘yicha tashqi xizmatlarni yetkazib beruvchilardan biridir. FCHAIN kompaniyasining O‘zbekistondagi professionallar jamoasi tomonidan olib borilayotgan muvofiqlashtirilgan ishi, muammolarni hal qilishga mutanosib va har tomonlama yondoshishni kafolatlaydi, chunki kO‘plab moliyaviy tafsilotlar qonuniy nozikliklar va soliq idoralari oldida javobgarlik bilan bog‘liqdir.
    Kompaniya jamoasi tajribali buxgalterlar, sinchkov auditorlar, ishonchli iqtisodchilar va javobgar yuristlardan iborat. Ularning har biri O‘zlarining mavjud kO‘nikmalarini O‘rganishda davom etadigan va har doim yangi bilim va talablarga qondirishga intilgan professionaldir. Doimiy ravishda O‘zini O‘zi takomillashtirish, sertifikatlashtirish imtihonlari va samarali treninglarni O‘tkazish mijozlarimizning barcha jiddiy talablarini qondirish imkonini beradi, bu esa O‘z vaqtida sifatli natijalarni kafolatlashni anglatadi.
    Shu sababli Financial Chain Corporation O‘zbekistondagi filiali mahalliy tadbirkorlar va xorijiy ishbilarmonlar uchun eng yaxshi tanlov bO‘lib qolmoqda. Axir, barcha masalalar mamlakatning amaldagi qonunchiligining talablari va buyruqlari majburiy ravishda kO‘rib chiqilishi bilan hal qilinadi.
    Kompaniya:

    • 1200 dan ortiq Muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalar

    • 350 dan ortiq mamnun mijoz

    • 55 ta malakali mutaxasislar

    • 15 xil xizmat turlariga ega




    Download 1,33 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter injiniringi fakulteti bitiruv oldi amaliyoti

    Download 1,33 Mb.